52
Vatan. Vatan tuyg‘usi. Vatan
muhabbati. Nimadir bular? Bu-
lar qanday sehrli qudratki, hali
voyaga yetmagan, dunyo ko‘r-
magan,
turmushning past-ba-
landlaridan bexabar, o‘yin-u
sho‘xliklardan o‘zga dardi yo‘q
bir o‘smirning yuragiga jo bo‘lib,
butun umr uning xatti-harakati-
ni, yurish-turishini boshqarib
turadi. Bu tuyg‘u inson farzan-
dida tug‘ma bo‘larmikan? Yoki
go‘dak tamshana-tamshana
onasini emganida, ona suti bilan
birga bu tuyg‘u uning ham to-
mirlariga yugurarmikan? Umuman, «Vatan» deganning o‘zi nadir?
Tug‘ilib o‘sgan uyingmi? Beshikdagi qulog‘ingga
kirgan mungli
va ayni chog‘da nurli allami? Buvingning ertaklarimi? Maktabmi?
Ilk visol onlariga guvoh bo‘lgan so‘lim xiyobonlarmi?
Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar
birlashib, Vatan degan tuyg‘uning so‘nmas timsolini yaratsa kerak.
Va yana o‘ylaymanki, bolaning murg‘ak qalbidagi ilk bor paydo
bo‘lgan Vatan timsoli har qancha yorqin bo‘lmasin, hali o‘zining
shakl-u shamoyilini to‘la topib ulgurmagan bo‘ladi. Vatan tuyg‘usi
insonning o‘zi bilan birga o‘sib-ulg‘ayadigan tuyg‘u bo‘lar ekan.
Tajribangiz ortgani sari, hayot doshqozonida qaynab, pisha
borganingiz sari Vatanni ko‘proq qadrlaydigan bo‘lib qolasiz, u
haqidagi tasavvurlaringiz to‘lishib, kengayib, boyib boradi. Vatan
tuyg‘usi butun vujudingizni qamrab oladi, har bir hujayrangizga
tomir yozadi.
Siz endi anglay boshlaysizki, Vatan nafaqat jo‘shqin
yoshlik damlari bilan bog‘liq so‘lim maskandir. Inson ham
niholday gap – uni undirib-o‘stiradigan ona zamin bor, quyosh,
suv, havo uni o‘z ne’matlaridan bahramand qiladi. Shuning
uchun bularning bari inson uchun aziz va ardoqli. Lekin bular
hali tugal Vatan emas.
53
Odamzod shunday yaratilgan-
ki, u boshqalardan ajralgan holda,
yakka-yolg‘iz, so‘ppayib umrguza-
ronlik qila olmaydi. To‘g‘ri, odam-
lar orasida
tarki dunyo qiladigan-
lari, tanholikni yoqtiradiganlari,
hech kimni jini suymaydiganlari
ham bor. Ammo ular har qancha
tanho bo‘lmasin, el-u yurtdan yuz
o‘girib, har qancha g‘orlar ichini
makon qilmasin, baribir, minglab
rishtalar orqali dunyo bilan bog‘liq
bo‘ladi. Hatto,
umrining yarmini
xumda yashab o‘tkazgan qadimgi
yunon faylasufi Diogen ham, ba-
ribir, shogirdlari bilan, boshqa
faylasuflar bilan aloqa qilib turgan.
Ota-onalar, farzandlar, qarindosh-
urug‘lar, yor-u birodarlar, do‘stlar-u
dugonalar har qanday inson
hayotiga turfa xil ma’no baxsh etadi. Odam ularni yaxshi ko‘rishi,
ular bilan inoq yashashi mumkin, ularni yoqtirmasligi ham
mumkin. Lekin, nima bo‘lganda ham, ularning hammasidan yuz
o‘girib, butunlay voz kechib bo‘lmaydi...
Vatanga muhabbat, onaga muhabbat kabi, muqaddas va yuk-
sak tuyg‘u. Onaga muhabbatning shunday bir o‘ziga xosligi
borki, odam bu tuyg‘usi
haqida olamga jar solib, hammani undan
voqif qilavermaydi, hatto onasining o‘ziga ham har kuni «Ona-
jon, men sizni jonimdan ortiq yaxshi ko‘raman» deyavermaydi.
Lekin har kuni onasiga g‘amxo‘rligi, mehribonligi, saxovati va
shafqatini ishi bilan, gap-so‘zlari, xatti-harakatlari bilan amalda
namoyon qiladi.
Vatan muhabbati ham shunday: u hammaga ko‘z-ko‘z qi-
linmaydi, u to‘g‘rida tantanavor e’lonlar chop etilmaydi, har
muyulishda odam ko‘kragiga urib,
Vatanga oshiqligini pisanda
qilmaydi. Madaniyatning yuksak pog‘onalariga ko‘tarilgan jami-
Do'stlaringiz bilan baham: