12
dor, tabiatimiz qulay. Oddiy cho‘pni
qadasangiz ham gurkirab
o‘sib rivojlanadi. Lekin ana shu boyliklarning barchasini yurtimiz
ravnaqi yo‘lida ishlatadigan kuch mehnatkash, mard va bag‘rikeng
xalqimiz, shu xalqning ishonchi va tayanchi bo‘lib voyaga
yetayotgan yoshlarimizdir. Aynan shuning uchun ham mamlakati-
mizda har bir bolaning sog‘lig‘i,
uning dunyoda hech kimdan
kam bo‘lmasdan o‘sib-ulg‘ayishi, zamonaviy bilimlar, kasb-
hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallashi, hayotdan o‘z o‘rnini topishi
uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, barchasi yaratib berilmoqda.
Bir paytlar Amir Temur bobomiz: «Kim bizning qudratimizga
shubha qilsa, qurgan imoratlarimizga boqsin», – deb
katta ishonch,
g‘urur-iftixor bilan o‘z ishining abadiyatga daxldor ekanini ta’kid-
lagan edi. Sohibqiron bobomizning nabirasi, buyuk alloma va davlat
arbobi Mirzo Ulug‘bek esa ilm-fan sohasidagi kashfiyotlari hech
qachon yo‘q bo‘lib ketmasligini nazarda tutib: «O‘z ishimni munosib
avlodlarimga qoldirdim», – deb aytgan.
Mumtoz mutafakkir shoirimiz
Samarqand. Shohizinda majmuasi
13
Alisher Navoiy, go‘yo ana shu haqiqatni tasdiqlagandek, Mirzo Ulug‘-
bek haqida: «Qiyomatg‘a deguncha ahli ayyom, Yozarlar aning ahko-
midin ahkom», – ya‘ni, bu dunyo olimlari
Yer yuzida toki hayot bor
ekan, Ulug‘bekning kashfiyotlari asosida yangi-yangi xulosalar,
hukmlar chiqarib, bu kashfiyotlarni davom ettiradilar, deb qayd etgani
bejiz emas, albatta.
Buni
qarangki, bu so‘zlar 2014-yil 14–15-may kunlari Samar-
qand shahrida o‘z tasdig‘ini topdi. Dunyoning 40 dan ziyod davlat-
laridan kelgan eng mashhur olimlar bu shaharda «O‘rta asrlar Sharq
allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi,
uning zamonaviy sivi-
lizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferen-
siyaga to‘plandilar. Ular boshqa buyuk allomalarimiz qatori Mirzo
Ulug‘bek merosi haqida ham yaxshi fikrlar bildirdilar, ya’ni, bu buyuk
mutafakkirning ahkomidan ahkomlar yaratganlarini bayon qildilar.
Prezidentimiz yurtimiz yoshlarining
turli sohalarda erishayotgan
yutuqlarini butun xalqimiz, O‘zbekistonimizning yutug‘i deb biladi.
Demak, Vatanimiz istiqlolini asrab-avaylash va mustahkamlash,
O‘zbekistonimiz shuhratini jahonga yoyish vazifasi kelajakda aynan
sizdek yoshlarga bog‘liq.
Muxtasar qilib aytganda, «Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!» degan
so‘zlarning negizida chuqur ma’no mujassam.
Haqiqatan ham, biz abadiyatga daxldor
ishlari bilan dunyoga tanil-
gan xalqmiz. Qadimiy shaharlarimizdagi tarixiy obidalarimiz, buyuk
ajdodlarimizning bebaho merosi, istiqlol davrida barpo etgan ko‘plab
inshootlarimiz, bugungi kunda xalqimiz, jumladan,
yoshlarimiz
erishayotgan ulkan yutuqlar aynan shundan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: