O’zbek tili, madaniyati va urf-odatlari Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi. 1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan.
Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan. Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.
Bugun bizda ham chet tillarini o‘rganishga zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda garchi davlat tili sifatida o‘zbek tili ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, boshqa millatlarning nafaqat tili, balki urf-odatlari ham alohida hurmat qilinadi.
O’zbekiston milliy urf-odatlari va an’analari
O’zbekiston Respublikasi aholisi turmush tarzida qadimiy falsafiy, diniytasavvurlari hamda xo'jalik an'analari bilan bog'liq urf-odat, marosim va bayramlar mavjud. Jamoaviy hayot o'zida turli an'analarni mujassam etgan. Ular asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelmoqda.
Mazkur urf-odat va marosimlarni mehnat, oilaviy va diniy kabi guruhlarga bo'lish mumkin. Ushbu qadimiy an'analar o'zida yangicha ko'rinishlarni ham mujassam etgan holda xalqimiz turmush tarzida hozirga qadar yashab kelayotgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: Navro'z, Navro'z sayli, hosil bayrami, beshik to'yi, sunnat to'yi, nikoh to'yi, Qurbon hayiti, nahor oshi, ko’pkari va boshqalar.
Navro'z bayrami
Sumalak — Markaziy Osiyo hamda boshqa turkiy va forsiy xalqlar tomonidan Navroʻz bayrami kunlari pishiriladigan shirin taom turi. Asosan, bugʻdoyning yosh novdalari, un, yogʻlardan tayyorlanadi. Shuningdek, baʼzi milliy anʼanalarga koʻra, tosh yoki yongʻoq ham solib pishiriladi
Navro`z - bahor, yangi yil bayrami. “Navro`z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav" - yangi, “ro'z" - kun ya'ni, “yangi kun" degan ma'noni bildiradi.
Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go'zal bayramidir.
Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina o'zbek oilalar sumalak, xalim, ko'k somsa, palov kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar.
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir.
Nahorgi osh marosimi to’y va aza ma’rakasida o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar, qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi.
Beshik toʻyi — Yaqin va Oʻrta Sharq, Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan oʻzbeklar oilasida toʻngʻich farzand tugʻilishi sharafiga oʻtkaziladigan tantanali marosim. Beshik chaqaloqning ona qarindoshlari—bobosi, buvisi, togʻa va xolalari tomonidan qilingan. Beshik udumi bilan bogʻliq chaqaloqqa kerakli barcha buyumlar tayyorlangan. Dasturxonga non, patir va anvoi shirinliklar tugilgan, shuningdek unga yana oʻyinchoqlar (qiz boʻlsa qoʻgʻirchoq) qoʻshilgan. Koʻp hududlarda chaqaloqqa atab toy ham yasatilgan.
Belbogʻli kurash — Bu Oʻzbek milliy sport turlaridan biri boʻlib asosan Oʻrta osiyoda ommabop sanaladi. Belbogʻli kurashda sportchilar belbogʻ orqali kurashadilar. Asosan bu sport turi ikki kishi oʻrtasida amalga oshiriladi. Belbogʻli kurashning asosiy kiyimlariga kurashish uchun yaktak va belbogʻ kiradi.
Belbogʻli kurash juda qadiymiy sport turlaridan biridir u milloddan avvalgi 2-3 asrlarda paydo boʻlgan va u hozirgacha rivojlanib keladi
Uloq, koʻpkari — Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. ommaviy, milliy oʻyinlaridan biri. Asosan, gʻalaba va hosil bayramlari, toʻy va sayillar munosabati bilan oʻtkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari oʻziga toʻq odamlar, hatto odiy aholi ham Uloq oʻyinlarini tashkil etgan. Koʻproq xatna (chipron) toʻylarida rasm boʻlgan. Uloq tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq, ovullarga yuborilib, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda Uloq kim tomonidan, qayerda, qachon va nima maqsadda oʻtkazilayotganligini hamda qoʻyiladigan sovrinlarni eʼlon qilgan. Uloq oʻyinlari ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini koʻpaytirishga yordam qilgan.
Nikoh toʻyi — kelin va kuyovning nikohini jamoatchilikka maʼlum qilish tantanasi. Bu marosim davrlar oʻtishi bilan qisman oʻzgarib borgan va har bir etnik guruhda oʻziga xos xususiyatlari bilan oʻzaro farq qilgan. Oʻzbek xalqining qad. Nikoh toʻyi tizimida bir qancha marosimlar mavjud: sovchilik, unashtirish, uy koʻrar (qiz koʻrar), fotiha toʻyi, toʻy yuborish, qiz oshi (qizlar majlisi), nikoh oʻqitish, kelin tushdi, kelin salom, charlar, quda chaqiriq kabi marosimlar va ular bilan bogʻliq urf-odatlar. Ularning aksari-yati hozirgacha saqlanib, amal qilinib kelinadi.
O’zbek tili
Taqdimot
Tayyorladi: Saidazimov Abdumurodjon
Guruh: MMT-42
Do'stlaringiz bilan baham: |