Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi



Download 36,93 Kb.
bet1/7
Sana11.07.2022
Hajmi36,93 Kb.
#776404
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FOMyakuniyjavoblar(1)


1.Mazkur dasturning maqsadi – ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
- «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi +onuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
- ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va mafkuraviy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va joriy etish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) – mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- «Ta'lim to'g'risida»gi +onunga muvofiq ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;
- pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
- ta'lim oluvchilarning tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma'rifiy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo'yiladigan zaruriy talablarni belgilab buruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish;
- o'quv-uslubiy majmualarning hamda ta'lim jarayonini didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
-o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash.
Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillar) – Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Majburiy umumiy o'rta va o'rt maxsus, kasb-hunar ta'limiga, shuningdek, o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amlga oshiriladi.
Ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanadi. Uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ta'lim xizmati ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liq ishga solinadi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Ta'lim muassasalarning resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanadi.
Milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o'zini o'zi boshqarish shakllari mustahkamlanadi.
Ta'lim jarayonini axborotlashtirish uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompьyuter axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinadi.

2. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta'kidlangan milliy model O'zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks ettiruvchi namunadir.
Fizika o'qitishning metodologik asosi kadrlar tayyorlash milliy dasturidir. Mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Fizika o'qitishning metodologik masalalari III bobda ko'rib chiqiladi. Isloh qilishning ta'limiy tizimida amalga oshirilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalarni Fizika fanlari mavzulariga tadbiq etib, o'qitish va ta'limning samaradorligini oshirish asosida dunyo andozalariga javob bera oladigan axloqiy va ma'naviy yetuk kadrlar tayyorlash kiradi. 1997 yilda «Kadrlar tayorlash milliy dasturi» qabul qilingandan so'ng dasturning ro'yobga chiqarish bosqichlarida ta'lim muassasalari axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta'minlandi, isloh qilish uchun zarur bo'lgan moddiy texnik bazasi yaratildi. Ta'limni isloh qilishning hozirgi zamonaviy vazifasiga faol pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy qilib o'quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishdir. Ta'lim islohotining amalga oshirilishi an'anaviy o'qitish metodlaridagi o'qituvchining o'qitish vazifasi uning ta'lim jarayonini tashkil qilish vazifasiga almashadi. Ta'lim bosqichlaridagi Fizika fanlarini o'qitish metodikasi Fizika ta'limi metodikasi deb atala boshlandi. Fizika o'qitishga axborot texnologiyasini tadbiq etish uchun avval kompьyuter yordamida elektron vositalari yaratiladi, ular yordamida o'quv jarayonini tashkil qilish mumkin. Buning uchun o'quv-uslubiy majmualarini kompьyuter darsi dasturi yaratiladi va unga an'anaviy o'qitish metodlari bilan ko'rsatib bo'lmaydigan yadroviy, atomda elektronlarning kvant Fizikaviy harakat, Fizikaviy bog'lanishning vujudga kelish jarayonlari elektrolitik dissotsialanish va elektroFizikaviy jarayonlar, metallar karroziyasi mexanizmlari va boshqa jarayonlarning dinamik modellarini animatsiya qilib, kompьyuter darsi dasturiga kiritiladi. Dastur matnida jarayonlarni tushuntirish, ovoz orqali amalga oshiriladi. Bunday elektron qo'llanma yoki darslik yordamida o'quvchilar mustaqil bilim oladilar. Bilimlarni qanday o'zlashtirishlarini kompьyuter darsi dasturiga kiritilgan mavzuga oid test yordamida o'zlari aniqlab oladilar. Kompьyuter darsi dasturi bir necha marta qayta o'rganish mumkin bo'lganligi uchun o'z bilimlarini oshirish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar.
Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion texnologiyalardan Fizika ta'limida foydalanish darsning samaradorligini oshirishda muhim vosita ekanligi keyingi ilmiy-metodik tadqiqotlarda ma'lum bo'lmoqda. Buning asosiy sababi innovatsion texnologiyalarni tadbiq etib o'qitishda o'quvchilarning faolligi va darsga bo'lgan qiziqishlari ortadi. Ta'lim jarayonida o'quvchilar to'liq qatnashadilar. Yangi pedagogik texnologiyalar ta'limning tarbiyaviy tomonini amalga oshirishga ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi jarayonni har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirishda Fizika fani katta imkoniyatlarga egadir. Fizika o'qitishining tarbiyaviy tomonini yoritishda milliy istiqlol g'oyasi asos qilib olinadi. Uni shakllantirishda Respublikamiz Fizikaviy tabiiy zahiralarga nihoyatda boyligi, ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishlarning rivojlanib borayotganligini Fizika fanlarining tegishli mavzularida bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi. Fizikani o'qitishda tarbiyaning hamma turlarini amalga oshirish mumkin.


3. O'qituvchining jamiyat oldidagi ma'suliyati va vazifalari. Fizika fani o'qituvchisiga qo'yiladigan talabalar.
O'qituvchi – bu kasbdir, demak, Fizika fani o'qituvchisi Fizika fanlari bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lishi kerak. Lekin boshqa Fizikagar mutaxassislari kabi fakt Fizikaviy bilimlar va malaka-ko'nikmalariga ega bo'lishning o'zi Fizika o'qituvchisi kasbini belgilab bera olmaydi. Fizikani yaxshi bilgan holda yomon o'qituvchi bo'lishi mumkin. O'qituvchilarga bilim berish va tarbiyalash uchun o'qituvchi bolalarni, ayniqsa, ularning o'sish darvridagi psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak, o'qitishning metodlarini egallashi zarur. O'qituvchi doimo o'z bilimini to'ldirib borishi, o'qitishning yangi metodlarini izlashi, o'quv jarayonini takomillashtirishi lozim. O'qituvchining ishdagi va shaxsiy sifatlari, uning egallashi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar, Fizika o'qituvchisi tayyorlash ta'lim standartlarida berilgan bo'lib, pedagogika universiteti va instituti o'qituvchilari ularga erishish uchun tinmay ijodiy izlanishda bo'lishi kerak.
Zamonaviy Fizika o'qituvchisi quyidagilarni bilishi kerak.
a) Fizika o'qitish jarayonida o'qitishning ta'lim va tarbiyaviy hamda o'quvchilarni rivojlantirish maqsadini;
b) Maktab yoki akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining o'quv dasturlari, darsliklari, o'quv-metodik qo'llanmalarni;
v) Fizika o'qitish metodikasining nazariy asoslari, jumladan, Fizika o'qitish metodlarini, o'qitish natijalarini nazorat qilishni, Fizika kabinetining o'quv jihozlarini, laboratoriyada ishlash vaqtidagi xavfsizlik texnikasini, Fizikaviy reaktivlarning xossalari va ularni saqlash qoidalarini o'qitishning texnik vositalarini va ularni ishlatish yo'llarini;
g) O'qituvchi psixologik xususiyatlari turli bo'lgan bolalar bilan ish olib boradi, ularga ta'lim va tarbiya beradi. Shuning uchun pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini bilib olishi kerak;
d) O'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillaridan biri ularda Fizikaviy masalalar yechish malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Shuning uchun o'qituvchining o'zi masala yechish malakasiga ega bo'lishi kerak;ye) O'qituvchi ilmiy-ijodiy izlanish malakasiga ega bo'lishi kerak. Bu ko'nikma va malakalar talabalarda pedagogik amaliyot vaqtida shakllantiriladi.Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng, ta'limni isloh qilish amalga oshirildi, Fizika o'qitishning an'anaviy metodlari o'rniga interaktiv metodlar, jumladan, innovatsion va axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda. Bular, o'z navbatida, o'quvchilarning bu metodlarni bilib olishlarini talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ko'rsatmalarini amalga oshirish, o'qituvchilar tayyorlashni dunyo andozalariga javob beradigan darajaga olib chiqadi. 

Download 36,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish