Denitrifikasiya jarayoni. Muhit (tuproq) tarkibidagi nitrit, nitrat, ammiak va amin birikmalardagi azot ba’zi mikroorganizmlar tomonidan molekulyar azotgacha qaytariladi. Bu jarayon denitrifikasiya deb ataladi. Denirifikatorlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, tuproqda, daryo va hatto dengiz suvlarida ham uchraydi. Bu mikroorganizmlar SHimoliy muz okeanida ham yashashini rus olimi B. L. Isachenko aniqlagan. Potapov ma’lumotlariga ko’ra denitrifikatorlar bahor va kuz faslida ko’payib, yoz faslida kamayar ekan, ular tuproqning 1015 sm chuqurlikdagi qavatida joylashadi.
Denitrifikatorlar ta’sirida tuproqdagi nitratlar miqdori kamayib ketadi. SHu sababli ular qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi jarayonni qo’zg’ovchi mikroorganizmlar qatoriga kiradi. Denitrifikasiya jarayoni bevosita va bilvosita bo’lib, quyidagi ko’rinishlarda sodir bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |