Nitrifikasiyaning birinchi fazasida ammiak va ammoniy tuzlari nitrit kislotagacha oksidlanadi. Bu reaksiya tubandagicha boradi:
2NH3 + 3O2 → 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ (158 kkal)
Reaksiya oxirida nitrit kislota hosil bo’lguncha bir qancha oraliq reaksiyalar boradi. Bu reaksiyalarni quyidagicha ifodalash mumkin:
NH3 NH2OH HNO HN(OH)2 HNO2
ammiak gidroksilamin giponitrit dioksi nitrit kislota ammiak kislota
Nitrifikasiya jarayonining birinchi fazasini oval shakldagi nitrozomonas (Nitrosomonas) bakteriyasi qo’zg’atadi. Bu bakteriya harakatchan, xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun bo’ladi. Nitrozomonas hujayrasining yirik-maydaligiga qarab: a, b, s tur xillari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |