Tayanch iboralar: asosiy vazifa; yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish; temir yo‘l transporti mahsuloti; yuk tashish hajmi; hisobot davri; tashish ishini tavsiflash; qayta hisoblash; joriy hisobi jarayoni; tadqiqot dasturi.
Yuk tashish statistik kuzatuvini uyushtirish
Yuk tashishga qo‘yiladigan asosiy talab, bu, yuk oluvchiga yuklarni but saqlagan holda o‘z vaqtida yetkazib berishdan iborat. Tashishga taqdim etilayotgan yukni, yuk jo‘natuvchi yuk oluvchi nomiga to‘ldirilgan Yuk xati bilan birga, taqdim etishi shart. Yuk xati, yuk bilan birga ketadi va manzilga yetib borgach, yuk oluvchiga yuk bilan birga beriladi.
Yuk qabul qilish xati- bu, asosiy huquqiy hujjat, ya’ni temir yo‘l bilan yuk yuboruvchi orasidagi kelishuv. Yuk qabul qilish xatida jo‘natuvchi va manzil bekat nomi 4-sonli Tarif qo‘llanmasiga binoan (yuk nomini, tezlik tartibini, yuklangan vagon raqami va texnik normalarini, uning yuk ko‘tarish qobiliyatini, yuk massasi) ko‘rsatiladi. Yuk qabul qilish xati asosida, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari, ushbu yukni tashish shartlari belgilanadi. Manzil bekatida yuk xati yuk oluvchiga beriladi.
Yo‘l qaydnomasi-yuk tashishni hisobga oluvchi statistik hisob hujjatidir. U uch qismdan iborat: yo‘l qaydnomasining o‘zi, uning bo‘lagi, yuk qabul qilish chiptalari. Yo‘l qaydnomasida, yuk xatidagi ma’lumotlardan tashqari, yuklarni yetkazish muddati norma bo‘yicha va haqiqatda, bir temir yo‘ldan boshqa temir yo‘lga o‘tish bekatining kalendar shtempeli, qisqa tashish masofasi, to‘langan tashish haqi va qo‘shimcha yig‘im va boshqalar jami ko‘rsatiladi.
Yuklarni jo‘natish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun quyidagi yuk hujjatlardan foydalaniladi:
►Yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari, GU-29, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari;
►To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomalasi bo‘laklari;
►Qo‘l yuki vagonlarida yuk tashish Yuk- qo‘lyuki chiptasi bo‘laklari, LU-12b. shakli;
►Vagonli yuk jo‘natmalarni yo‘lovchi poezdlarda tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, LU-12v. shakl va ishlamaydigan park vagonlarida yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, GU-64 shakl;
►Sut va sut maxsulotlarini tashish Chiptasi bo‘lagi, LU-15 shakl;
►Xorij temir yo‘llaridan qabul qilingan yuk Chiptasi bo‘laklari, INU-3, INU-83 shakllari;
►Suv va avtomobil transportidan qabul qilingan, to‘g‘ri -aralash yo‘nalishdagi yuklarni, uzatish Qaydnomasi, GU-41 shakl;
►Yangi qurulishlardan qabul qilingan yuklarni topshirish Ro‘yxati, GU-40 shakl;
►Jo‘nashga qabul qilingan va vagonlarga ortilgan yuklar bo‘yicha bekatlar hisobotlari, GU-3;
Yuklar kelish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun, quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
►Yuk tashish Yo‘l qaydnomalari, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari;
►To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomalari;
►Vagonli yuk jo‘natmani yo‘lovchi poezdlarda tashish Yo‘l qaydnomasi, LU-12v. shakl va Ishlamaydigan park vagonlarida yuk tashish Yo‘l qaydnomasi, GU-64 shakl;
►To‘g‘ri aralash temir yo‘l- suv yo‘nalishi bo‘yicha tashish portlarida yuklarni topshirish Yo‘l qaydnomalari nushasi;
►Yuklarni xorij temir yo‘llariga Topshirish qaydnomalari, INU-3, INU-83 shakllari;
► Bir temir yo‘ldan ikkinchi temir yo‘lga yuk o‘tayotganida, Yo‘l qaydnomasi orqasida, topshiruvchi bekatning shtempeli sana bilan birga qo‘yiladi. Bu esa, yuk harakati yo‘lini belgilashga va bajarilgan tarif tonno-kilometr yuk aylanmasini taqsimlashga imkon yaratadi. Tashilgan yuk uchun jami tashish haqi, yetib kelgan so‘ngi bekatda aniqlanadi va qo‘shimcha yig‘imlar bilan, Yo‘l qaydnomasida aks ettiriladi.
Tashish hujjatlari, jo‘natish va manzil bekatlarida yuklarni ham jo‘natish va manzil yetib kelish daqiqasi bo‘yicha, hisobga olish imkonini beradi.
Jo‘natish momenti, faqatgina, endi tashiladigan yukni qayd qiladi xolos. Ammo, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarishlarni hisobga olmaydi.
Etib kelish momenti, manzilga yetib kelish momenti bo‘yicha yuk tashishni hisobga olish usulida, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarishlar hisobga olinadi.
Yuklarni jo‘nashga qabul qilish Kitobi, bevosita yuk jo‘natuvchidan qabul qilingan, shuningdek suv va avtomobil transportidan, yangi qurulishlardan, xorij temir yo‘llaridan, boshqa temir yo‘l izlaridan qayta yuklangan har bir alohida yuklar uchun, bekat “Tovar idorasi” da to‘ldirib boriladi.
Sut va sut mahsulotlarini tashish Chiptalari, odatda muqim yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi va maxsus poezdlar bilan ketadigan, yuk va qo‘l yuki vagonlarida tashiladigan maxsulotlarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan.
Yuklarni temir yo‘ldan suv va avtomobil transportiga yoki suv va avtomobil transportidan temir yo‘lga qabul qilish yoki topshirish Qaydnomsi, to‘g‘ri aralash (temir yo‘l suv yoki temir yo‘l avtomobil) yo‘nalishda, bekatlarda bir transportdan boshqa transportga yuk tashishni qabul qilish yoki topshirishni, rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi.
To‘g‘ri xalqaro yo‘nalish bo‘yicha yuklarni uzatish Qaydnomasi. Xorij temir yo‘llariga vagonlarni o‘tkazish bekatlarida, bu qaydnoma olti nushada tuziladi va ishtirokchi xorij davlatlar temir yo‘llari vakillari tomonidan imzolanadi. Qaydnomada, har bir uzatilayotgan yoki qabul qilinayotgan jo‘natma bo‘yicha yukning nomi va massasi, jo‘natayotgan mamlakat va bekat hamda yetib borish mamlakati va bekati ko‘rsatiladi.
Poezd natura varag‘i, unda poezd tarkibidagi barcha vagonlar raqami, poezd massasi, konteynerlar mavjudligi va tashish jarayonini boshqarish hamda poezdlar harakati hafsizligi sharotini ta’minlash to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Vagonlarni raqami bo‘yicha hisobga olish Qaydnomasi, GU-3 shakl - yuk ortish, shuningdek ortish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi sutkaviy, dekadali va kalendar oy bo‘yicha operativ va statistik Hisobotni tuzish uchun asosiy manb’a bo‘lib xizmat qiladi.
Yo‘l qaydnomasi blankalari kitobi - vagonli, marshrutli, mayda jo‘natmalar va konteynerlarda yuk tashishni rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Bunday jo‘natmalarga, Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari Ilova xati bilan birga, temir yo‘l elektron hisob-kitob Markaziga taqdim etiladi. Qaydnoma har bir hisobot sutkasiga tuziladi.
Yo‘l qaydnomasi koreshoklari, ya’ni bo‘laklari asosida, jo‘natma yuklangan har bir vagon bo‘yicha, yo‘l qaydnomasi blankalari kitobida quyidagi ma’lumotlar yozib boriladi: yo‘l qaydnomasi raqami; bekat va yetib borish temir yo‘li; yuk nomi; yuk guruhining nomenklatura kodi; yukning tonnadagi massasi; vagon raqami; vagonning yuk ko‘tarish imkonyati; eksport yuklar uchun “Eksport” belgisi.
Tashishga qabul qilingan yuklar nomenklatura guruhi va umumiy tarif-statistik nomenklatura shifri, 1-son Tarif qo‘llanmasiga muvofiq, qo‘yilishi shart. Jo‘natishga qabul qilingan, lekin hisobot sutkasi mobaynida ortilmagan jo‘natmalar, “Vagon raqami” ustunida “NP” (jo‘natishga qabul qilingan kunda yuk ortilmagan) belgisi qo‘yiladi. Yuklarni, agar yuk jo‘natuvchi ijaraga olgan vagonlarda yoki boshqa tashkilotlarga tegishli vagonlarda tashisa, unda Yo‘l qaydnomasi bo‘lagining “Maxsus belgi” ustunida ruxsatnomaga ishora qiluvchi yozuv bo‘lishi shart. Bekat ichidagi yuk tashishga ham ana shunday ruxsat raqami va imzosi qo‘yiladi.
Belgilangan muddatlarda bekatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ –Ng “Ma’lumot hisoblash markazi” IVS-ga, markazlashgan hisob-kitob tizimiga qo‘shilgan bekatlar esa - “Tashish hujjatlarini qayta ishlash texnologik markazi” TexPD-ga, quyidagilarni ilova qilgan holda, taqdim etadi:
►bekat o‘zi ortgan yuklarga- Yo‘l qaydnomasi koreshoklari; yig‘ma, yig‘ma- tarqatma va chetga chiqarilgan vagonlar bo‘yicha esa – Vagon varag‘ining nushasi;
►xorij temir yo‘llaridan, qayta ortishsiz yoki g‘ildirak juftini almashtirish bilan suv va avtomobil transportidan Uzatish qaydnomasi asosida qabul qilingan, yangi qurulishlardan Topshirish qaydnomasi asosida qabul qilingan vagonlarga;
►xorij temir yo‘liga tegishli vagonlardan tushurib olib qayta yuklan-gan vagonlarga, shuningdek mamlakat ichidagi boshqa izdagi vagonlardan tushirib olib qayta yuklangan vagonlarga –Vagon varag‘lari nushalari.
Vagon varag‘i. Bu hisob hujjati bo‘lib, u vagon raqami, Yuk xati raqamlari, jo‘natish va manzil bekatlari; yuk nomi va massasi; o‘rin soni; plombalar markasi va mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat. Manzil bekatda, yukni vagondan tushirishdan avval uni qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim, haqiqatda yuklar vagonlarda mavjudligini vagon varag‘i asosida solishtirib tekshiradi. Vagon varag‘i, yuklar vagonlardan haqiqatda tushurilganligini hisobga oladigan dastlabki hisob hujjati sifatida, opeartiv Hisobotda qo‘llaniladi.
Kelgan yuklar kitobi, bekat “Tovar idorasi”da bekatga tushirish uchun kelgan barcha yuklarni navbatma-navbat qayd qilishga mo‘ljallangan. Bu kitobi asosida bekatga kelgan yuklar, yuk oluvchiga berilgan va berilmagan yuklar sonini aniqlash mumkin. Yuk egasiga berilgach kitobda jo‘natma raqami, kalendar oy va sanasi bo‘yicha yozib qo‘yiladi.
Yuklarni tushurish kitobi, unda bo‘shatilgan barcha vagonlar va tushirilgan yuklar qayd qilinadi, shuningdek vagondan tushurilayotgan vaqtda qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim imzosi bilan aniqlangan kamomad va yuklar buzulganligi, agar ular bo‘lsa, ro‘yxati beriladi; bekat yuk saroyidan yuk olib chiqib ketilganligi to‘g‘risida ham yozuv bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |