Kurs ishi tarkibi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
1.Maxsulotlarni eksport qilishning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va huquqiy me’yoriy asosalari.
Mamlakatlar o’rtasida o’zaro savdo munosabatlar yig’indisi bu tashqi savdo deb atalaladi. Eksport esa tashqi savdoning muhim tarkibiy elelmentidir.
Ekspot - tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda yaratilgan mahsulotlar mamlakat tashqarisiga chiqariladi. Tashqi savdoni shakllanishida dastalab “Buyuk ipak yo’li” so’ngra uni rivojlanishida esa “Buyuk geografik kashfiyotlar” , yangi dengiz yo’llarining ochilishi kuchli turtki bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillarida asosan hom ashyo eksportini yo’lga qo’ydi. Bunga asosiy sabab yakuniy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar yetishmasligi, yoki bo’lmasa mavjud korxonalar ham eksport darajasida mahsulot yarata olmasligi bo’ldi. Bu esa o’z navbatida ushbu sohada ulkan islohatlar ko’rish zarurligini belgilab berdi. Bu islohatlar o’z samarasini bi Farg’ona viloyatida ham ko’rishimiz mumkin. Farg‘ona viloyati o‘zining yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikaqiya tarmoqlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Viloyatning iqtisodiy salohiyati aholi turmush darajasini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Joriy yilning birinchi choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,1 foiz o‘sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, investiqiya loyihalarini amalga oshirish, qurilish, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi. Sanoat mahsulotining 96 foizdan ortig‘i kimyo, neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va qurilish materiallari tayyorlash kabi zamonaviy tarmoqlarda ishlab chiqarilmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Farg‘ona azot”, “Avtooyna”, Qo‘qon mexanika zavodi, “DEU tekstil Farg‘ona”, “Qo‘qon Indorama tekstil” kabi yirik sanoat korxonalari nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin eagallaydi.
Zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xalqaro bozorda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etish va mavjud quvvatlarni modernizaqiya qilish tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Eksport qiluvchi korxonalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksport faoliyatiga keng jalb etilayotgani samarasida viloyatning bu boradagi salohiyati muttasil oshib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilayotgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shuhrat qozongan Farg‘ona zaminida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga, eksportdagi ulushi 58 foizga yetgan. Mehnat bilan band aholining 81 foizi shu sohada ishlamoqda. Bizga ma’lumki, tashqi savdo hajmi tovarlar va xizmatlar eksporti va importi hisobidan shakllanadi. 2018-yilning yanvar—dekabr oylari holatiga ko‘ra eksport hajmi 14,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu tariqa 2017-yilning mos davriga nisbatan 13,5 foiz o‘sishga erishildi. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya O‘zbekiston eng ko‘p mahsulot eksport qiladigan davlatlar hisoblanadi. Xususan, Xitoy va Rossiyaga asosan gaz va meva-sabzavot mahsulotlari, Turkiyaga esa qora va rangli metallar eksport qilinadi.
Tovarlar eksporti xajmi 2017 yilga nisbatan 12% oshdi. Oltin qiymatining oshishi (jami eksport xajmining 25,5%) uning o‘rtacha yillik narxining o‘sishi evaziga sodir bo‘ldi. Neftegaz mahsulotlarining eksport xajmi, (eksport umumiy xajmining 23,3%) hisoblangan o‘rtacha narxlari 2017-yilga nisbatan 35,5%ga, etkazib berish xajmi 45,3% ga oshganligi evaziga, deyarliikki barobarga oshdi. Tovarlar eksportining choraklik o‘sish sur’ati (oltin eksportini hisobga olmagan holda) 2018 yilning birinchi yarim yilligida 2017 yilning mos davriga nisbatan ko‘proq bo‘ldi, yilning ikkinchi yarmida esa o‘sish maqbo’l sur’atda davom etdi. 2016–18 yillar mobaynida eksport jami hajmining deyarli 80% i besh mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi, undan 30-35 % SHveqariyaga (oltin). Xom-ashyo tovarlari eksporti (oltinvagaz) eksportning 60-70 % gacha tashkil qiladi. Bunda gaz eksportining asosiy ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda.
Eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmi jahon bozorida unga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘zgarib turadi. Ba’zida bu bizning imkoniyatimiz va rejalarimizga ham bog‘liq. Misol uchun, paxta eksporti yildan yilga pastlab bormoqda. 2015-yilda 503,8 ming tonna, 2016-yilda 416 ming tonna, 2017-yilda 278,9 ming tonna, 2018-yilda esa 115,6 ming tonna xorijga sotildi. Ushbu kamayish dinamikasining sababi sifatida o‘zimizda paxtani qayta ishlash hajmi ortib, tayyor yoki yarim tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga katta e’tibor berilayotganligini aytishimiz mumkin. O‘z o‘rnida, 2018-yil yakunlariga ko‘ra 1,6 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |