Mikroiqtisodiyoti


Mahsulot eksportiga ta’sir etuvchi omillarю



Download 211,45 Kb.
bet7/11
Sana17.07.2021
Hajmi211,45 Kb.
#121752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamdamova (1)

3.Mahsulot eksportiga ta’sir etuvchi omillarю

Eksport – iqtisodiyot barqarorligining asosiy omili. Valyuta zaxiralarini koʻpaytirishning yagona yoʻli ham eksport hajmini keskin oshirishdir. Mahsulot eksportiga ta’sir qiluvchi omillarni biz bevosita ikki guruhga ajratib olishimiz mumkin.





1-chizma. Mahsulot eksportiga ta’sir etuvchi omillar

Ichki omillaga mamlakat hududidagi siyosiy, iqtisodiy vaziyzat, davlatning bojxona siyosati, soliq siyosati, joylashuv o’rni va shart-sharoitlari tushuniladi. Hozirgi kunda mamlaktimizda bunday vaziyat qanday? Mamlakatimiz mustaqillikga erishgach tez fursatlarda iqtisodiy o’sish natijalariga erishdi. Bu o’z navbatida milliy iqtisodiyotni tezda oyoqqa turg’azdi. Mamlakat hududida sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar soni oshib bordi. Bu o’z navbatida ular yaratgan mahsulotlarni eksport qilishga sharoit yaratib berdi. Mustaqillik yillarida paxta va tabiy gaz eksporti salmog’i ancha yuqori bo’lgan, lekin hozigi kunga kelib olib borilayotgan islohatlar natijasida hom ashyolar o’zimizda qayta ishlanib tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ko’rinishida jahon bozoriga chiqmoqda. Bunga mamlakat o’zi ham keng imkoniyatlar yaratib bermoqda, ya’ni eksport bilan shug’illanuvchi korxonalarga soliq, bojxona boyicha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ya’ni har qanday eksport bilan shug’illanuvchi sube’kt uchun bojxona to’lovi va eksport boji olinmaydi. Ular quyidagilar



  • Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizaqiya qilishga aksiz solig‘i solinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda)

  • Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizaqiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi (Soliq kodeksi, 212-modda).

  • Eksport qiluvchi korxonalar (xomashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig‘i va mulk solig‘i stavkasi umumiy sotish hajmida o‘zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog‘liq holda kamaytiriladi:

eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida — 30 foizga;

eksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida — 2 marotaba. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–2613-sonli Farmoni



  • Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizaqiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi.

Bu oddiy ko’ringan narsa bo’lishi mumkin lekin bu ishlab chiqaruvchi uchun anchagina keng imkoniyat. Birinchi tomondan xarajatlar kamayadi, ikkinchi tomondan esa mahsuloti tannarxi arzonlashib, mahsulot haridorgir bo’ladi. Shu o’rinda tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud, davlat ushbu yaratib berilgan imtiyoz orqali budjetga qancha tushumdan voz kechayotgani ham muhim. Davlat budjeti qisqari havfi bo’lishiga qaramay ishlab chiqaruvchini himoya qilmoqda. Bu ham ichki omil bo’lib hisoblanadi.

Tashqai omillarga mamlakatning xalqaro maydondagi holati: Boshqa mamlakatlar bilan o’zaro aloqasi, xalqaro tashkilotlardagi o’rni joylashgan mintaqadagi siyosiy holat ham inobatga olinadi. O’zbekiston respublikasi hozirgi kunda boshqa mamlaktlar bilan ko’p tomonlama aloqa kirishgan. Osiyo mintaqasida deyarli barcha mamlakatlar bilan iqtisodiy savdo aloqalari olib bormoqda. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya O‘zbekiston eng ko‘p mahsulot eksport qiladigan davlatlar hisoblanadi. Xususan, Xitoy va Rossiyaga asosan gaz va meva-sabzavot mahsulotlari, Turkiyaga esa qora va rangli metallar eksport qilinadi. O’zbekiston hozirgi kunda moliyaviy tashkilotlardan: Osiyo taraqqiyot banki,Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Xalqaro valyuta fondi kabi tashkilotlar a’zosidir.

Muhim omillardan biri bu jahaon savdo tashkiloti hisoblanadi. Jahon savdo tashkiloti (JST) ing. World Trade Organization (WTO) 1995-yil a’zo davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdoni erkinashtirish, osonlashtirish va savdo,siyosiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida tashkil etilgan.

A’zolik O’zbekistonga quydagicha afzalliklar olib kelishi mumkin: Iqtisodiy o’sish, bozor mexanizimlarini rivojlanishi,ishlab chiqarish va ekspotni oshishi, ilmiy va texnik rivojlanish, korrupsiya darajasini kamaytirishga, yangi tarmoqlarni vujudga kelishi va shu bilan bir qatorda yangi ish o’rinlarini vujudga kelishiga, xalqaro maydondagi harakatlanish uchun keng yo’l ochadi.



Xo’sh a’zolik yo’lida mamlakatimiz qanday ishlar olib boryapti.

  • 2017-yilda O’zbekiston tashqi savdo vaziri AQSH ning Markaziy va Janubiy Osiyo bo’yicha savdo vakili yordamchisi Mark Linskot bilan JSTga a’zo bo’lish masalasini ko’rib chiqdi.

  • 2018-yil boshida Xalqaro savdo eksperti Yovan Yekich O’zbekiston vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

  • 2018-yil 13- mart kuni O’zbekiston Respublikasining JSTga kirishini yangilash va O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga BMTning rivojlanish dasturi ko’magida texnik yordam ko’rsatishga jalb qilish masalasida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish bo’yicha AQSh agentligi (USAID), O’zbekiston Yevropa Ittifoqi delegaqiyasi, Xalqaro hamkorlik bo’yicha Germaniya jamiyati (GIZ) va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yig’ilish bo’ldi.

  • 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yo’l haritasi” tasdiqlandi, ushbu yo’l haritasida 34 ta tadbir kiritilgan bo’lib, ular JST ga kirishni yangilash borasida hujjatlarni tayyorlash va mamlakat qonunchilgini muvofiqlashtirishga qaratildi.

  • Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifida Janubiy Koreya tomoni O’zbekistonni JST ga a’zo bo’lishiga ko’maklashishini ma’lum qilagan.

  • 16.03.2019. O’zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish bo’yicha arizani ko’rib chiqish uchun tashqi savdo rejimi to’g’risidagi memorandum loyihasi tasdiqlandi. Unga ko’ra JST ga a’zo bo’lish bo’yicha muzokara jarayonlari o’tkazishning tashkiliy va yuridik masalalari ishlab chiqildi. Memorandum mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishiga arizani ko’rib chiqishga asos bo’lib xizmat qiladi.

  • 2019-yil boshida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o’rinbosari S.Saifnazarov mamlakatimizni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish bo’yicha ishchi guruhining Raisi Ji-ah Paikni qabo’l qildi. A’zolik masalalari to’g’risida fikr almashildi.

O’zbekiston Respublikasi rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasining 3- ustuvor yo’nalishi borasida mamlakatimizda valyutani tartibga solish, tahqi sado, bojxona va soliq qonunchiligini liberallashtirishda tubdan islohatlar amalga oshirilmoqda, bu o’z o’rnida O’zbekiston JST ga kirish uchun yangi shart-sharoit yaratib beradi.

Mamlakatda yaratilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va shu bilan uni eksport qilishga yo’naltirilishida qator omillarni hisobga olish zarur. Ulardan asosiylaridan biri mamlakat ishlab chiqaruvchilariga yaratilgan qulay shart sharoitlar ,ularga berilayotgan imtiyozlardir va qulay tadbirkorlik muhitidir.Undan tashqari mahsulotning sifati,uni ishlab chiqarish tannarxi kamligi, innovaqion texnika va texnologiyalar asosida yaratilganligi, xalqaro standartlarga (ISO 22000 HASP, Global Gap va boshqalarga) javob bera olishi, raqobatdosh mahsulot yaratayotgan ishchi kuchining aqliy salohiyati va malakasi kabi omillar ham eksportbop mahsulot yaratishning muhim omillaridan sanaladi.

Korxonalar eksport saloxiyatini oshirishda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish muhim a hamiyatga ega. Tashqi savdo aloqalarining rivojlanganlik darajasi asosan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning tashqi siyosati va strategiyasiga bevosita bog’likdir. SHu bilan birgalikda tashki savdo alokalariga ta’sir kursatuvchi bir kator omillar mavjud bo’lib, ular kuyidagilardan iborat:



  • mamlakatning tabiiy - iklimiy sharoitlari;

  • mamlakatning industrial tarakkiyot darajasi;

  • ishlab chiqarishning ilmiy - texnikaviy va texnologik saloxiyati;

  • mamlakatdagi demokratik vaziyat va akliy saloxiyat;

  • xalq mentaliteti va milliy an’analari;

  • axolining xarid qobiliyati.

Har kanday davlat ham uzining tashki savdo alokalari strategiyasi va yo'nalishlarini uzining xayotiy extiyojlaridan, mamlakatning mudofaa xavfsizligi manfaatlaridan va nixoyat, o'z xalkining turmush darajasini oshirish maksadlaridan kelib chiqqan xolda belgilaydi.

Yuqori sifatli va raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruvga yondashishdagi zamonaviy usullarning muhim ahamiyati inson omilini faollashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va tashabbuskorlikni rivojlantirish hamda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi yangi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etishda namoyon bo‘ladi.

Boshqaruv alohida tizim sifatida tobora ko‘proq tajriba almashish sohasi, reklama, ishlab chiqarish vazifalarini tezkor hal qilish vositasi bo‘lib bormoqda. Bunga esa boshqaruvni professionallashtirish, biznes va tadbirkorlik maktablari hamda maslahat markazlarining ochilishi sabab bo‘lmoqda. Ma’muriy- buyruqbozlik tizimi borgan sari xo‘jalik yuritishning iqtisodiy usullariga asoslangan boshqaruv tizimiga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda.

Ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asosiy shartlar sifatida, xalqaro tashqi iqtisodiy axborotlar tizimini yaratish, shuningdek, ana shu sohada samarali ishlashga loyiq kadrlarni o‘qitish va tayorlash usullarini takomillashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Zamonaviy iqtisodiy siyosatda ikki asosiy tamoyil: bir tomondan davlatni ochiq tipdagi iqtisodiyoti, ya’ni tashqi savdoni erkinlashtirishga o‘tish, ikkinchi tomondan jahon bozoridan ajralgan unsurlarni saqlab qolish, ya’ni proteksionistik chora-tadbirlarni amalga oshirish tamoyillari mavjudligini qayd etib o‘tish kerak.

Bundan tashqari erkin savdo siyosatining yuqorida aytib o‘tilgan xususi- yatlari hozirgi vaqtlarda erkin iqtisodiy zonalarning bir ko‘rinishi sifatida keng tarqalgan offshor zonalarning yaratilishi va ularning boshqarish faoliyatida kuzatiladi.

Eksport tovarining raqobatbardoshligini quyidagi omillar belgilab beradi:



  • iste’mol xususiyatlari;

  • texnologik ko‘rsatkichlar, avvalo: tayyorlash sifati, texnik darajasi, ishonchliligi, uzoq muddat xizmat qilishi, qulayligi, xavfsizligi, foydalanishda uzluksizligi, hajmi, dizayni, sotuv narxi, jozibador servis xizmati, imte’mol qiymati (ekspluataqiya, ta’mirlash va saqlash xarajatlari).

  • Bunda tovar raqobatbardoshligi nafaqat uning bozor talablariga mos kelishini, balki raqobatchilarning o‘xshash tovarlariga qarshilik qilish qobiliyatini ham anglatadi. Vaqti-vaqti bilan tovarning amaldagi va istikboldagi raqobatbardoshligini baholab o‘tish, uni kelgusida eksport uchun ishlab chiqarish haqida qaror qabo’l qilish, tovarni bozor uchun yangilikka aylantirish maqsadida modernizaqiyalash yoki yangi tovar bilan almashtirish talab qilinadi

Xalqaro savdoda tovarni eksport qiluvchi yuqori sifatli, joriy va istiqboldagi talablarga javob beruvchi, uning nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi raqobatbardosh tovarni yaratish yo‘li bilan o‘zida etakchilik psixologiyasini rivojlantirishi lozim. Eksportbop tovar raqobatbardoshligini iste’mol xususiyatlariga birinchi navbatda aniq belgilangan yo‘nalish yuqori texnik daraja, tayyorlash darajasi, ishonchlilik, oddiylik, hajm va chiroyli dizayn, sotuv narxi, jozibador servis xizmati, iste’mol qiymati kabilarni kiritish mumkin.

Hozirda bir qator obro‘li xalqaro tashkilotlar, masalan, Jahon savdo tashkiloti yoki Savdo va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi kabilar tashqi savdoda cheklashlar va to‘siqlarni olib tashlashni faol qo‘llab- quvvatlamoqdalar.



Mamlakatni tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish va tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini joriy etishga undovchi omillar deb quyidagilarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

  • iqtisodiyotning yangidan shakllanayotgan sohalarini kuchli xalqaro kompaniyalar hujumidan himoyalash;

  • diskriminaqion savdo siyosatini olib borayotgan mamlakatlarga yoki kompaniyalarga javob tariqasida demping va xorijiy raqobatning usullari bilan kurashish;

  • budjetning daromad qismini ko‘paytirish.

  • jahon bozori kon’yukturasidagi tebranishlarning milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish. Bu omil xom ashyo va tabiiy resurslar eksport qiluvchi mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi.

  • Iqtisodiy faoliyat amaliyotida tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bojxona bojlari hisoblanadi. Bojxona boji iqtisodiy mohiyati jihatidan, tovar davlat chegarasidan o‘tayotganda olinadigan maxsus pul yig‘imi, soliqni bildiradi. Bojxona bojlari ko‘rinishlarining turli-tumanligi ularning tovar oqimlarini tartibga solish jarayonida bajaradigan funksiyalarining nihoyatda keng ko‘lamliligi bilan izohlanadi. Bojxona bojlari joriy etishdan asosiy maqsad: budjetning asosiy qismini ko‘paytirish va g‘irrom raqobat bilan kurashishdir. Shuning uchun ham savdoga ta’sir o‘tkazishning bu usulidan hozirgi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida foydalanilmoqda.

  • Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikaqiya qilish, ularni import eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikaqiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning eksport saloxiyatini oshirishda muhim omil bo’lib kelgan va hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo’llar bilan foydalanish mumkin:

  • ishlab chiqarish va mehnatni mexanizaqiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mexanizaqiyalashtirish;

  • asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;

  • progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;

  • xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;

  • ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.

Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va istaklarning o’zigina yetarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan yo’nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslar (investiqiyalar) izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog’lash”, to’rtinchidan, o’z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi.

Fan-texnika taraqqiyoti so’nggi paytlargacha evolyuqion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy e’tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi.

Yangi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari “ekspluatorlik belgisi” sifatida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizaqiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabo’l qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo’l qo’yilmas edi.

Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o’zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so’nggi avlod texnikasiga o’tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. SHu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq bo’lmish universitetlar, ilmiy markaz va laborotoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o’rinlarda turishi ham bejiz emas.

Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya’ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin.

Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta ta’kidlashga ehtiyoj yo’q: birinchidan, bozor “vakuumni”, harakaqizlikni, xo’jasizlikni va yo’qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o’z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo’lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. SHu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida tejamkorlikka rioya qilish har bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi.

Korxonalar eksport saloxiyatini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o’ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va xo’jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o’rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - konqentraqiya, ixtisoslashtirish, kooperaqiya va kombinaqiya qilishni kiritish mumkin.

Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag’batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoliyatining butun xo’jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona rahbarining ish stili va usullari fan-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va professional malakasiga ko’ra, oddiy xodimlar va bo’linma (xizmat) rahbarlaridan yuqori turishi lozim. Aks holda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi hamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo’lishi qiyin.

Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko’rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda zamonaviy kompьyuter texnikasi va uning reja iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi.

Korxona faoliyatining samarali bo’lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan foydalanish orqali erishiladi.

Milliy iqtisodiyotimizning rakobatbardoshligini oshirish hamda korxonalar eksport saloxiyatini mustaxkamlashda mahsulotlar sifatini ta’minlash buyicha xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muxim a hamiyat kasb etadi. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PK-4059-sonli karorida bu borada jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirish kuzda tutilgan va tizimni rivojlantirish buyicha “yul xaritasi” tasdiklangan. Mazkur karorda standartlashtirish soxasidagi normativ xujjatlarni xalkaro talablar bilan uygunlashtirish darajasini xozirgi 10,7 %dan 2023 yilga borib 80 %ga yetkazish kuzda tutilgan.

Maxsulot sifatini oshirish har qanday korxona oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. CHunki bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimda korxonalarning iqtisodiy samaradorligi darajasini kup jixatdan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi belgilab beradi. Xozirgi kunda mahsulot sifatini oshirish masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Buni ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va jamiyat nuqtai-nazaridan yondoshib quyidagi omillar bilan izoxlash mumkin:

Birinchidan, fan-texnika taraqqiyoti natijasida mahsulotlar sifatiga quyilayotgan talab darajasi keskin oshmoqda. Ayniqsa inson qivilizaqiyasi rivojlanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish darajasining oshishi natijasida iste’molchilar didi va talabida butunlay yangicha yondoshuv vujudga kelmoqda. Yuqori sifatli mahsulotni iste’mol qilish iste’moldan qoniqish darajasini va uning foydaliligini ortishi bilan xarakterlanadi.

Qayta ishlash sanoati esa qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yaroqliligi, resurs sarfi darajasi, ekologik xavfsizligi, tashish va saqlashga qulayligi, tayyor mahsulot chiqish darajasi, tolaning pishiqligi, mustaxkamligi kabi bir qator sifat kursatkichlariga e’tibor qaratadilar.

Ikkinchidan, ichki va tashqi bozorlarda vujudga kelayotgan keskin raqobat muxiti sharoitida “yashab qolish” uchun mahsulot sifati eng zarur shartlardan biriga aylanmoqda.

Uchinchidan, keyingi paytlarda korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati faollashib bormoqda va mahsulotni tashqi bozorlarda eksport qilish odatiy xolga aylanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarga qishloq xujaligi mahsulotlari eksport qilishning uziga xos qiyinchilik tomonlari mavjud. Bu birinchi navbatda ularning mahsulot sifatiga quyadigan yuqori talablari bilan bogliq. Jaxon bozorida urin egallash uchun boradigan qattiq raqobat kurashi mahsulotlar sifatini doimiy oshirib borishni talab etadi.

To’rtinchidan mahsulot sifatini oshirish korxonalarning mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflaydigan resurslar sarfi samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yuqori sifatli mahsulotlarni sotish narxlari baland bo’lishi realizaqiyadan yalpi pul tushumi, sof daromad va foyda darajasining oshishiga va oqibat natijada rentabellik kursatkichlarining usishiga olib keladi. Yuqori sifatli mahsulot omborlarda uzoq yotib qolmasligi tufayli tovar-moddiy zaxiralar aylanishi tezligini oshirib, korxonaning tulovga qobilligi ko’rsatkichlarini yuksaltiradi.

Beshinchidan mahsulot sifatini oshirish umumdavlat va jamiyat mikyosida ham manfaatlidir. Xususan, buni mamlakatdagi yalpi talab va taklif xajmi oshishi, eksport imkoniyatlari kengayishi va valyuta tushumi ortishi, axoli extiyojlarining tularok kondirilishi, fan-texnika tarakkiyoti tezlashishi va boshka bir kator omillarda ko’rish mumkin. SHu sababli davlat boshqaruv organlari mahsulot sifatini ta’minlashga aloxida e’tibor karatadilar. SHu maqsadlarda mahsulot sifatini standartlashtirish va sertifatlashtirish bo’yicha maxsus qonunlar va hukumat qarorlari, davlat standartlari ishlab chiqiladi. Bu standartlar davlat organlari va iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish bo’yicha jamiyatlar tomonidan qattiq nazorat ostiga olinadi.

Albatta, yuqorida keltirib o’tilgan omillardan foydalanish ma’lum bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyati va ahamiyatini o’zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o’z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o’zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o’z o’rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo’lishini ta’minlaydi.

XULOSA

O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishining asosiy maqsadi nafaqat o’sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar saloxiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlan­tirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat. Strategik yo’nalish sanoatning eksportga yo’naltirilgan tarkibini vujudga keltirish va eksportda xom-ashyoga nisbatan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar chiqarish ulushini oshirish hisoblanadi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tatbiq etish doirasida tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish va kengaytirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.Faqatgina joriy yilning o‘tgan davrida 360 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi, 120 dan ortiq yangi mahsulotlarning eksport qilinishi o‘zlashtirildi, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, yengil avtomobillar va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarning eksport hajmlari sezilarli darajada ortdi. Iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning yangi bosqichida korxonalar eksport salohiyatini oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqobatbardosh mahsulot turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport tarkibida xomashyo mahsulotlarining emas, balki chuqur qayta ishlangan tayyor mahsulotlar ulushi ustuvorligini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi, tashqi savdo subyektlarini turli yo‘llar bilan rag‘batlantirilishi mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirishda muhim o‘rin tutib, pirovard natijada ishlab chiqarish samaradorligining muttasil oshib borishi va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarilgan mahsulot eksportining o‘sishi ichki bozorning mazkur sektor mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, mahsulotni chetga chiqarishni rag‘batlantirish esa, taklif hajmining o‘sishiga olib keladi, ya’ni mahsulot eksportining o‘sishi ichki bozorda taqchillikni keltirib chiqarmaydi.

Mavzuning dolzarbligini e’tiborga olgan xolda ushbu kurs ishida ham korxonalar eksport saloxiyatini oshirish masalalari nazariy jihatdan yoritildi. Ish 3 rejadan iborat bo’lib ularda mamlakat iqtisodiyotida eksport saloxiyatini oshirishning o’rni, ushbu faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslari, eksport saloxiyati tushunchasining mazmun moxiyati, eksport saloxiyatiga ta’sir etuvchi omillar nazariy jixatdan yoritib berildi.

Xulosa qilish mumkinki korxonaning eksport saloxiyatini oshirish quyidagi yo’nalishlardagi faoliyatni ko’zda tutadi :



  • iqtisodiyotimizni diversifikaqiyalash va modernizatsiyalash;

  • mamlakatga investiqiyalar oqimini oshirish va ulardan oqilona foydalanish ;

  • inson omilini, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash vazifasini o‘z zimmasiga olishi lozimligini bildiradi;

  • eksport salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida uzoq bo‘lmagan mud- datga subsidiyalar kirishi, eksportni rag‘batlantirishning eng qulay shakli erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi;

  • qulay iqlim sharoitlari va aholining an’anaviy malakalaridan mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirishda keng foydalanish zarur.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki, mamlakatimizda xususan o’rganilgan korxonada sanoat eksportini oshirish bo’yicha ulkan imkoniyatlar mavjud bo’lib agar ushbu imkoniyatlardan va Respublikamiz tomonidan sanoat korxonalariga yaratib berilgan imtiyozlardan samarali foydalanilsa albatta sanoat mahsulotlari eksport salohiyati bo’yicha O’zbekiston Respublikasi yetakchi davlatlar qatorida bo’ladi.




Download 211,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish