Mikroiqtisodiyoti


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 211,45 Kb.
bet3/11
Sana17.07.2021
Hajmi211,45 Kb.
#121752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamdamova (1)

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

4.Kurs ishni bajarish grafigi






Ishningnomi

Ishnibajarishmuddati

Bajaranligi

To’risidagi



Belgi

Boshlanishi

Tugashi

1

Al- Farg’oniy nomli va FarPI axborot resurs markazlarida (ARM) mavzu bo’yicha adabiyotlar yig’ish.










2

Ishning rejasini tuzish










3

Birinchi rejasini tayyorlash va yozish.










4

Ikkinchi rejasi ni tayyorlash va yozish.










5

Uchinchi rejasini tayyorlash va yozish.










6

Xulosa qismini tayyorlash va yozish.










7

Adabiyotlarni rasmiyashtirish










8

Ilovalarni rasmiylashtirish










9

Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga taqdim etish.








Topshiriq berilgan sana: 10.03.2020

Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: 30.03.2020

Kurs ishi rahbari: _____________ To’ychiyeva O

Topshiriqni oldim : ____________

Kafedra mudiri ____________ Muminova E.



MUNDARIJA



KIRISH

3

1.

Mahsulotlarni eksport qilishning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va huquqiy me’yoriy asosalari




2.

Korxonalar eksport salohiyatining mohiyati




3.

Mahsulot eksportiga ta’sir etuvchi omillar




XULOSA




FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI





KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach o’zinig rivojlanish yo’lini belgilab oldi. Mamlakatimiz xalqaro maydonda faol iqtisodiy, siyosiy aloqalarga kirishdi. Bunda savdo aloqalari muhim o’rin egalladi. Dastlab sanoatda tayyor hom ashyo eksport qilindi. Oldimizda turgan dolzarb muammo bu eksportdagi hom ashyo ulushini kamaytirish va tayyor mahsulot eksportini yo’lga qo’yish, sanoat sohalarini butunlay diversifikaqiyalash, eksportbop mahsulotlar turi va sifatini oshirish va bu orqali mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hisoblandi.

Milliy iqtisodiyotimiz uchun 2017-yil kuchli burulish yili bo’ldi desak mubog’ala bo’lmaydi. Chunonchi ushbu sohada yangi qaror, loyihalar va islohatlar amalga oshirildi. Ushbu chora tadbirlar natijasini biz YAIM tarkibida sanoat mahsulotlari keskin ijobiy ta’rafga o’zgarishida ko’rishimiz mumkin.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tatbiq etish doirasida tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish va kengaytirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.  Faqatgina joriy yilning o‘tgan davrida 360 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi, 120 dan ortiq yangi mahsulotlarning eksport qilinishi o‘zlashtirildi, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, yengil avtomobillar va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarning eksport hajmlari sezilarli darajada ortdi. 2017-yil sentabr oyida milliy valyutamizni AQSH dollariga erkin konvertaqiya bo’lishi ham ushbu sohada yana bir qadam bo’ldi. Bo’larning barchasi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur”1. Ya’ni mahsulotlarizga barqaror narx belgilash hozirda biz uchun muhimdir. Chunki eksport qilinayotgan mahsulotlarimiz birinchi navbatda narx bo’yicha ustunlik qilishi ham kerak.

Yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida quyidagi vazifalar belgilab berildi: ”Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investiqiya loyihalarini puxta shakllantirishimiz. Shular asosida eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovaqion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yaratishimiz kerak”2.



Ushbu islohatlar natijasini biz statistik ko’rsatkichlar orqali ham ko’rishimiz mumkin: Hukumatimiz tomonidan sanoat mahsulotlarini yaratish va ularni ekspoti uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi natijasida YAIM tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 2018-yil natijalariga ko’ra 10.6% bilan ijobiy o’sish qayd etildi. Lekin O’zbekiston Respublikasining to’lov balansining joriy operaqiyalar qismi manfiy saldoda chiqib bunga mahsulotlar eksporti ularning importidan kamligi mamlakatda faoliyat olib borayotgan korxonalar eksport salohiyatini oshirishni dolzarb masala qilib qo’ymoqda. Ushbu ko’rsatkichning yaxshilanishi mamlakatda eksport salohiyatini oshirishga, importni esa keskin kamaytirishga, mamlakatga pul oqimini ko’paytirishga, pulning qadrsizlanishi kamayishiga, aholi turmush darajasi yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatadi.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning real sektorini, rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, Respublikamizda sanoat siyosatini amalga oshirish natijalari xozircha tashqi iqtisodiy faoliyatda o’z natijalarini ko’rsatmayapti. Mustaqillik yillarida MDX davlatlari orasida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 5-chi o’rindan 3-chi o’ringa (Rossiya va Ukrainadan keyin) chiqqaniga qaramasdan, tashqi savdo aylanmasi bo’yicha hamon 5-chi o’rinda qolmoqda. Dunyodagi mehnat resurslarining 0,33% iga ega bo’lgan xolda 0,5% agrar, 0,1% sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan xolda Respublikamiz butun dunyo eksport hajmining atigi 0,06% ini beradi. O’zbekiston eksport strukturasida xom ashyo tovarlarining ustunligi Respublikamiz tashqi savdosini jahon bozorida bir yoqlama bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Oxirgi yillarda paxta va oltinga nisbatan jahon narxlarining tushib ketishi Respublikamiz tashqi savdo aylanmasini qisqarishiga olib keldi. Bizning an’anaviy tovarlarimizni sotishdan olinadigan valyuta tushumlarining qisqarishi ilgor texnologiyalarni, komplektlovchi, butlovchi qismlarni sotib olish bilan ham tavsiflanib, o’z navbatida iqtisodiyotning real sektorini, to’qimachilik tarmogini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xom ashyo assortimentidagi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish iqtisodiyotning ko’pchilik ishlab chiqaruvchi tarmoqlari, shu jumladan to’qimachilik tarmogi uchun ham xosdir.

Mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilishning umumiy tarkibini yakuniy iste’molga tayyorlik darajasi bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak xom ashyo (paxta tolasi, yuvilgan jun, ishlov berilgan teri), yarimfabrikatlar (ip, xom surp, mato) va yakuniy mahsulot (gazlama, tikuvchilik trikotaj buyumlari, poyafzal) ning umumiy hajmida xom ashyo salmogining yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ana shu muammolarning yechimini izlab topish bugungi kunnig dolzarb masalalaidan hisoblanadi. Ushbi bitiruv kurs ishida ham to’qimachilik korxonalari eksport saloxiyatini oshirish masalalari nazariy va amaliy jixatdan yoritib beriladi.

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi korxonalarning eksport salohiyatini oshirishning nazariy va amaliy jixatlarini yoritishdan iborat.

Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • korxonaning eksport salohiyatini oshirish zaruriyati va a hamiyatini yoritish;

  • korxona eksport saloxiyatiga ta’sir etuvchi omillarni tavsiflash;

  • korxona eksport salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini yoritish;

.


Download 211,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish