Chin achitqilar oilasi ikki guruhga bo'linadi: madaniy
achitqilar va yovvoyi achitqilar. Madaniy achitqilar non yopish, vino
tayyorlash korxonalarida ishlatiladigan achitqilardan iborat bo'lib,
Saccharomyces turkumiga kiradi. Ular yirik, yumaloq yoki
cho'zinchoq bo'lib, kurtaklanish yo'li bilan ko'payadi. Hujayralarda
zapas oziq modda - glikogen (hayvon kraxmali) bor. Achitqi
hujayralaridagi glikogenni aniqlash uchun "ezilgan" tomchi preparati
quyidagicha tayyorlanadi: buyum oynasiga suv o'rniga Lyugol
eritmasidan bir tomchi tomiziladi, unga achitqilarni aralashtirib,
qoplag'ich oyna yopiladi. Achitqi hujayralaridagi glikogen donalari
qizg'ish-qo'ng'ir tusga kiradi. Pivo yoki xamir achitqilari bilan
tanishish uchun quruq mazok tayyorlanadi. Preparat metilen ko'ki
bilan bo'yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |