yuboriladi. Uchinchi usulda, koz muguz pardasi qirqilib, tekshirish
materiali shu qirqilgan joyga yuboriladi.
107
Laboratoriya hayvonlarini yorish
Olgan hayvonlarni yorib organish hayvon organizmidagi
ozgarishlar xususiyati qozgatuvchining organizmda tarqalishi, uning
joylashishi va bakteriologik tekshirishlar olim sabablarini aniqlashga
yordam beradi. Ayrim hollarda kasallanib olmagan hayvonlarni ozimiz
oldirishimizga togri keladi, buning bir necha usullari mavjud. Eng
kop qollaniladigan usullardan biri hayvonni ogzi yaxshi yopiladigan
idishga solish va unga efir yoki xloroformga namlangan paxta tashlashdir.
Shunda hayvon bir necha daqiqa ichida nobud boladi. Bundan tashqari,
yana quyidagi usullar ham qollaniladi: sichqon va mayda hayvonlarning
boshi kesib tashlanadi, quyonlarning yuragi yoki venasiga havo
yuborilib, emboliya hosil qilinadi.
Y o r i s h . Hayvonlarni yorish alohida xonalarda, maxsus stollarda
olib boriladi. Stolda hayvonni yorish uchun barcha steril asboblar:
qaychi, skalpel, pinset, shpris ignasi bilan, spirt lampasi, spirt,
paxta, paxta tampon, bakteriologik qovuzloq piðetka, buyum oynacha-
lari, Petri kosachasi va probirkalarda oziqa muhiti (oziqa muhiti
qozgatuvchining turiga qarab tanlanadi) va boshqalar bolishi lozim.
Òajriba boshlanishidan oldin tana yorilib, undagi ozgarishlarning
barchasi bayonnomalashtirilishi lozim. Bayonnomada hayvonning turi,
tartib raqami, zararlash yoki yorish vaqti, tekshirish materiali,
hayvonning nobud bolgan vaqti, kuzatilgandagi ozgarishlar va bosh-
qalar yoziladi.
Yorish bir qancha bosqichlarda olib boriladi:
1) hayvonni fiksatsiyalash;
2) tashqi korinishini kuzatish;
3) yorish va kokrak qafasini kuzatish;
4) qorin boshligini yorish va kuzatish.
Fiksatsiya. Hayvon qorni yuqoriga qilib yotqiziladi, oyoqlari
tort tomondagi halqa yoki ilgichga mahkamlanadi va tortiladi.
Òashqi korinishni kuzatish. Dezinfeksiyalovchi moddaga
namlangan paxta bilan hayvonning tanasi artiladi. Òerining korinishi
kuzatiladi va qindan iyagigacha orta chiziq boyicha yoriladi. Buning
uchun qollaniladigan asboblar artiladi, yondiriladi va almashtirib
turiladi. Pinset yordamida teri ushlanib, skalpel bilan qirqib teriosti
kletchatkasidan ajratiladi. Òeri, qoltiqosti va chot bezlari, teriosti
yoglari, tomirlarining kengayganligi, qon quyilishlar, yiringli
ochoqlar va boshqalar belgilanadi. Agar ozgarishlar bolsa, surtma
tayyorlanadi va maxsus oziqa muhitiga ekiladi.
Kokrak qafasini yorish. Kokrak suyagi ikki tomondan qovurga
ulangan togay boyicha kesiladi va kokrak suyagi olib tashlanadi. Opka,
108
yurakning rangi, kattaligi, konsistensiyasi tekshiriladi. Agar ozgarish-
lar bolsa, oziqa muhitiga ekiladi va ozgargan qismidan surtma
tayyorlanadi. Opkadan bir bolak kesib olib suv solingan bankaga
solinadi, agar opka soglom bolsa, suv yuzasiga qalqib chiqadi,
kasal opka esa chokadi. Yurakdan qon olinib oziqa muhitiga ekiladi.
Qorin boshligini yorish. Òeri kotarilib qindan diafrag-
magacha, songra ikki yoniga qarab kesiladi. Qorin boshligidagi barcha
ozgarishlar kuzatiladi. Ozgargan azolardan olib oziqa muhitiga
ekiladi, surtma preparat va surtma tamga preparati tayyorlaniladi.
Hayvon yorib bolingandan song stol yaxshilab tozalanadi. Hayvon
maxsus idishga (masalan, chelakka) solinib, javobgar shaxs ishtirokida
yondiriladi yoki avtoklavda zararsizlantiriladi. Agar hayvon jasadini
zararsizlantirishning iloji bolmasa, dezinfeksiyalovchi moddaga solib
qoyiladi. Òaxta yoki stol spirt bilan artib zararsizlantiriladi. Asboblar
dezinfeksiyalovchi eritmalarda zararsizlantirilib, keyin 3040 daqiqa
sterilizatorda qaynatiladi. Sporali kultura bilan ishlanganda avtoklavda
zararsizlantiriladi. Ekilgan muhitlar termostatda qoldiriladi.
Mikrobiologiya amaliyotida hayvonlardan donor sifatida ham foydala-
niladi. Qon va qon zardobi oziq muhit ingrediyenti sifatida, shuning-
dek, emlangandan song immunologik xossasini aniqlashda qollaniladi.
Kopincha quyon, dengiz chochqachasi, bazi hollarda sichqon va kala-
mushlar, yirik shoxli hayvonlardan ot, qoy, buqa qonlari keng qollaniladi.
Hayvonlardan qon olish usullari
Quyonlarning quloq venasidan, kalamush va sichqonlarning dum
venasidan, dengiz chochqachalarining yuzaki venalari yaxshi
rivojlanmaganligi sababli yuragidan, yirik hayvonlar (ot, qoy)ning
boshi va yuragiga boradigan kok tomirdan qon olinadi. Quyonning
qulogidan qon olish uchun quloq yungdan tozalanadi, zararsizlan-
tiriladi, barmoq bilan urib yoki issiq suvga namlangan paxta bilan
artib, quloq venasi quloq pastidan siqilib qizartirib olinadi. Songra
tajriba olib boruvchi odam bosh va korsatkich barmogi bilan quloqning
pastki qismidan ushlaydi va shprissiz ignani kiritadi, qonni probirkaga
oladi. Igna chiqarilib spirt yoki yod bilan igna chiqarilgan joy zararsiz-
lantiriladi. Sichqon yoki kalamushlardan qon olish uchun uning dumi
kesiladi, undan oqqan qon probirkaga yigiladi yoki piðetkaga sorib
olinadi. Qonni toxtatish uchun vodorod peroksid yoki spirt alangasiga
kuydiriladi. Yurakdan qon olish uchun hayvon gorizontal holda
yotqizilib, fiksatsiya qilinadi. Yungi olinadi, zararsizlantiriladi, chap
qol barmogi bilan urayotgan yurak topiladi va shu yerga igna kiritiladi.
Agar igna yurakka kirsa, shprisga qon oqadi. Olinadigan qon miqdori
hayvon turiga va ogirligiga bogliq boladi (9-jadval).
109
9-jadval
Laboratoriya hayvonlaridan olinadigan qonning
maksimal miqdori
i
r
u
t
n
o
v
y
a
H
g
n
i
n
r
o
n
o
D
a
h
c
a
t
r
o
g
,i
g
il
r
i
g
o
a
d
.l
m
,i
r
o
d
q
i
m
n
o
Q
n
o
q
i
g
r
a
f
a
s
r
i
b
a
d
h
s
i
r
a
q
i
h
c
i
n
n
o
q
a
m
m
a
h
a
d
h
s
i
r
a
q
i
h
c
n
o
y
u
Q
0
0
0
4
0
0
0
3
0
3
5
2
0
5
1
0
3
1
z
i
g
n
e
D
i
s
a
h
c
a
q
h
c
o
h
c
0
0
5
0
0
4
2
1
0
1
0
5
0
4
h
s
u
m
a
l
a
K
0
0
2
0
5
1
5
3
8
6
Hayvonlardan bir safar qon olinganda unga tana haroratigacha
isitilgan fiziologik eritma yuboriladi, uning miqdori olingan qon
miqdoriga bogliq boladi. Hamma qon uyqu arteriyasidan chiqariladi.
Bunda hayvon gorizontal holda yotqizilib, unga efir hidlatiladi, shun-
dan song boyin qismi zararsizlantirilib, uyqu arteriya topib kesiladi
va qon steril idishga olinadi. Yurak va boshqa azolar uqalanganda,
qoshimcha qon chiqadi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki,
bunda hayvon nobud boladi.
Qonga ishlov berish va uning tarkibiy
qismlarini ajratib olish
Fibrinsiz qon tayyorlash. Olingan qon shisha munchoq solingan
kolba yoki bankaga solinadi va 1520 daqiqa chayqatiladi. Bunda fib-
rin quyuqlashgan holda munchoqqa yopishadi. Fibrindan tozalangan
qon alohida steril idishga solinadi.
Sitratli qon tayyorlash. Qonga uning ivishi oldini oluvchi modda
5 % li sitrat eritmasi 1:10 (10 ml qonga 1 ml natriy sitrat eritmasi
hisobida) qilib aralashtiriladi.
Plazma olish. Plazma sitratli qondan olinadi. Qon sentrifugalanadi
yoki muzlatkichda 1820 soatga qoldiriladi. Natijada chokma ostida
sariq rangli suyuqlikplazma hosil boladi.
Qon zardobini ajratib olish. Qon 1 soatga xona haroratida yoki
termostatda (37°C da 30 daqiqaga) ivishi uchun qoldiriladi.
Hosil bolgan quyuq modda probirka devoridan piðetka yoki
qovuzloq yordamida olib tashlanadi. Probirkani muzlatkichda 1 soatga
110
(48 soatdan oshmasligi lozim) quyuq moddalardan tozalashga
qoldiriladi. Vaqt otgach, probirkadagi zardob alohida steril idishga
ajratib olinadi. Zardob tiniq bolishi lozim.
Eritrotsit osilmasini tayyorlash. Qon 1520 daqiqa davomida 2000
3000 aylanma tezlikda sentrifugalanadi. Eritrotsitlar chokmaga tushadi,
uning ustiga sargish-qizil xloridning izotonik eritmasi quyiladi, yana sentrifuga
qilinadi. Eritrotsitlarni bunday yuvish 23 marotaba, toki chokma ustidagi
suyuqlik tiniqlashguncha takrorlanadi. Oxirgi toza suyuqlik tokilib, eritrotsit
eritmasi qoldiriladi, buni 23 kun qollash mumkin. Eritrotsitlarni uzoq
vaqt qollash uchun ularni formalin bilan qayta ishlash lozim. 50 % li
osilma olish uchun bir qism eritrotsitga ikki qism pH i 7,2 bolgan bufer
eritma, shuncha miqdorda 3 % li formalin eritmasi quyiladi. Hosil bolgan
eritma suv hammomida 37°C da 23 soat ushlanadi. Har 1520 daqiqada
chayqatib turiladi, song termostatda (20 soat 37°C da) ushlanadi. Ertasi
kuni probirkani termostatdan olib xuddi shu eritma bilan sentrifuga
qilinadi, chokma ustidan suyuqlik tokib tashlanadi. Chokmaga yana
bufer eritma solinadi, usti mahkam yopilib, 4°C da saqlanadi.
1. Biologik usul deb nimaga aytiladi?
2. Laboratoriya hayvonlarini tanlashda nimaga etibor berish lozim?
3. Òajriba uchun qanday bolimlardan foydalaniladi?
4. Vivariy qanday bolimlardan iborat va ular qanday talablarga javob
berishi lozim?
5. Laboratoriya hayvonlari qanday belgilanadi?
6. Siz hayvonlarni qanday zararlash usullarini bilasiz?
7. Laboratoriya hayvonlari qaysi usulda yoriladi?
8. Laboratoriya hayvonlarini yorish qanday bosqichlardan iborat?
9. Ishlatilgan asboblar qanday zararsizlantiriladi?
10. Laboratoriya hayvonlaridan qon qanday olinadi?
11. Hamma qonni chiqarish nima degani?
12. Sitratli qon, fibrinsiz qon, qon qismlaridan plazma, zardob,
eritrotsit osilmasi qanday olinadi?
11-bob.
IMMUNIÒEÒ HAQIDA ÒUSHUNCHA
Immunitet deb, organizmning barcha begona agentlar, shuningdek,
kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va ularning toksinlarini
yuqtirmaslik xossasiga aytiladi (lotin. immunitas biror nimadan
qutulish).
?
Nazorat uchun savollar
111
Organizmga genetik jihatdan begona agentlar antigenlar
tushganda, qator mexanizm va omillar tasirga otib, begona agentlarni
aniqlaydi va zararsizlantiriladi. Organizm himoya reaksiyalari ichki
muhitning gomeostaz doimiyligi buzilishiga qarshi kurashuvchi azo
va toqima sistemasi immunosistema deyiladi.
Immunologiya immunitet haqidagi talimot bolib, begona
moddalarga va mikroorganizmlarga, begona toqima va xavfli osmalarga
nisbatan organizmning reaksiyasini organadi. Immunologiya asosida
tabiat kuchi bilan boladigan kuzatishlardan odam ozini yuqumli
kasalliklardan suniy ravishda himoya qilish imkoni yotadi. Epidemiya
ochogida odamlarni kuzatish natijasida hamma ham kasallanaver-
maydi, degan xulosaga kelindi. Òoun bilan xastalanib tuzalgan bemorda
kasallik qaytarilmaydi, qizamiq bilan faqat bir marotaba kasallanadi,
sigir chechagi bilan kasallanganlar chinchechak bilan kasallanmaydi.
Malumki, qadimgi xalqlar ilon chaqishidan himoyalanish uchun
kesilgan teriga ilon zahari surtilgan osimliklarni boglaganlar, podadagi
mollarni yirtqich hayvon hamlasidan himoya qilish uchun kesilgan
teriga shu kasallik bilan ogrib olgan hayvon opkasi boglangan.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida suniy emlashni
birinchi bolib E. Jenner 1876-yili kashf etgan. L. Paster esa yuqumli
kasalliklarning suniy himoyalash qoidalarini ilmiy asoslab bergan.
U kuchsizlantirilgan qozgatuvchilar bilan zararlash organizmni shu
qozgatuvchi bilan qayta toqnashganda yuqmasligini isbotlab bergan.
L. Paster quturish va kuydirgi kasalliklaridan himoyalovchi preparat-
larni ishlab chiqqan. Keyinchalik I.I. Mechnikovning hujayra immuniteti
(fagotsitoz) va P. Erlixning (kasallik yuqmasligidagi) gumoral omillar
ahamiyati haqidagi ishlari immunologiyaning rivojlanishiga olib keldi.
Immunitetning asosiy turlari 10-jadvalda korsatilgan.
10-jadval
IMMUNITET TURLARI
Tugma immunitet (turlari)
Òabiiy
Orttirilgan
Faol Passiv
Faol Passiv
Suniy
X
X
X
X
X
X
X
X
112
Òugma immunitet turlari
Òugma (tur) immunitet bu berilmaslik xossasining mustahkam
va zamonaviy shakli bolib, chidamlilik omillari bilan nasldan naslga
otishiga asoslangan. Malumki, odam, yirik shoxli hayvonlar va it
tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bogma bilan kasallan-
maydi. Lekin tugma immunitet mutlaq emas, yani mikroorganizm
uchun noqulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xossasini
ozgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish,
avitaminoz, gormonlarning tasiri odam yoki hayvon uchun tegishli
bolmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish
yoli bilan ularga suniy ravishda kuydirgi qozgatuvchisini yuborgan
va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda, kuydirgi kasalligi
bilan kasallanmaydi.
Orttirilgan immunitet
Orttirilgan immunitet odam hayoti davomida orttiriladi, nasldan
naslga otmaydi.
Òabiiy immunitet. Òabiiy faol immunitet kasallik bilan ogrib
otgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Kopgina
hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa
kasalliklardan song yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda
immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (griðp, dizenteriya va b.).
Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari
hosil boladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qozgatuvchining
kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil boladi (maishiy,
turmish immunizatsiyasi).
Òabiiy passiv immunitet bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti
bolib, homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar
ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning
bu turi uzoq davom etmaydi, 68 oydan song yoqolib ketadi.
Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni
yuqumli kasalliklarga chalinmasligini taminlaydi.
Suniy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash)
natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan
yoki turli usulda oldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar
yuborilgandan song hosil boladi. Masalan, kokyotal, bogma,
chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan.
Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi, yani
qozgatuvchi va toksinlarga oldiruvchi tasir korsatuvchi modda
(antitelo) hosil boladi. Shuningdek, hujayra xossasining ozgarishi
113
mikroorganizmlar va ular ishlab chiqaradigan moddalarga tasir
korsatadi. Suniy faol immunitet sekin-asta, 34 hafta ichida hosil
boladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.
Suniy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborish
natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo,
zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil boladi va faqat
1520 kungacha saqlanadi, songra antitelolar parchalanib, orga-
nizmdan chiqib ketadi.
«Mahalliy immunitet» tushunchasini fanga A.M. Bezredko kiritgan.
U organizm toqimalari va alohida hujayralar malum moyillika ega,
deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qozgatuvchilari kiritish uchun
tosiq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning
birligi isbotlangan. Lekin alohida toqima va azolarning mikroorga-
nizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.
Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqara-
digan kasalliklardan song yoki vaksinat (kuchsizlantirilgan tirik yoki
oldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda,
hosil boladi.
Antitoksik immunitet bakteriyalarning zaharli toksinlariga
nisbatan hosil boladi.
Antivirus immunitet virusli kasalliklardan song hosil boladi.
Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq,
chechak va b.) boladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli
vaksinalar bilan emlangandan song hosil boladi. Bundan tashqari,
organizmni kasallik qozgatuvchisidan tozalanish davriga kora ham,
bolishimiz mumkin.
Steril immunitet kopgina qozgatuvchilar bemor tuzalganda,
organizmdan yoqoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet
deyiladi (qizamiq, chechak va b.).
Sterillanmagan immunitet infeksiya qozgatuvchining moyilligi
xojayin organizmida bolgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday
immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi.
Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda
kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklar yuqtirmasligi spetsifik va nospetsi-
fik himoya omillarida oz aksini topadi. Nospetsifiklik deb, organizmning
tugma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organizm
ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yoqotishga imkon beradi.
Spetsifik himoya omili organizm qozgatuvchisi yoki toksinlar
bilan toqnashganda hosil boladi, bu omillarning tasiri faqat shu
qozgatuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan boladi.
114
Organizmning nospetsifik himoya omili
Organizmni turli xil mikroorganizmlarning zaharlari tasiridan
himoya qiluvchi mexanik, kimyoviy va biologik omillari mavjud.
Òeri. Jarohatlanmagan teri mikroorganizmlarning kirishi uchun
tosiq bolib hisoblanadi. Bunda mexanik omillardan teri va yog bezlari
ajratmalari teridagi mikroorganizmni yoqotishga yordam beradi.
Kimyoviy omillarda ham ter (yog va ter) bezlari ajratmalari himoya
rolini bajaradi. Ular ozida bakteriotsid (bakteriyalarni oldirish)
xossasiga ega bolgan yog va sut kislotalarini saqlaydi. Biologik himoya
omillari teri normal mikroflorasining patogen mikroorganizmlarga
oldiruvchan tasiriga asoslangan.
Shilliq qavatlari. Òurli azolarning shilliq qavatlari mikroorganizm
kirishi uchun tosiq bolib hisoblanadi. Nafas yolining mexanik himoyasi
tebranuvchi kiðrikchalari bor epiteliylar yordamida amalga oshiriladi.
Yuqori nafas yoli epiteliy kiðrikchalarining harakati ogiz va burun
boshligi yonalishi boyicha mikroorganizmlarni harakatlanishiga
tosqinlik qiladi. Burun boshligidagi tukchalar ham bakteriyalarga
shunday tasir korsatadi. Aksirish va yotalish mikroorganizmlarning
chiqib ketishiga yordam beradi va aspiratsiya (nafas orqali organizmga
kirishi)ning oldini oladi. Koz yoshi, solak, ona suti va organizmdagi
boshqa suyuqliklar ozida lizotsim moddasini saqlaydi. U mikroorganizm-
larga oldiruvchi (kimyoviy) tasir korsatadi. Shuningdek, shilliq
qavatlarning normal mikroflorasi biologik himoya omili sifatida patogen
mikroorganizmlarga antagonist bolib hisoblanadi.
Yalliglanish mikroorganizmning begona zarrachalarga nisbatan
reaksiyasidir. Yalliglanishning sabablaridan biri organizmga infeksiya
qozgatuvchilarining kirishidir. Yalliglanishning yuzaga kelishi
mikroorganizmni oldirishga yoki ulardan ozod bolishga olib keladi.
Yalliglanish shikastlanish ochogida qon va limfa bezlarining
buzilishi bilan ifodalanadi. Bu haroratning kotarilishi, shish, qizarish
va ogriq bilan kechadi.
Nospetsifik himoyaning hujayraviy omillari fagotsitoz
Yalliglanish mexanizmining asoslaridan biri fagotsitoz bak-
teriyalarni yutish jarayoni hisoblanadi. Fagotsitoz jarayonini birinchi
bolib I.I. Mechnikov tariflagan. U fagotsitozni bir hujayrali amyoba-
larda organishdan boshlagan, amyobalar uchun fagotsitoz jarayoni
oziq-ovqatlarni hazm qilish tarzi hisoblanadi. Hayvonot dunyosi
rivojlanishida bu jarayonning turli bosqichi kuzatilgan. I.I. Mech-
nikov odamda fagotsitozning maxsus hujayralarini aniqlagan. Ular
yordamida bakteriyalar yoqotiladi, qon quyilish ochogida olik
hujayralar shimiladi va h.k.
115
Organizmdagi turli xil hujayralar (leykotsitlar, qon tomirlaridagi
endoteliy hujayralari) fagotsitar faollikka ega. Bunday faollik harakat-
chan polimorf yadroli leykotsitlarda, qondagi monotsitlar va
makrofag toqimalarda, suyak komigida namoyon boladi. Barcha bitta
yadroli fagotsit hujayralar monokular fagotsit sistemasi (MFS) ga
kiritildi. Fagotsitoz hujayra lizosomalarida 25 dan ortiq gidrolitik fer-
menlar va oqsillar mavjud. Ular antibakterial xususiyatga ega.
Fagotsitoz bosqichlari
1-bosqich.Yaqinlashish bosqichi. Fagotsit obyektiga (begona
moddaga) oxirgi kimyoviy tasirot hisobiga yaqinlashadi. Bunday
harakat musbat xemotaksis deb ataladi.
2-bosqich.Yopishish bosqichi mikroorganizmlar fagotsitga yopishadi.
3-bosqich.Yutish bosqichi. Mikroorganizmlar hujayrasi begona
moddalarni yutadi, fagosomalarni hosil qiladi.
4-bosqich. Nobud bolish bosqichi. Fagolizosomalar hosil bolishi,
fermentlar va bakteriotsid oqsillar ularga tushishi natijasida qozgatuv-
chilar nobud boladi va hazm qilinadi.
Mikroorganizmning nobud bolshi bilan tugallanadigan jarayon
tugallangan fagotsitoz deyiladi. Lekin ayrim mikroorganizmlar fagotsit
ichida nobud bolmaydi, balki ular bolinib kopayadi. Bularga
gonokokklar, sil mikobakteriyalari, brutsellalar kiradi. Bunday jarayon
tugallanmagan fagotsitoz deyiladi. Bunda fagotsitlar nobud boladi.
Boshqa fiziologik funksiyalar singari fagotsitoz organizmning holatiga
MNS (markaziy nerv sistemasi)ning boshqarish ahamiyatiga, yoshga,
ovqatlanishga bogliq.
Leykotsitlarning fagotsitoz faoliyati kopincha yuqumli bolmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |