Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet244/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Patogenligi. Tabiiy sharoitlarda qo'y, echki, yirik shohli hayvonlar, cho’chqa, ot, quyon, tovuq, o'rdak, g'oz, indyuk, kemiruvchilarning har xil turlari, tovushqon, yumronqoziq, kalamush, sichqon, dengiz chuchqalari, suv kalamushlari, tulki, yenot, olmaxon, mushuk, itlar, maymunlar kasallanadi. Kasallikni tajribada o'rganish uchun quyon va sichqonlar juda qulay bo'lib, ularga virulentli listeriyalarni qon tomiriga yoki qorin bo’shlig'iga, sichqonlarga esa terisi ostiga yuborgandan keyin ham ular kasallanib o'ladi. 0,000003 dan 0,2 ml gacha sutkali shakarli bulondagi kulturasini inyeksiya qilganda ushbu hayvonlarni 1-5 kundan (ba'zan 10-14) keyin o'ldiradi. Dengiz cho’chqalarda kasallik chaqirish uchun katta dozada ularga listeriyalarni yuborish kerak. Listeriyalar neyrotoksin, gemotoksin va qator tarqatuvchi faktorlar hosil qiladi.
Toksigenligi. Listeriyalar kultural suyuqlikga makrofag kulturalarining sitolizini paydo qiluvchi lipolitik faktor ajratadi. Shuningdek termolobil gemolizin ajratadi, qaysi-ki sistein bifan faollashishi natijasida kabutar, quyon, dengiz cho'chqasi, ot eritrositlarini gemolizga uchratadi. Mikrob hujayrasi parchalanganda endotoksin ajralib, hayvon va odamlarda xarakterli o'zgarishlarni paydo qiladi.
Patogenezi. Listeriyalar organizmga har xil yo'llar bilan kirishi mumkin. Tabiiy sharoitlarda ko'proq quyidagi yo'llar bilan qo'zg'atuvchi organizmga kiradi - burun va og'iz bo'shliqlarining shilimshiq qavatlari, kon'yunktiva, hazm trakti, nafas yo'llari va shikastlangan teri orqali.
Listeriyalaming organizmda tarqalish yo'llari, shuningdek kasallikning kechishi shakllari zararlash usullariga bog'liq ekanligini qator tajribalar natijasida aniqlangan. Listeriyalar tashuvchanlikni paydo qilishi, mahalliy jarayonlarning va sepsisning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kasallikning u yoki bu shaklini, paydo bo'lishi bir tarafdan mikrobning virulentligiga, dozasiga, zararlash yo'llariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi shikastlangan teri orqali.
Listeriyalaming organizmda tarqalish yo'llari, shuningdek kasallikning kechishi shakllari zararlash usullariga bog'liq ekanligini qator tajribalar natijasida aniqlangan. Listeriyalar tashuvchanlikni paydo qilishi, mahalliy jarayonlarning va sepsisning rivojianishiga olib kelishi mumkin. Kasallikning u yoki bu shaklini, paydo bo'lishi bir tarafdan mikrobning virulentligiga, dozasiga, zararlash yo'llariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan hayvonning yoshi, bug'ozligi, oziqlantirish va ularni saqlash xarakteri, birga uchraydigan kasalliklarga bog'liq.
Hayvon organizmiga tushgan listeriyalar, zararsizlanib, organizmdan chiqib ketishi yoki rivojlanib, organizm bo'yicha tarqalishi mumkin. Listeriyalaming organizm bo'yicha tarqalish yo'llari to'g'risida har xil qarashlar mavjud. Neyrogen yo'ldan tashqari limfogen va gematogen yo'llar bilan ham listeriyalar organizmda tarqalishi mumkin.
Listeriyalar avval limfa tugunlarida joylashadi, tomirlarda buzilish, mezenxima hujayralarining faollashishi kuzatiladi. Keyin qo'zg'atuvchini qon va parenximatoz organlardan ajratish mumkin. Ularda tomirlarning shikastlanishi va distrofik o'zgarishlar paydo bo'ladi. Zararlangandan uch kundan keyin gematoensefalik to'siq buziladi va listeriyalar markaziy asab tizimiga kiradi.
Listeriyalaming asosiy rivojlanadigan joyi qon hisoblanadi. Meningoensefalit, septik jarayondan keyin paydo bo'ladigan listeriozning namoyon bo'ladigan bir shakli hisoblanadi.
Ba'zi ma'lumotlar qo'zg'atuvchini gematogen yo'l bilan tarqalishi, shuningdek uning har xil organlarda, shuningdek mushaklarida ham yashirin bo'lishini inobatga olishni taqazo qiladi.
Katta yoshdagi hayvonlarda organizmning kuchli himoya vositasi hisobiga listeriozli sepsis kam uchraydi. Ularda ko'proq markaziy nerv tizimi zararlanadi, bug'ozlik davrida esa jinsiy tizimlari zararlanadi. Yosh hayvonlar organizmida umumiy chidamlilikni pastligi uchun ularda sepsis rivojlanadi, keyin esa tarqalgan granulematoz paydo bo'ladi. Ba'zi hollarda kasallik klinik belgilarsiz o'tadi, bunda hayvon uzoq vaqt listeriy tashuvchi bo'lib qolishadi.
Oxirgi vaqtlarda tuproq listeriyalarning birlamchi tabiiy o'chog'i deb hisoblashadi. Undan o'simliklarga tushadi. Hayvonlaming zararlanish manbasi listeriyalar faol rivojlanib, uzoq saqlanadigan oziqalar, ayniqsa silos hisoblanadi.
Odamlarning zararlanishi zararlangan sabzavotlar, hayvon mahsulotlarini istyemol qilishi natijasida bo'ladi. Ko'pchilik olimlarimiz izlanishlari natijasida kemiruvchilar, qushlar va boshqa yovvoyi hayvonlarning listeriyalarni o'tkazishda muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlashgan. Listeriyalar nafaqat issiq qonli hayvonlarda, hatto amfimbiya va baliqlarda ham topilgan. Bu masalani o'rganish jarayonida listeriya tashuvchi hayvonlar, shuningdek parrandalar turi ortib bormoqda. Listeriyalar ko'pchilik tur hasharotlarda ham topilgan: kana, burga, bit, chivinlar. 8 tur iksoda kanalari, 5 tur bit, 1 tur galyuz kanasi, 1 tur argas kanalari va 1 tur bitlarda listeriyalarni tabiiy tashuvchanligi aniqlangan.
Erkin yashovchi kanalar tabiiy biosenozning doimiy tarkibiy qismi bo'lib, ular ham listeriyalar topilgan ekologik muhitda yashaydi.
Tekshirishlar ko'rsatadi-ki yomon sifatli silosda, erkin yashovchi kanalar juda ko'p bo'ladi. Kanalar rivojlanishi uchun u yaxshi muhit hisoblanadi.
Antigen tuzilishi. Listeriyalarning ikkita asosiy serotiplari bor: kemiruvchilarda va kavsh qaytaruvchilarda uchraydigan. Ikkala serotiplarning ham O-somatik va H-xivchinli antigenlari bor. O-antigen tarkibida to'rtta termolabil (I, II, III, IV) va variabelli (III) antigenlari bor. Xivchinli H-antigenda esa A,B,C,D antigenlari bor.
Immunitet. Listerioz bilan kasallanib sog'aygan hayvonlarda mustahkam immunitet paydo bo'ladi.
A.V.Salivanov, G.l.Grinisina, O.A.Kotilevlar (1971) listeriyalarning epizootik shtammiga ultrabinafsha nurlarini ta'sir ettirish yo'li bilan "AUF" listeriyalarning vaksinali shtammini olishdi. Xo'jalikda epizootik holat qanday bo'lishidan qat'iy nazar listeriyalarning "AUF" shtammidan tayyorlangan vaksina listeriozning enzootik chiqib turishlarini to'xtatgan va 10 oy kasallikni qayta paydo bo'lishining oldi olingan.
"AUF" shtammining immunogenligi listeriozda tipospetsifik to'qima immuniteti muhim o'rin tutishidan dalolat beradi.
Diagnoz. Listeriozning klinik namoyon bo'lishi turlicha bo'lgani uchun kasallikga aniq diagnoz faqat kompleks holda: epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilari, patologoanatomik va patologogistologik o'zgarishlar, shuningdek laboratoriya tekshiruvi natijalariga asoslanib qo'yiladi.
Kasallikning asosiy belgilarini (klinik, patologoanatomik) bilish, listeriozga gumon qilishga imkon beradi, laboratoriya tekshiruvlarini o'tkazish esa yakuniy diagnoz qo'yishga olib keladi.
Tekshirish uchun laboratoriyaga yangi o'lgan mayda hayvon jasadi yoki yirik hayvonlardan (ot, yirik shoxli mol,qo'yjar) parenximatoz organlar va bosh miya yo'llanadi. Homila tashlagan hollarda - tashlangan homila yoki uning organlari; mastitda zararlangan yelin qismidan sut namunalari yo'llanadi. Septik listeriozning boshlang'ich davrlarida gemokultura ajratish uchun qon olinadi. Bakteriologik tekshirish. Patalogik material lardan tamg'ali - preparatlar tayyorlanib gram usulida bo‘yaladi va yorug'lik mikroskopida ko'riladi. Fluoressensiyalovchi zardoblarni qo'llab lyuminissent mikroskopiya o'tkaziladi. Kulturani ajratish uchun barcha yuborilgan organ va to'qimalardan go'sht peptonli agar, go'sht peptonli bulon, go'sht peptonli jigarli bulon, go'sht peptonli jigarli agarlarga 1% glyukoza va 2-3% gliserin qo'shilgan Marten muhitlariga ekiladi. Dengiz cho‘chqasi, oq sichqon va kabutarlar zararlantiriladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish