Mikrobiologiya va immunologiya


-mavzu. LISTERIOZ QO'ZG'ATUVCHISI VA LABORATORIYA DIAGNOZI



Download 13,45 Mb.
bet243/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

9-mavzu. LISTERIOZ QO'ZG'ATUVCHISI VA LABORATORIYA DIAGNOZI
Qo'zg'atuvchisi - Listeria monocytogenes. Corynebacteriaceae oilasi, Listeria avlodiga mansub.
Listerioz - keng tarqalgan zoonoz kasallik. U 44 ta mamlakatda, shuningdek Ozbekistonda ham hisobga olingan, kemiruvchilar, cho'chqa, yirik hamda mayda shoxli hayvonlar, ot, ba'zi mo'ynali hayvon va parrandalarda kasallik chaqiradi. Odamlar ham moyil. Kasallik septik shaklda o'tadi, markaziy asab tizimi_shikastlanishi, homila tashlash, mastit, septisemiya namoyon bo'ladi. Quturish singari listeriozning ahamiyati odamlarni zararlanishi xavfi bilan ham bog'liq. Auniqsa homilador ayollar, ularning homilasi, yangi ' tug'ilgan chaqoloqlar, immun tizimi kuchsizlangan odamlar uchun nihoyatda xavfli. Listeriozning ba'zi shakllarida faol antibiotiklar bilan davolashga qaramasdan o'lim 90-100% ga yetadi. Morfologiyasi. Listeria monocytogenes - harakatchan, polimorf, spora hosil qilmaydigan, uchlari qayrilgan grammanfiy tayoqchalar. Listeriyalarning o'lchamlari: uzunligi 0,3dan 0,5 mkm gacha, eni-0,5 dan -2 mkm gacha. Ular bittadan, ikkitadan, beshta yoki undan ko'p tayoqchalar birgalikda, qisqa zanjir yoki rim raqami V ko'rinishida joylashadi.
Listerioz qo'zg'atuvchisi glyukoza va glitserinli go'sht peptonli jigarli agar va bulyonda o'stirilganda kapsula hosil qiladi. Lekin hozirgacha bu tur mikroorganizmning kapsula hosil qilishi to'g'risida qat'iy flkr yo'q.
Listeriyalarning xususiyatlaridan bin uning harakatchanligidir. Uning harakatchanligi uy haroratida (20-22°C) 4-12 soat o'stirilgan kulturalarda yaxshi namoyon bo'ladi. Listeriyalar barcha anilin bo'yoqlar bilan yaxshi bo'yaladi. Yosh kulturalarda grammusbat 48 soatli va eski kulturalarda ko'pchilik hujayralar grammanfiy.
Kultural xususiyatlari. Listeriyalar aerob, shuningdek anaerob sharoitlarda ham o'sadi. Oddiy oziqa muhitlarda o'sishning optimal harorati 36-38°C, pH 7,2-7,4. Listeriyalarning yana bir xususiyati shunda-ki o'sish haroratining diapozoni keng 45dan 4°C gacha haroratda o'sadi, yanada past haroratlarda ham hayotchanligi saqlanadi. pH ning diapozoni 5 dan 11 gacha.
Mikroanaerostatda vakuum sharoitida pH 7,2-7,41i qonli yoki oddiy go'sht peptonli agarda 24 soat termostatda 37°C haroratda o'stirgandan keyin listeriyalar shudringsimon koloniyalar ko'rinishida o'sadi. Aerob va anerob sharoitlarda o'stirilgan mikroorganizmlarning virulentlik xususiyatlari bir xilligicha qoladi.
Listeriyalarning aerob va anerob sharoitlarda o'sishi ularning tabiatda keng tarqalishi, tashqi munit ta'sirlariga chidamliligini ortishiga olib keladi. Natijada listerioz qo'zg'atuvchisining hayvon va odam organizmiga kirish yo'llari ham ko'p bo'ladi. Listeriyalar glyukoza (1%) qo'shilgan, gliserin (2-3%) qo'shilgan muhitlarda yaxshi o'sadi.
Go'sht peptonli agarda diametri 0,2-0,4 dan 2mm gacha yumaloq, bo'rtiq, tiniq koloniyalar hosil qiladi. Metilen ko'ki qo'shilgan (1:40000) go'sht peptonli agarda diametri l-3mm li, markazi havo rang-yashil koloniyalar hosil qiladi.
Oddiy go'sht peptonli bulyonda sekin o'sadi. 1-2 kundan keyingina loyqalanish paydo bo'lib, o'ziga xos yoqimsiz, o'tkir hid paydo bo'ladi. 5-7 kundan keyin probirka tubida shilimshiq cho'kma hosil bo'ladi. Uni qoqib ko'rganda soch o'rimi shaklida spiralsimon ko'tariladi.
Yarim suyuq 0,3%li go'sht peptonli agarda listeriyalar paxta singari, muhit bo'yicha tarqalib o'sadi. Go'sht peptonli jelatinaga tik ekganda mikrob yon tomonlarga o'simtalar hosil qilib o'sadi.
Listeriyalar uchun S-shaklli koloniyalar nihoyatda xarakterli hisoblanadi. Ammo su'niy oziqa muhitlarda uzoq vaqt saqlanganda listeriya kulturalari o'zgarishga uchraydi: oraliq SR va RS bosqichlar orqali kengish R shakliga o'tadi. Ular surtmalarda uzun iplar ko'rinishida bo'lib, go'sht peptonli bulyonga qayta ekilganda probirka tubida ushoqsimon cho'kma hosil bo'ladi. R-kulturaning biokimyoviy xususiyatlari S-kuIturalarga msbatan uncha o'zgarmaydi, faqat virulentligi pasayadi va agglyutinatsiyalanish qobiliyati ortadi.
Listeriyalar probirkali go'sht peptonli agarda uy haroratida 24-28 oy, pipetkalarda sovutkichda saqlanganda 4,5-5 yil yashaydi. pH 7,2 bo'lgan go'sht peptonli agarda qayta ekmagan holda 10-12 oy yashaydi. Liofil quritilgan listeriya kulturalari 7 yil davomida patogenli xususiyatiarini saqlab qoladi.
Uzoq yillar davomida saqlangan listeriyalaning fermentativ xususiyatlari o'zgarmaydi va harakterli bo'lmagan boshqa xususiyatlar paydo bo'lmaydi.
Listeriyalarning bulyonli kulturasini 100°Cda qizdirganda 3-5 daqiqadan keyin, 75-90°C da 20 va 70°Cda 30 daqiqadan keyin o'ldiradi.
Listeriyalar 18-20°C haroratda 2,5%- li fenol ta'sirida 5 daqiqada; 5%-li lizol yoki kreolinda-10 daqiqada, 2,5%-li formalin yoki natriy gidrooksidi-20 daqiqada, 45%-li etil spirit-10 daqiqada, 70% va 96%-lisi - 5 daqiqada. 1%-li kaliy permanganat-30 daqiqada va 2.5%-lisi-5 daqiqada o'ladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish