Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet85/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Serologik tekshirishlar asosan saramasning surunkali va latent shakl larini aniqlash uchun o’tkaziladi. Buning uchun probirkali va tomchili AR usullaridan foydalaniladi. Reaksiya tomchili usulda qo’yilganda yog’sizlan tirilgan quruq predmet oynachasiga bir tomchi qon (0,004-0,006 ml) yoki zardob (0,002-0,003 ml), bir tomchi antigen ustiga tomdiriladi va aralashtiri ladi. Spirt alangasi ustida yengilgina qizdirib, chayqatilib turiladi. Ijobiy holda 1-2 daqiqada mayda yoki yirik donachalar paydo bo’ladi. Natija qora fonda ko’riladi.
Probirkada reaksiya zardobni 1:50; 1:100 nisbatlarda suyultirilib qo’yiladi.Agglyutininlar kasallikning 2-5 kunlarida paydo bo’lib sog’aygan hayvonlar qonida 2-3 hafta saqlanishini; cho’chqalar emlangandan 2 oydan keyingina, zardob yuborilgan bo’lsa – 1 oydan keyingina diagnostik tekshi rish mumkinligini inobatga olish kerak.
Patologik material . Laboratoriyaga tekshirish uchun hayvonning jasadi yoki parenximatoz organlardan bo‘lakchalar (yurak, jigar o‘t xaltasi bilan, taloq, buyrak) ilik suyagi, yuboriladi. Kasallikning surunkali shakli gumon qilinganda yurakdan qon va endokard, artritda bo‘g‘in suyuqligi yo‘llanadi. Lozim bo‘lganda organ bo‘laklari 30% li glitserin yoki osh tuzining to‘yingan eritmasida konservatsiyalanadi. Ilik suyagini yumshoq to‘qimalardan ajratib, 2 – 3% li fenol eritmasi shimdirilgan dokaga o‘raladi.
1. Mikroskopiya. Patmaterialdan tamg‘ali surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo‘yaladi. Saramas qo‘zg‘atuvchisi spora, kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, grammusbat, bitta, ikkita yoki to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan tayoqchasimon bakteriyalardir. O‘lchami 0,2-0,3 x 0,5-1,5 mkm. Ba’zi adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarda uzunligi 2-2,5 mkm gacha. Zararlangan yurak klapanlaridan tayyorlangan surtmada uzun iplar shaklida joylashadi (83,84-rasm). Fluoressentli zardoblar bilan ham bo‘yash mumkin. Lyuminissentli mikroskopiyada saramas qo‘zg‘a-tuvchisi intensivligi uch nishondan (+++) kam bo‘lmagan maxsus nur-lanish paydo qiladi.
2. Bakteriologiya. Patologik materialdan GPB, GPA, GPJ larga ekiladi. Ekmalar 370C da 18-24 soat termostatda o‘stiriladi, o‘sish bo‘lmasa, yana 24 soatga qoldiriladi. E.rhusopathiae aerob, mikroaerofil (5-10% CO2 da yaxshi o‘sadi).
GPB da – muhit yengilgina loyqalanadi. 48-72 soatdan keyin tinib, probirka tubida cho‘kma hosil bo‘ladi. Qoqib ko‘rganda nozik bulut shaklida ko‘tariladi.
GPA da saramas qo‘zg‘atuvchisi mayda, shaffof, shudringsimon koloniyalar hosil qiladi (S- shakli). R- shaklda – yirik, yuzasi notekis, chetlari o‘simtali koloniyalar –(kasallik surunkali o‘tganda) paydo bo‘ladi. Ba’zan oraliq koloniyalar ham hosil bo‘ladi.
GPJ ga tik ekilganda uni suyultirmaydi, bir necha kundan keyin «yumaloq sim cho‘tka» shaklida o‘sadi.
Biokimyoviy xususiyatlari – saramas qo‘zg‘atuvchisi vodorod sul-fid ajratadi, katalaza hosil qilmaydi. Glukoza, laktoza, galaktozalarni parchalab kislota, gaz hosil qiladi, saxaroza, mannit, salisinni parcha-lamaydi.
Serologik farqlash. Buyum oynachasida tomchili usulda 1:50 nisbatda saramas zardobi bilan AR qo‘yiladi. Bir sutkali GPA da o‘sgan kultura ishltiladi. Agar saramas qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa zich, mayda, donador agglutinat paydo bo‘ladi.
3. Biosinov. Kabutar va oq sichqonlarda qo‘yiladi. Kabutarlar to‘shiga 0,2 – 0,3 ml dozada, 16-18g li oq sichqonlar terisi ostiga 0,1 – 0,2 ml dozada patmaterial suspenziyasi yoki GPA da o‘stirilgan 1-2 sutkali kultura suspenziyasi yuboriladi. Ijobiy natijada zararlantirilgan kabutarlar 3 - 6 sutka, oq sichqonlar 2-4 sutkadan keyin o‘ladi. Biosinov 7 kun kuzatiladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish