Biokimyoviy xususiyatlari. Saramas qo’zg’atuvchisi vodorodsulfid H2S ajratadi, katalaza hosil qilmaydi, glyukoza, laktozani gazsiz kislota hosil qilib parchalaydi, saxaroza, mannitni parchalamaydi.
Chidamliligi. E.rhusiopathiae spora hosil qilmasa ham, tashqi muhit ta’siriga chidamlidir. Ular ampulada mahkamlangan suyuq muhitda 17-35 yil, jasadda bir necha oy, suvda 73 kun, tuproqda 108 kun, quruqlikda 3 hafta yashaydi.Saramas bakteriyasi 500C da 15, 700C da 5 daqiqa, go’shtning qalin bo’laklarini qaynatganda 2,5 soatdan keyin o’ladi. Odatdagi dezinfeksi yalovchi moddalar yaxshi samara beradi. Ular ultrabinafsha nurlariga sezgir.
Patogenligi. Saramas bakteriyasi tabiiy sharoitlarda cho’chqa, qo’zi, buzoq, parrandalar, baliq, olmaxon, ola bug’ilar va odamlar uchun patogenli dir. Sun’iy zararlashga oq sichqon va kabutarlar moyildir.
Patogenezi. Qo’zg’atuvchi organizmga alimentar yo’l bilan, zararlan gan teri orqali kiradi. Bir necha kundan keyin himoya to’siqlaridan, qonga o’tadi, unda rivojlanib butun organizmga tarqaladi. Septik jarayonlar paydo bo’ladi. Natijada isitma reaksiyasi, to’qimada almashinuvning buzilishi, parenximatoz organlar va yurak - tomir sistemasida distrofik va nekrotik o’zgarishlar paydo bo’lib, tromb, shish hosil bo’ladi va o’limga olib keladi.
Antigen tuzilishi. Saramas bakteriyasining ikkita antigeni bor: termolabil guruhli va termostabil turiga oid. Serologik tekshirishlar (PR,AR, GAR) asosida ikkita serovari aniqlangan. Serovar A va B.
Immuniteti. Kasallanib, tuzalgan cho’chqalar, mustahkam immunitet paydo qiladi. Diagnozi. Bakteriologik diagnoz bakterioskopiya, toza kultura ajratish va biosinov qo’yishdan iborat. Laboratoriyaga tekshirish uchun taloq, jigar bo’laklari, buyrak, ilik suyagi, teri bo’lakchasi (toshmalar paydo bo’lganda), yurak (endokarditda), ochilmagan bo’g’inlar (artritlarda) yuboriladi. Material yangi olingan holda, 30-40% gliserin yoki NaClning to’yingan eritmasida konservasiya qilinadi. Ilik suyagi go’shtidan tozalanib 2% li fenol bilan ho’llangan dokaga o’rab yuboriladi.
Yangi patmaterialdan surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi. Oziqa muhitlar GPA, GPB larga ekiladi. Patmateri aldan fiziologik eritma bilan suspenziya tayyorlab 16-18 g vaznli oq sichqonlar terisi ostiga 0,1-0,2 ml yuboriladi. Bu maqsadda kabutarni ham qo’llash mumkin. Ijobiy natijada biosinovdagi hayvonlar 2-4 sutkada o’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |