Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet92/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Biopreparatlar. Yangi tug’ilgan buzoqlarga kasallikning oldini olish maqsadida giperimmun zardob yoki gamma-globulin yuboriladi (teri ostiga, myshaklar orasiga, tomirga, og’iz orqali).
Bo’g’oz sigirlarni emlash ham katta samara beradi. Bunda buzoq uvuz bilan maxsus antitelolar oladi. Kolostral immunitet ham zardobli immunitet kabi 2-3 hafta saqlanadi. Mamlakatimizda E. soli ning ko’pgina shtammlari va bir nechta salmonella shtammlari kulturalarini formalin bilan o’ldirilgan koli-salmonellyozli vaksina ishlab chiqilgan. Bug’oz sigirlar ikki marta emlanadi orasi 10-14 kun. VIEV koliprotektanti (qizdirish yo’li bilan o’ldirilgan esherixiyalar) buzoqlarga birinchi emdirishda uvuz suti bilan bir necha bor berish taklif etilgan.
Polivalentli koli-gertner-fag ham muvoffaqiyat bilan buzoqlarga enteral, teri ostiga, mo’shaklar orasiga yuborib qo’llaniladi. Antibiotiklar yoki sulfanilamid, nitrofuran preparatlar bilan qo’llanilganda uning samaradorligi yanada ortadi.
O’zbyokistonda VITI da buzoqlar kolibakteriozi va salmonellyoziga qarshi assosiirlangan radiovaksina, giperimmun zardob ishlab chiqilgan. Ular O’zbyokistonda buzoqlarda ko’p uchrab turadigan E. coli va salmonella ning mahalliy shtammlaridan tayyorlangan bo’lib, katta muvoffaqiyat bilan ishlatilmoqda.
Qo’zilar kolibakterioz bilan O’zbekiston sharoitida hayotining birinchi kunlari va birinchi oylaridan 5-6 oyliklarigacha kasallanadi. Kasallik o’tkir, septisemik shaklda kechadi. Ularda asosan esherixiyaning 08, 09, 015, 020, 026, 035, 078, 0101, 0119, 0137, 041 seroguruhlari ko’p uchraydi.
Diagnozi buzoqlar kolibakteriozi singari.
Biopreparatlar. Qo’zilar kolibakteriozi va salmonellyoziga qarshi assosiirlangan radiovaksina, pasterellyoz, salmonellyoz, kolibakteriozga qarshi polivalent radiovaksina, giperimmun zardoblar ishlab chiqilgan.
Cho’chqa bolalarida kolibakterioz kasallikning paydo bo’lish vaqti va harakteriga qarab farqlanadi- yangi tug’ilgan cho’chqa bolalari (3-4 haftagacha) kolibakteriozi va onasidan ajratilgan 2-3 oyligida- shish kasalligi (kolienterotoksemiya). Cho’chqa bolalarida asosan esherixiyaning 08, 0138, 0139, 0141, 026, 018, 045, 055, 0127, 0142 patogen seroguruhlari uchraydi.
Yosh cho’chqa bolalarida kasallik o’tkir kechib, toksemiya va sepsis belgilari bilan, yaimo’tkir kechganda- toksemiya va diffuz ich ketish bilan namoyon bo’ladi. Shish kasalligi yaxshi boqilgan cho’chqa bolalarida ko’p uchraydi, juda o’tkir (18-24 soatdan keyin o’ladi) va yarimo’tkir shaklda diareya belgilari bilan o’tadi. Tomirlar o’tkazuvchanligining birdan ortishi tufayli shishlar paydo bo’ladi va toksikozdan hayvon o’ladi. Patogenezda intoksikasiya va organizmning allergik reaktivligi muhim ahamiyatga ega. Shish kasalligini K-antigen 88, 82 yoki 91 saqlovchi ichak tayoqchasining gemolitik shtammlari chaqiradi. Esherixiyaning gemolitik shtammlari yuqori aktivlikka ega ekstrosellyulyar gemolizin ishlab chiqaradi.
Kasallikning klinik belgisi entero- yoki neyrotoksin ishlab chiqaradigan serotiplarga bog’liq. Neyrotoksin ishlab chiqaradigan serotipda markaziy nerv sistemasi buzilishining belgilari paydo bo’lib, kasallik shish shaklida namoyon bo’ladi.
Diagnoz laboratoriyada umumiy qabul qilingan usullarda quyiladi. Qo’shimcha ajratilgan kultura gemolitik aktivlikka tekshiriladi. Lozim topilganda dermonekrotik (quyonlarda) va plazmokaogulyasiya qilish xususiyatlari, shuningdek oq sichqonlarda virulentligi (0,5 ml sutkalik bulon kulturasi qorin bo’shlig’iga yuboriladi) tekshiriladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish