Tayanch iboralar: Esherixiya avlodi, E.coli ning xususiyatlari, septik, enterotoksemik, go’sht peptonli agar, bulon, endo muhitlari 08, 09, 0101 shtamlari Foges – Proskauera reaksiyasi, kultura suspenziyasi, parenximatoz organlar, serologik tipizasiya, differensial diagnostik oziq muhitlar, mikroskopiya.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya fanidan o’quv qo’llanma (amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari). Toshkent, 2013 y.
2. Carter. G. R darla J. Wise Essentials of Veterinary Bakteriology And Mycology Sixth Edition 2004 268 p
3. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 3. Частная микробиология. М.2007 г.
Kolibakterioz_qo’zg’atuvchisining_umumiy_xarakteristikasi_va_laboratoriya_diagnostikasi'>1-savol. Kolibakterioz qo’zg’atuvchisining umumiy xarakteristikasi va laboratoriya diagnostikasi.
Oxirgi klassifikasiya bo’yicha (1984)Enterobacteriaceae oilasiga 14 ta avlod kiradi. Ular morfologik, tinktorial va kultural xususiyatlari bo’yicha o’xshash, fermentativ, ya’ni biokimyoviy xususiyatlari bilan bir biridan farq qiladi. Shulardan hayvonlar patologiyasida Escherichia, Salmonella, Prote us, Yersinialar ko’proq ahamiyatga ega. Enterobakteriyalar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular ichida patogen, shartli patogen va saprofit turlari bor.
Kolibakterioz yosh hayvonlarning o’tkir kechuvchi, yuqimli kasalligi bo’lib, kuchli ich ketish, holsizlanish va o’lim bilan harakterlanadi. Uch shaklda namoyon bo’ladi – septik, enterotoksemik, enterit. Buzoqlar bir necha kunligida, cho’chqa bolalari hayotining birinchi kunlarida, sutdan ajratilgandan keyin – shish kasalligi belgilari bilan qo’zilar tug’ilgandan 5 – 6 oylik yoshigacha kasallanadi.
Qo’zg’atuvchisi – E. coli ( ichak tayoqchasi) Escherichia avlodiga mansub. 1885 yilda Esherix odamlarning tezagidan ajratgan E. coli – odam, hayvon va parrandalar, baliq, reptiliy, amfimbiy va xashorotlarning yo’g’on ichagida doimo bo’ladi. Tuproq, suv, har xil predmetlarda uchraydi.
Morfologiyasi. E. coli polimorf, o’lchami mayda kokkobakteriyadan (0,2-0,5 mkm), yo’g’on, yirik uchlari qayrilgan, grammanfiy (pushti – qizil rang) tayoqchagacha bo’lgan bakteriyalar, uzunligi 1 – 3 mkm, eni 0,8 mkm., spora hosil qilmaydi. Bittadan joylashadi. Faqat 08, 09, 0101 shtammlari kapsula hosil qiladi. Harakatchan, harkatsiz turlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |