spiritus
[127]
bilan ish
ko‘rayotgandir. Aslida, xudo dunyoning yaratuvchisi sifatida ayol bo‘lib chiqadi.
Jannatning ko‘zgusi bo‘lgan dunyoning o‘zi esa "meva beradi", binobarin, u ayoldir.
Erkak ibtido sifatida begona kuch, buzg‘unchilik, tajovuz va gunohning bir bo‘lagidir.
Deli, xudo - ayol, "shoxli" shayton esa erkak, degan dualistik tushunchaga yaqinlashib
kelayotgan ko‘rinadi.
Xuddi Deli singari Irigaray ham ilohiyotshunosning har bir hisob-kitobini androtsentrik
(erkaklar hukmronligiga asoslangan) yoki «fallogotsentrik», deb hisoblamaydi. Hatto
pravoslav xristianligi ham ilohiy zotlarning ramziy jinsi masalasida asosan aporetik,
ya'ni mantiqqa bo‘yni yor bermaydigan ziddiyatli yo‘ldan boradi. El-Grekoning o‘zi
tug‘ilib o‘sgan Krit orolida chizgan ilohiy suratlaridan tortib, uning Venetsiyada Tintoretto
qo‘l ostida o‘qishi orqali Aksilreformatsiya
[128]
barq urgan Toledogacha bo‘lgan vaqtda
chizgan suratlari muayyanlashuv jarayonining o‘sib borganini ko‘rsatadi. Bu jarayonda
manzara, ifoda va shaklning aniqligi yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Uning keyingi
paytlarda chizgan "katolik" suratlarida Iso ilohiy zotdan ko‘ra ko‘proq odam sifatida
tasvirlanadi; shuning natijasi o‘laroq, u insonlashib, erkaklashib boradi.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
Shu nuqtai nazardan, boshqa qarashlardan farqli o‘laroq, islom Hojar
[129]
ahdidagi
singari, G'arb an'anasining bir qismini tashkil etmaydi: u Sharqqa yo‘naltirilgandir.
Kalom ilohiyotshunosligi bizni xudoning tug‘masligiga talab yo‘qligiga ro‘baro‘ qiladi.
Ilohni (inson) vujud(i)da qayta jonlanadi, deb hisoblovchi ilohiyotshunoslik ham uni
jinsga nisbat beradi va muqarrar ravishda boshqa bir jinsni nazarda tutadi. Uni kitobga
joylaydigan ilohiyotshunoslik esa jins haqida hech qanday mulohaza yuritmaydi; kitoblar
lavhlar va idishlar singari, biror jinsga mansub emas. Iloh ilohligicha qolaveradi, u,
garchi Yer yuzidagi balo-qazolardan omon saqlovchi deb hisoblansa ham, yakkayu
yagona jinssiz vujuddir. Darhaqiqat, ushbu feministlarcha qarashni dalillarning an'anaviy
aslahaxonasiga inson qo‘li bilan yaratilmagan Qur'onning chinakam ilhomi sifatida
qo‘shib qo‘yish mumkin. Fazlur Rahmon va Farid Esakk singari modernistlar taklif
etayotganiday, Rasululloh matnda qancha ko‘p tilga olingan bo‘lsa, ayollar shu darajada
begona O'zgalar sifatida qayta tasnif qilinadi.
Taqvodorlar uchun ushbu ta'limot manbasi muammoli emas. Dunyoviy tarixchilar unga
boshqacha ko‘z bilan, ya'ni ular bu holga oldingi islom ahdda qayd etilmaganining
tasdig‘i sifatida qarashadi. Ilohga nisbatan andromorfik
[130]
qarashlar iudaizm uchun
zarur edi. Chunki iloh, jamoa nuqtai nazaridan, qo‘shni ilohaning muqobili deb
hisoblanadi, shuning uchun ham Isroil "xudoning ma'shuqasi" qilib tasvirlanadi. Ayni hol
xristian cherkovida ham uning a'yonlari so‘nggi antik davr ilohalariga sig‘inishga,
shuning barobarida jannatdan quvilishda aybdor sanalgan "ayol"ga qarshi urush e'lon
qilgan paytlar "Yangi Isroil", "Isoning ma'shuqasi" tarzida davom ettirildi. Biroq
islomning taqvodorlar jamoasi, garchi
ummat
istilohi muannasga tegishli ekani
ajablanarli bo‘lsa-da, hech qachon o‘zini ayol zotiga mansub deb bilmagan. Xaloskorlik
tarixini islomcha tushunish Allohni erkak deb bilishni taqozo etmagan.
Islom ahdlar, avvalo, Buyuk Ahd, barcha jonlar dunyoga kelishidan oldin Allohga sodiq
ekaniga qasamyod qilgani tavsif etilgan Qur'onning ibtidosi xususida shunday fikr
yuritadi. Shuning uchun ham uning ahdi biror jinsga daxlsiz sifatida o‘qiladi. Ayni shunisi
bilan u Ibrohim alayhissalom singari insonlar o‘rnatgan ahdga oid munoasabatlarga zid
keladi. Ibrohimning o‘zi Muhammadning prototipi sifatidagi paradigma
[131]
o‘laroq,
barcha musulmonlar mansub bo‘lgan ahdning asoschisi debgina eslanmaydi: uning ahdi
bo‘lgan o‘g‘il bolalarni xatna qildirish odati bilan birga qiz bolalarni ham xatna qildirish
odati paydo bo‘ldiki, ayni holni Ibrohim (a.s.)ga xos belgilarning ikkala jinsga nisbatan
ham joriy etilishiga sabab bo‘ldi, deyish mumkin. 9-asrda yashab o‘tgan iroqlik
ilohiyotshunos al-Jahizga ko‘ra, Hojar ham, Ibrohim ham xatna qilingan ekan
[132]
. Shu
tariqa, ayollarning xatna qilinishini dinning qat'iy feministik harakatlaridan biri deb
baholash mumkin
[133]
.
Ahd tushunchalaridan Qur'on ilohiyotshunosligiga yuz buradigan bo‘lsak, iloh timsoli
apofatik
[134]
nuqtai nazardan tashbehdan xoli ekanini ko‘ramiz. Xudo Allohning o‘zidir.
U hech qachon Ota bo‘lmaydi. Iloh muzakkar otdir: Alloh (huwa); sarfu nahv
nuktadonlari va egzegetlar
[135]
ning xulosasiga ko‘ra, u hatto majoz ham emas: arab
tilida o‘rta yoki betaraf jins (rod)ning o‘zi yo‘q, shuning uchun bu o‘rinda muzakkardan
foydalanish arab tilidagi jinssiz otlar uchun oddiy holdir. Sarfu nahv qoidasiga ko‘ra,
ayollar muannasning o‘rta yoki betaraf otlarning ko‘pligida ifodalangani singari, bu
o‘rinda erkaklarning ustunligi nazarda tutilmaydi.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |