XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
jinsdan ustun deb qaralishiga sabab bo‘layotganida emas. Aksincha, u ko‘proq erkak
ilohning ilohiylashtirish jarayonidagi ahamiyati bilan qiziqadi.
U bunday deb yozgan
edi: "Ilohiyot erkin, muxtor va egamen bo‘lishi zarur. Hech bir inson shaxsiyati, hech bir
insonlar jamiyati ilohning yordamisiz yaratilmagan"
[142]
. Va yana: "Bunday xudoni biz
ayol sifatida tasavvur qilishimiz mumkinmi? Biz uni g‘ira-shira bo‘lsa-da, o‘z
shaxsiyatimizning takomilga erishgan holati, deb qarashimiz mumkinmi?"
[143]
, deya
mulohaza yuritadi.
Endi dastlabki insonlarga qaytaylik. Ilohiyotda erkak jinsiga alohida o‘rin ajratilishi
Havoning Odamdan ajratilishi xususidagi rivoyatga sabab bo‘ldi.
Havo Odamga qanday
bo‘lsa, Odam ham xudoga shundaydir: yaratilganini anglash va yaratganiga hissiy
munosabatda bo‘lish. Binobarin, u bir bo‘lak sifatida o‘z vujudiga bog‘liq etib qo‘yilgan.
Bunday past-balandlik islom tafakkuriga ham xosdir. Ibn Arabiy bunday tushuntiradi:
Xudo Havoni Odamning qisqa qovurg‘asidan yaratdi. Binobarin, uning darajasi
erkaknikidan ko‘ra pastroq bo‘ldi. Xudo aytganiday: «Erkaklar ulardan ko‘ra
bir daraja
yuqoridir». Shuning uchun ayollar hech qachon erkaklarga yeta olmaydi. [...] Havo
Odamning tanasidan ajratib olinganida xudo bo‘shliqni ayolga bo‘lgan ishtaha bilan
to‘ldirdi, chunki mavjudlik bo‘shliqqa o‘rin qoldirmaydi. Ul zot bo‘shliqni "havo" bilan
to‘ldirganida Odam xuddi o‘zi tomon egilganday, Havo tomon egildi,
chunki u Odamning
bir qismi edi. Havo ham u tomonga egildi, chunki Odam u yaratilgan vatan edi"
[144]
.
Bu xristian rivoyatiday tuyuladi. Bundan tashqari, ibn Arabiy o‘zaro egilish nafaqat
muqarrarlikni, qolaversa, jinsiyat muqaddasligini ham
nazarda tutishidan tipologik
[145]
saboq ola biladi. Ammo Irigaray bu bilan kifoyalanib qolmaydi, u erkaklarni
teomorfik
[146]
jihatdan sub'ektivlashtirish evaziga epistemologik nuqtai nazardan nasl
qoldirajak butunlikka eltuvchi bunday o‘zaro insoniy yaqinlik xususida yanada ko‘proq
bilishni istaydi. Ibn Arabiy asarini o‘qishni davom ettirar ekanmiz, ba'zi
bir qiziq
holatlarga ham duch kelamiz. Havo - (daraxtning) shox(i), Odam esa ildizdir. Shox
ildizni, o‘z tuprog‘ini sog‘inadi, shu bilan birga, ildiz shox uchungina yashaydi. U
yozganiday: "Bu shox uchun emasdi, shoxlarga oziq yetkazib beruvchi beqiyos kuch -
ildizning minnati bo‘lmaydi»
[147]
. Inson qilgan gunoh komillikdan ayrilish deb
baholanishi mumkin, bu gunohning sababi o‘zaro yaqinlikdadir va erkaklar ayol - O'zgani
istaydi: aslida gunoh havoni unutishdir. Odamga o‘zligini va
cheksizlikka munosabatini
anglash uchun xudo barobarida Havo ham kerak. Payg‘ambarning ayollarni sevishi
shundan, o‘z navbatida hajiograf
[148]
lari tadqiq etishni yaxshi ko‘rgan uning mo‘l jinsiy
quvvati ana shundan.
Do'stlaringiz bilan baham: