HAYOTIMNI BARBOD QILGAN XATO
O'zing asra, Allohim! Hayajondan yuragom to'htab qolguday... Shu ortada nafas
rostlab, keyin borayin, bu holda uni ko'rsam bo'larim bo'ladi, deb o'yladim. Shunday
hayajonda edim. O'sha kunlar qanday go'zal edi!
Qishlog'imizning fe;l atvori eng go'zal qizga oshiq bo'lgandim. "Allohning amri bilan"
deya uni otasidan so'ratdim. Otasi:"U esi yo'q Allohni bilarmidiki, Allohning amri bilan
unga qiz so'rayapsiz. Ichkilikni nima qildi? - debdi. Birinchi borishimizdayoq bermasligini
aytibdi. Men Alifni ololmasligimga ichkilik sabab bo'lishini bilganim kechasiyoq ichkilikni
tashladim. Ikkinchi, uchunchi, beshinchi marta so'ratishimizga qaramasdan, Alifning
imom otasi:"Allohga hiyonat qilgan qizimga ham hiyonat qiladi. Bunday aroqho'rga
qizimni berolmayman", debdi. Chidolmasdan Alifga hat yozdim. "Sen Allohdan
qo'rqmaysanmi Alif? Men sen uchun o'lib tamom bo'lyapman, hanuz ishonmaysanmi?
"dedim. U esa hatni o'qib ortga qaytaribdi. Hat olib borgan elchiga:"Hafa bo'lmasin,
qancha qancha sevishganlar bir birlariga yetishmasdan yashab ketishgan, u ham
yashaydi. Turmush qurishimiz mumkin emas, endi bu ishdan umidini uzsin", debdi. Bu
habar meni toqtimdan ayirdi. Hayolimga ilk kelgan narsa - o'zimni o'ldirish bo'ldi. Ammo
darrov hushimni yig'dim. Men Alifga erishishim krak edi. Reja tuzdim, uni olib
qochmoqchi bo'ldim. Darhol unga habar berdim. "Aslida o'sha telbani men ham
sevaman, lekin turmush quriolmaymiz, otam buni hohlamaydi. Qochish rejasini esa
o'lsam qabul qilmayman", debdi. U ham meni sevardi. Qochish fikrini tutib oldim.
Bilardimki, imomning qizi ham meni sevadi. Unda ham ko'nsil bor, ahir. Men uchun yer
yuzida faqat Alif bor edi. Kecha-kunduzim u edi...
Bir kuni rejamni amalga oshirdim. Do'stimning mashinasida uch kishi bo'lib olib
qochdik. Otasi da'vo qilmasaydi deb havotirda edim. Lekin otasi aqlli kishi
ekan:"Shikoyat qilishning biror ma'nosi yo'q. Agar qizim hohlasa berganim bo'lsin", dedi.
Hursandchiligim cheksiz edi. Darhol ham Islomiy, ham qonuniy nikohdan o'tdik.
Hojao'g'li qishlog'iga darhol qaytdik. Endi Alifimga yetdim. Och va suvsiz qolishga ham
rozi edim. U ham shod va mas'ud edi. U ham meni sevganini, lekin sezdirmaganini
aytdi. "Sizga ishonolmasdim, sizda taqlid ko'rardim", - dedi. Juda bahtiyor edik, ammo
faqirlik belimizni bukar edi. Uch farzandlik bo'ldik. Maktabga boradigan bo'lsalar pul
topilmas, tiyin ham yo'q edi... . Alif juda fidoyi ayol edi... Jonim edi mening... U och
qolardi-yu, menga bildirmasdi. G'ururimga tegib ketishdan qo'rqardi. Juda go'zal hulqli
edi u. Farishtaday edi. Ba'zan bir kunlik ishga borar, men esa juda uyalardim. Unga
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |