461
o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Bizga Gresiyadagi kurd
voqealari, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq talabning keskin pasayish
hollari ma’lum. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan
turoperatorlar katta
yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu
xududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana qaytadi. Berlindagi
xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek turist xavf-xatarni unitishga moyil. U
siyosiy barqarorlik ro‘y bergan mamlakatlarda vaziyat yaxshilanishi bilan o‘sha
yerga yana oshiqadi, ayniqsa, issiq iqlimli xududlar va arzon narxlar haqida bo‘lsa.
Turpaket narxi
. Turpaketning muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim
omil bu – narxdir. Narxlashtirishda boshqalarnikiga o‘xshamagan, alohida
hususiyatli turpaketga ega bo‘lgan turoperatorlar ko‘proq erkinlikka egadir. Ular
narxni asosan xizmatlarni sotib olish va boshqa harajatlar, shuningdek daromadning
ma’lum foizini kiritishga asoslanib belgilaydilar. Ommaviy bozor turoperatorlari
asosan raqiblar narxiga
asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab
pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor
yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni
kamaytirishadi va shu bilan raqiblarining narxlashtirishda
omadga erishishlariga
yo‘l qo‘yilmaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan narxlashtirish usullaridan biri bu
harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va
daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Tur paket narxiga
kiruvchi daromad foizi
qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni
hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi.
Turizmda narxlarni
hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini unutmaslik lozim. Masalan, agar
mavsumiy dasturda uzoq-vaqtli charter reyslarining (seriyasining) ketma-ketiligi,
joylashtirishning “back to back” tamoyili qo‘llanilayotgan bo‘lsa, harajatlar
mavsum boshi va oxiridagi bitta bo‘sh reys ma’lum samalyotdagi jo‘natishlar soni
va o‘rinlar sonini hisoblash orqali aniqlandi. Ular kirishlar soniga bo‘linadi va bu
turpaket narxiga kirituvchi bitta uchishning narxidir.
Ammo turoperatorlar
narxlarni hisoblashning harajatlar usulini qo‘llashda marketing ma’lumotlarini
qo‘llash bilan birga o‘rta bozor narxlarini ham inobatga olishadi.
Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda
bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. “O‘lik mavsum”da narxlar pasayadi
va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Narxlashtirish strategiyasi
rivojlanish bosqichida bu aynan turpaketlar uchun xosdir.
Turpaketlar narxi
nafaqat turistik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga balki boshqa turlar
narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: