8 – MAVZU: TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHIDA TURK
HOQONLIGI DAVRI.
REJA:
1.
Xunlarning g’arbga siljishi
2.
912 yili qirg’izlarning o’z hokimiyatini yuqotish
3.
X asr oxirlarida Qoraxoniylar davlati
4.
XU asrda Shayboniylar davlati.
Turk etnonimi eramizning 6 asrlaridan boshlab yozma manbalarda tez-tez
tilga olina boshlaydi. Tomsen va Bartol-lpdlar tomonidan aniqlashicha, turk
etnomi dastlab ijtimoiy termin bo’lgan, keyinchalik xalq va til oilasining atamasiga
aylangan, yapni avval ayrim urug’i yoki qabilaning nomi bo’lmagan bu so’z
qabilalar uushmasini ifodalay boshlagan va sekin-asta xalq nomi-etnonimga
aylangan.
Turk so’zining etimologik ma’nosi ham uqoridagi avtorlarning aniqlashicha,
«uushgan, birlashgan, kuchli, qudratli» demakdir.
Xunlarning g’arbga siljishi natijasida Mugiliston territoriyasida hokimiyat
eramizning 1 asridan syanpbi qabilalari qo’liga o’tadi. 4 va 5 asrlardan boshlab bu
erda turkiy qabilalar ko’chaya boshlaydi. Eramizning birinchi ming yilligining
ikkinchi yarim Markaziy Osiyoda qadimgi turk davri deb uritiladi. Qadimgi turk
davri Manchjuriyadan Vizantiyaga qadar bo’lgan territoriyada vujudga keltirilgan
birinchi Evraziya imperiyasidan boshlanadi. Bu imperiyaning asoschilari Bumin va
uning ukasi Istamilar \ 5302531 y.\ edi. Aka-uka bir-biridan mustaqil holda
sharqda va g’arbda harbiy urishlar uushtiradi. 581 yili Xitoy imperatorining tazyiqi
bilan Markaziy Mo’g’ulistonda Sharqiy turk imperiyasi va markazi Ettisuvda
G’arbiy turk imperiyasi vujudga keladi. Bu imperiyaga faqat turkiy tilda
gaplashuvchi qabilalargina emas, shu territoriyada yashovchi mo’g’ul, x
ind-evropa, fin-ugor tillarida gaplashuvchi boshqa qabilalar ham turklar tazyiqi
ostida birlashgan edi. Sharqiy turk imperiyasi 630 yili, G’arbiy turk imperiyasi esa
659 yili Xitoy asoratiga tushadi. 50 yildan so’ng Sharqiy turk imperiyasidan Xitoy
mustamlakachilari quvib chiqariladi. Sharqiy turk xoqonligida hokimiyat o’g’iz
qabilalari qo’lida edi. Sharqiy turklar bir necha marta G’arbiy turklar ustida
muvaffaqiyatli urish qiladi. O’g’uz qabilalarining hukmronligi to 745 yilgacha
davom etadi. Bu davrga kelib uyg’ur qabilalari ko’chaydi va Sharqiy turk
hokimligini o’g’uzlardan tortib oladi. O’g’uzlarning bir qismi uyg’urlar bilan
aralashib ketadi, bir qismi esa g’arbga va janubga tomon majbur bo’ladi. Bu
davrda G’arbiy turk hoqonligi territoriyasidagi \Ettisuv, O’rta Osiyo chegaralarida\
kuchli qabilalardan bo’lgan tirgashlar arablar tomonidan tor-mor etilgach, Oltoy
tog’lar va Irtish daryosi oralig’ida yashovchi turkiy qabilalardan bo’lgan qorluqlar
42
tirgashlar teritoriyasini egallaydi va keyinroq Qoraxoniylar davlatining vujudga
kelishiga zamin tayyorlaydi.
G’arbga siljishga majbur bo’lgan o’g’uz qabilalari esa Sirdaryoning o’rta va
quyi oqimidagi boshqa qabilalarni birlashtirgan holda o’z davlatini vujudga
keltiradi. Mo’g’uliston, Zabaykalpe territoriyasida o’z hukmronligini o’rnatgan
uyg’ur qabilalari bu erda shahar hayotini yo’lga qo’yadilar, ayrim o’g’uzlar ruda
qazish va eritish ishari bo’yicha mutaxassislashadilar. Uyg’urlar hukmronligi
davrida madaniyat uksak darajada taraqqiy etdi. Urxun-Enisey yodgorliklarning
asosiy qismi ham shu davrda yaratildi. Bu madaniyat O’rta Osiyo turkiy x
alqlari madaniyatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Uyg’urlar hukumronligiga Enisey
bo’ylarida yashagan boshqa turkiy qabilalar-qirg’izlar barham berdi \ 840 y\.
Mo’g’uliston territoriyasidan quvilgan uyg’urlar Ganpsu va yoshbaliqda ikkita
yangi beklik vujudga keltiradi va ular bu erda o’rtoqlasha boshlaydilar.
912 yili qirg’izlar Xitoy va mo’g’ul qabilalarining tazyiqi ostida o’z
hokimiyatini yo’qotadi. Bu bilan hozirgi Mo’g’uliston territoriyasida turkiy tilda
gaplashuvchi xalqlarning hukmronligiga zil-kesil zarba beriladi. Qirg’iziston yana
Enisey atrofiga ketishga majbur bo’ladi va XII asrdan boshlab hozirgi
territoriyasiga joylasha boshlaydi.
O’rta Osiyo territoriyasiga turkiy xalqlarning kirib kelishi eramizdan avvalgi
birinchi ming yillik o’rtalariga to’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi 4-3 asrlarda
Ettisuv va Issiqko’l territoriyasida Sirdaryoning narigi tomonidagi saklar bilan
aralashgan turkiy usun qabilalari xukmronlik qiladi. Eramizdan avvalgi 2 asrda
sharqdan kelgan xun qabilalari usunlarni engib. O’rta Osiyoda o’z hukmronligini
o’rnatadi, lekin tez orada xun qabilalari sak va usun qabilalari bilan chatishib,
singib ketib, O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezida ishtirok etadi.
Eramizning Xasrida sharqdan kelgan boshqa qabilalar xujumi natijasida
usunlarning bir qismi Tyanshanp va Pomirga joylashgan. Amudaryoning uqori
qismida yashagan janubiy usunlardan toharlar so’g’dlar bilan birgalikda tojik x
alqi etnogenezining asosini tashkil etadi. Usun qabilalaridan bo’lgan qang’lilar esa
\ular Amudaryoning quyi oqimida yashagan\ xorazmliklar etnogenezida asosiy
rolp o’ynagan. Usun qabilalaridan hisoblangan g’arbiy o’g’uz qabilari alanlar bilan
aralashgan holda turkmanlar enogenezida ishtirok etadi. SHunday qilib, O’rta
Osiyo xalqlarining etnogenezisi shu erlik tub aholi asosida tashkil topa boshlaydi.
10 asr oxirlarida Ettisuv va Koshg’arda qorluqlarning Qorax
oniylik davlati vujudga keladi va tez orada ular Movarounnaxrda hukmronlik
qilgan Somoniylar davlatiga barham beradi \999 y.\. Qoraxoniy Satuk Bug’raxon
davrida islom dini qabul qilinadi. Bu davrida Xurosonda G’aznaviylar davlati
\bular ham turkiy sulola edi\ vujudga keladi. Qoraxoniylar bilan g’aznaviylar
to’qnashuvi g’aznaviylar foydasiga hal bo’ladi. Movarounnaxrdagi juda katta
territoriya g’aznaviylar qo’liga o’tadi.
Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida o’z davlatini vujudga keltirgan o’g’uz
kon federasiyasi sharqiy turk va mahalliy substratlarning aralashuvidan vujudga
kelgan bo’lib, ularning ichida turkiylashgan xind-evropa va fin-ugor qabilalari
ham bor edi. 10 asrda Sirdaryoning o’rta oqimida yashagan o’g’uz-turkmnlar
43
orasida kinik qabilasidan bo’lgan Saljuq urug’ining mavqei ko’chayadi. Saljuqlar
islom dinini qabul qilgach, majusiy o’g’uzlarga qarshi «muqaddas» urush eplon
qiladilar. O’g’uzlarning islom dinini qabul qilgan qismi «turkman» nomi bilan
atala boshlaydi. Saljuqlarning to’liq g’alabasi «o’g’uz» nomi o’rniga «turkman»
nomining keng qo’llanishiga olib keladi. Qipchoqlarning kuchli tayziqi ostida bir
qism o’g’uzlar Sharqiy Evropa va Kichik Osiyoga ko’chib ketadi. Saljuqiylar esa
tezda g’aznaviylar sulolasi hamda qoraxoniylar sulolasiga barham beradi.
Saljuqiylar bilan birga o’g’uzlar Kichik Osiyo va Zakavkazpe territoriyasiga
kirib boradilar va borgan joylarida turkiylashish prosessini ko’chaytirib uboradilar.
Zakavkazpe va Kichik Osiyo aholisi tilining turkaliylashuvi bu erlarga 11-12
asrlarda Saljuqiylar davrida o’g’uz qabilalarning ko’plab kirib kelishi bilan
boshlanadi. Kichik Osiyo va Zakavkazpega o’g’uzlar bilan birga ko’plab qipchoq,
uyg’ur, qang’li qabilalari ham ko’chib kela boshlaydi. Kichik Osiyo va
Zakavkazpdagi mahaliy aholi bilan turkiy o’g’uz qabilalarning aralashuvi turk va
ozarbayjon xalqlariniing shakllanishida muhim rolp o’ynadi. Mo’g’ul tillosi esa
O’rta Osiyo, Zakavkazpe, Kichik Osiyo xalqlarida boshlangan turkiylashish
prosessini yanada ko’chaytirdi va tezlashtirdi.
O’rta Osiyo territoriyasiga turkiy xalqlarning kirib kelishi eramizdan ancha
avval boshlangan bo’lib, 8-13 asrlarda bu prosess ayniqsa ko’chayadi. Qorax
oniylar davlatining asosini tashkil qilgan qorluq, uyg’ur, chigil, yag’mo kabi
qabilalar O’rta Osiyo, jumladan, hozirgi O’zbekiston territoriyasiga joylashib,
o’troqlasha boshlaydilar. Ular mahalliy sug’d, sak, xorazmliklar kabi sharqiy
eroniylar bilan aralashib \bu qabilalar bilan aralashish ancha oldin boshlangan edi\
hozirgi o’zbek va uyg’ur xalqlarning etnogenezisiga asos soldilar. Mana shu
davrdan boshlab bu erda xukmron bo’lgan sug’d, xorazmiy tillar sekin – asta o’z
o’rnini turkiy tilga bo’shatib bera boshlaydi. Sug’d va xorazmiy tillari
shakllanayotgan yangi turkiy tilda tapsir qoldirgani holda 14 - asrda mutlaqo
istpemoldan chiqib ketdi. Biroq O’rta Osiyo sharqiy eron tillaridan fors va tojik
tillarida uchramaydigan bapzi elementlar o’zbek tilida uchraydi. O’zbek tilidagi
ayrim turkiy bo’lmagan so’zlar, fonemalar, sug’d, xorazmiy kabi sharqiy eron
tillarining qoldig’i hisoblanadi. Masalan, tojik tilida va o’zbek tilining o’g’uz,
qipchoq, shevalarida farqlanidigan x va h fonemalari, dastlab sug’d hisoblangan,
keyinchalik turkiylashgan shahar aolisi \masalan, Toshkent\ tilida farqlanmaydi.
Bunga sug’d yozuvida \tilida\ x tovushi va uning ifodasi bo’lganligi ham asos
bo’lgan. O’zbek tili va uning bapzi shevalaridagi archimoq \xorazmiycha
«tozalamoq»\, matoh \xorazmiycha madak-«kapital»\, uy \xorazmiycha uyak\, bel\
yazg’ulom tili shimoliy eron tillariga kirib, yagnob tili bilan birgalikda sug’d tiliga
juda yaqin hisoblanadi \tilida belopatka\, kalta\ yazg’ulom tilida ham shu
ma’onda\, kalla \yazg’ulom tilida kal-bosh\ so’zlari sug’d, xorazmiy tillari
materiallari asosidagina izohlanishi mumkin.
Umuman, o’zbek xalqining yadrosi uqorida nomlari tilga olingan turkiy va
eroniy qabilalarning aralashuvi natijasida 11-14 asrlarda shakllanadi. 1 asrda
SHayboniy boshchiligidagi ko’chmanchi o’zbeklarning kirib kelishi bilan shu
44
territoriyadagi mahalliy turkiy tilda gaplashuvchi ko’pchilik aholi o’zbek degan
nom bilan atala boshlandi.
7 asrning 30 – yillarida Kavkazoldi va Azov dengizi bo’yi cho’llarida
Kubanp bulg’orlari boshchiligida kuchli qabila ittifoqi vujudga keldi. Bu «Buuk
Bulg’oriya» davlati Kubrat davrida \7 asr o’rtalari\ Turk xoqonligidan ajralib
chiqdi. Bu ittifoq, turkiy, fin-ugor va alan qabilalaridan tashkil topgan edi. Kubrat
o’limidan keyin bu qabila ittifoqi tarqab ketdi va turkiy qabilalardan bo’lgan x
azarlarning ko’chayishiga sharoit tug’ildi. Kubratning o’g’li Asparux
boshchilidagi bir qism bulg’orlar Dunay tomonga siljidilar va Dunay astrofidagi
mahalliy aholini o’ziga bo’ysundirib, o’zlari tez orada ular bilan aralashib ketdilar.
8 asrda o’z erida qolgan bulg’orlarning bir qismi Povoljpega tomon urdilar va 9
asrda bu erda o’z davlatiga asos soldilar. Bu davlat mo’g’ul istilosi davrigicha
saqlandi. Mo’g’ullar bilan birga va ulardan avval Povoljpega juda ko’plab turkiy
qabilalar kelib joylashdi. SHunday qilib, chuvash, tatar va boshqird xalqlarining
shakllanishiga asos solindi. Chuvash tili eski bulg’or tili xususiyatlarini saqlagan
va fin-ug’or tillari hamda slavyan tillarining tapsiriga uchragan bo’lsa, tatar va
boshqirdlar tiliga qipchoq qabilalari tili tapsir o’tkazdi.
TURK X OQONLIGI DAVRI MAVZUSI BO’YICHA
NAZORATSAVOLLARI
1.
Xunlarning g’arbga siljishining boshlanishi qaysi davrlarga to’g’ri keladi?
2.
Xunlarning g’arbga siljishi natijasida qanday davlatlar vujudga kelgan?
3.
Qoraxoniylar davlati asosini qaysi qabilalar tashkil etgan?
4.
Bu davrda turkiy tillarning holati qanday bo’lgan?
5.
Qoraxoniylar davrida til va madaniyat.
6.
Turk etnonimi haqida.
7.
O’rta Osiyoga turkiy qabilalarning kirib kelishi.
8.
O’zbek etnonimining kelib chiqishi.
9.
Turk hoqonligi davrining turkiy tillar rivojiga ta’siri.
10.
Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring.
TAYANCH ATAMALAR:
1.
Etnonimlar.
2.
Turk imperiyasi.
3.
O’g’uz qabilalari.
4.
Etnogenez.
5.
Qabila tillari.
ADABIYOTLAR:
1.
Abdurahmonov G. Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent. 1982 y.
2.
Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T. 1984 y.
3.
Baskakov N.A. Vvedenie v izuchenie turkskixyazqkov. M.1969.
45
QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARNING O’RGANILISHI
MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI
1.
Eng qadimgi turkiy yodgorliklar haqida nimalarni bilasiz?
2.
«Oltin yorug’» qanday yodgorlik.
3.
O’rxun va Enisey yodgorliklarining asosiy xususiyatlari haqida gapirib bering.
4.
Qadimgi yodgorliklar bizgacha qaysi yozuvlar orqali etib kelgan?
5.
Arxeologik manba deganda nimalar tushiniladi?
6.
Oromey yozuvining o’ziga xos xususiyatlari.
7.
O’rxun-Enisey yodgorliklarining lingvistik belgilari.
8.
Uyg’ur yozuvi yodgorliklari.
9.
«Oltin yorug’» yodgorligining til xususiyatlari.
10.
Qadimgi yozma yodgorliklarni o’rganishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |