Turk nazmida chu tortib men alam
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
O’zbek adabiyotini klassik adabiyot darajasiga ko’targan Alisher Navoiy ayni
chog’da o’zbek adabiy tilini ham klassik til darajasiga ko’tardi. Navoiy tili bir
necha asr davomida turkiy xalqlar orasida namuna til bo’lib, xizmat qildi.
Alisher Navoiy o’z asarlarida ona tilida ijod qilish masalasiga bir necha
marta to’xtab o’tdi. Ona tilini taraqqiy ettirish har bir yozuvchining muqaddas
burchi, deb ta’kidladi u. Bu jihatdan «Layli va Majmun» dostonining so’ng so’zida
aytilgan fikrlar ayniqsa muhimdir:
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu afsonani hikoyat;
Kim shuhrati jahonga to’lg’ay,
Turki bila dag’i bahra olg’ay.
CHunki bu kun jahonda atrok
Ko’ptur x ush tab, sof idrok.
A.Navoiy o’zining bu maqsadini amalga oshirish uchun o’ttizdan ortiq
badiiy va badiiy-didaktik asar yozdi. O’z davrda barchani hayratga solgan va
5
hamon kitobxonlarni lol qilib kelayotgan bu asarlarda o’zbek xalqining aql-
zakovati, o’zbek tilining badiiy qudrati to’la namoyon bo’ldi. U o’zbek tilining
boyligi va nafisligini zamondoshlariga namoyish qilish niyatida «Muhokamat-ul-
lug’atayn» asarini yozdi.
Ona tiliga hurmat bilan qarash, uni qadrlash, rivojlantirib borishga otashin
chaqiriq bo’lgan bu asar ma’lum tarixiy sharoitda, ma’lum talablar asosida uzaga
keldi. Bu davrda Movarounnahrda ham, Xurosonda ham o’zbek va fors-tojik
xalqlari orasida aralashish, ikki tillilik juda kuchaygan edi. Buni Alisher
Navoiyning o’zi ham alohida ta’kidlab ko’rsatadi: «Har miqdorki, bu birining u
biri bila omizish va g’uftu-guzori bor, ul birining ham bu bir bila hamoncha
takallum va guftori bor… Ammo turkning ulug’din kichigiga degincha va
navkardin begiga degincha sort tilidin bahramanddurlar, andog’kim o’z xurd
ahvoliga ko’ra ayta olurlar, balki fasohat va balog’at bilan takallum qilurlar. Hatto
turk shuarosikim forsiy til bila raigin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar…».
Bu davrda turkiy shoirlarning ko’pchiligi fors tilida ijod qilar edi.
A.Navoiyning «Majolis-un-nafois» asaridagi ikkinchi majlisda tilga olingan va
Navoiy yoshlik chog’ida ko’rgan yoki gaplashgan 90 shoirdan 16 tasi turkiy tilda,
shuningdek fors tilida ham ijod qilgan. Asarning uchinchi majlisida tilga olingan
110 shoirdan (bular-Navoiyning yaqin zamondoshlari) faqat 3 tasi turkgo’y
bo’lgan. Fors tilida ijod qilgan shoirning ko’pchiligi, shubhasiz, forslar bo’lgan. Bu
faktlar o’sha davrda fors tilining qanday mavqe tutganligini yaqqol ko’rsatadi.
O’zbek shoirlarining o’z ona tilidan ko’ra ko’proq fors tilida ijod qilishga
intilishining sababini Navoiy ishonarli dalillar bilan ko’rsatib berdi. Bu
sabablardan biri fors tilida yozish odat, an’ana tusiga aylanganligi, ikkinchisi-fors
tilining engilligidir, deb ko’rsatadi Alisher Navoiy. Fors tilining engilligi
deyilganda, bu tilning ishlanganligi nazarda tutiladi. Bu til qarshisida ishlanmagan,
kundalik so’zlashuv ehtiyojlariga xizmat qiladigan turkiy til shoirlarning ko’ziga,
shubhasiz, og’ir, poeziyadek nozik san’atga yaroqsiz ko’rinar edi. O’z ijodini fors
tilida boshlagan A.Navoiy ham o’zbek tilining qudratini keyinchalik idrok etdi. Bu
haqda Navoiyning dil so’zlari joy topgan.
Uning «Muhokamatul-lug’atayn» asari mana shu « qo’l tegmagan» boylikni
zamondoshlariga namoyish qilish maqsadida yozildi. Asar hijriy 905 yilda
(milodiy 1499) tamomlandi. Bu asar Navoiy ijodiga, uning turkiy (eski o’zbek)
adabiy til ustida olib borgan kuzatishlariga qisqcha yakun yasadi.
Asar qisqacha tarixiy ma’lumot bilan boshlanadi. Bunda Alisher Navoiy
arab tilining ahamiyati, fors tili, turkiy xalqlarning madaniy uyg’onishi, ularning
tili to’g’risida yozadi. Asarda avtobiografik ma’lumotlar, Navoiy yozgan
asarlarning ro’yxati va uning ustozlari to’g’risida ma’lumotlar bor. A.Navoiy
turkiy tilda ijod etgan shoirlarni ham ko’rsatib o’tadi. Bular: Lutfiy, Sakkokiy,
Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqumiy, YAqiniy, Amiriy va Gadoiylardir.
Asarning asosiy qismida eski o’zbek va fors tillarining leksik va grammatik
xususiyatlari solishtiriladi. Bu qiyosiy mulohazalarda A.Navoiy bizning ko’z
o’ngimizda ulug’ vatanparvar olim, uksak madaniyatli inson sifatida gavdalanadi.
6
Eski o’zbek tilining afzal tomonlari, ustunliklari to’g’risida mulohaza bildilar ekan,
u fors tilini aslo erga urmaydi, bu tilga o’z hurmatini ochiq izhor qiladi.
A.Navoiy turkiy va forsiy tillardagi so’zlarni bir-biriga taqqoslar ekan,
ancha-muncha tushunchalarning turkiycha atamasi bo’lgani holda fors tilida shu
tushunchani ifodalovchi so’z yo’q ekanligini ko’rsatdi.
Navoiyning bu asari o’zbek va fors-tojik tillarini, ularning lug’at sostavlarini
taqqoslashga bag’ishlangan birinchi filologik asar bo’lib qoldi.
«TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH» KURSINING
MAQSAD VA VAZIFALARI MAVZUSI BO’YICHA
NAZORAT SAVOLLARI
1. Turkiy filologiyaga kirish fani nimalarni o’rganadi?
2.Turkiy filologiyaning vujudga kelish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
3.O’rta asr arab tilshunosligi haqida ma’lumot bering?
4.Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlarni sanab ko’rsating.
Ular haqida nimalarni bilasiz?
5. «Muhokamatul-lug’atayn» qanday asar?
6. Arab tilshunosligining turki filologiyaga ta’siri.
7. Turkiy filologiyaning barcha turkiy tillar uchun umumiy fan ekanligi.
8. Turkiy filologiyaga kirish kursi oldiga qo’yilgan talablar.
9. Turkiy filologiyada qiyosiy tadqiqotlar.
10. Turkiy filologiyaga kirish kursining ahamiyati.
TAYANCH ATAMALAR
1.Filologiya.
2.Turkiy filologiya.
3.Turkiy filologiyaga kirish.
4.Filologik asar.
5.Lingvistik asar.
6.Lug’at.
7.Tarixiy lug’at.
ADABIYOTLAR:
1.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent.
2.Abdurahmonov G’. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.T.1982 y.
3.Baskakov A. Vvedenie v izuchenie turkskix yazikov. M.1969.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |