12
3-MAVZU: QADIMGI YOZMA YODGORLIKLAR
XIII-XIX ASRLARDA YARATILGAN
FILOLOGIK ASARLAR
REJA:
1.Qadimgi yozma yodgorliklar haqida.
2.Qadimgi yozma yodgorliklar tilining o’rganilishi.
3.Mirza Mexdixonning “Sangloh” nomli asari.
4..Xoksorning “Muntaxab –al-lug’at”asari.
5.Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy” asari.
6. Xulosa
O’rta Osiyo va Qozog’iston hududida topilgan yozma yodgorliklar turkiy x
alqlarning qadimdan o’z madaniyati va adabiy tiliga ega bo’lganligidan guvohlik
beradi. Turkiy
xalqlarning
moddiy
madaniy xayoti va yozuv tarixi haqidagi
tarixiy, arxeologik mapmulotlar turkiy tilda so’zlovchi urug’ hamda qabilalarning
eramizdan ilg’ori mavjud bo’lganligini, jamiyat bo’lib tashkil topganligini
ko’rsatadi.
Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari turkumiy (Urx
on-Enasoy) va turk uyg’ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali
etib kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga ham to’la mos, tegishli deb
bo’lmaydi. CHunki ularda O’rta Osiyo va Qozog’istonda yashovchi turkiy
xalqlarga tegishli fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini uchratamiz.
Maplumki yozma yodgorliklar bizga yozuv orqali etib kelgan. SHunday
ekan, turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan?-degan savol tug’iladi. Tarix
iy va arxeologik manbalarning ko’rsatishicha, O’rta Osiyo va Qozog’istondagi
turkiy xalqlar oromey, sug’diy, xorazmiy, urxunenasoy, uyg’ur, arab yozuvlaridan
foydalaganlar.
Runiy (urxun-enasoy) yozuvi oromey yozuvi ta’sirida paydo bo’lgan sug’d
va xorazmiy yozuvlari asosida shakllangan. Avvalo bu yozuv Enisey qirg’izlariga,
so’ngra sharqiy turklarga o’tib tarqalgan. Bu yozuvning borligi fan olamiga 18
asrdagina maplum bo’ladi. Ularning namunalari Enasoy daryosi bo’yida topilgan.
19 asr oxirida esa rus sayyoxi va yozuvchisi N.M.YAdrinsev Urxun daryosi
bo’yidan shu xildagi yozuvlarni topadi. Tuzilishi jihatidan german runik
yozuvlariga o’xshaganligi uchun runiy yozuv, Urxun va Enasoy daryolaridan
topganligini uchun urxun-enasoy yozuvi deb atagan.
Runiy yozuvni 1893 yilda Daniyalik professor V.Tomsen o’qishga muyassar
bo’ldi. U bilan bir vaqtda bu yozuvni rus olimi V.V.Rodlov ham o’qiydi. SHunday
so’ng bu yozuvlarni o’rganish va topish, ularni o’qish ishiga P.M.Melioranskiy,
S.E.Malov, I.A.Batmanov, S.V.Kisilev, kabi turkologlar ham o’z ulushlarini
qo’shadilar. Umuman, runiy yozuvidagi yodgorliklar katta hududlarga tarqalgan
bo’lib, ular qabr ustiga qo’yilgan toshlar, tayoqlar va qoyalarda saqlangan. Ular 5-
8 asrlardagi turkiy tillarning xususiyatlarini o’rganish uchun qimmatli maplumot
13
beradi. 8 asrda uyg’urlar hujum qilganidan so’ng, runiy yozuvi uyg’ur yozuvi bilan
almashtirilgan.
Uyg’ur yozuvi yangi sug’d yozuvi asosida shakllangan. Uyg’ur yozuvi 6
asrlardan tortib 15 asrgacha turkiy xalqlarda va buddachilar orasida hatto 18
asrgacha shakllantirib kelingan.
Uyg’ur yozuvi asosida 9-10 asrlarga tegishli bo’lgan turkiy tillarning yozma
yodgorliklari paydo bo’ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo’lgan asarlardir.
Uyg’ur yozuviga tegishli yodgorlik Suji, Shins-Usu va Sharqiy Turkistondan
topilib, ular tosh va qog’ozlarda saqlangan. Bu yozuv eramizning 8 asriga
tegishlidir. YAglakarxor qabridan topilgan namunani Suji yodgorligi deb,
Muunchura qabridan topilgan namunani Selenga yodgorligi deb uritadilar.
Qog’ozda topilganini Turfon yodgorligi deb ataydilar. Uyg’urlarning ko’pchiligi
budda diniga ham sig’inganlar va o’z yodgorliklarini yaratganlar. Bu
yodgorliklarni «Suvarn» yoki «Oltin yorug’» deb uritadilar. Manix
eylarga tegishli yodgorliklarni dastlab ingliz olimi A.Shteyn, nemis olimi
A.Lokok, fransuz olimi P.Pellpi topib fan olamiga maplum qilgan.
Budda yodgorligi «Oltin yorug’»dan ba’zi parchalarni nemis olimi
F.M.Muller 1908 yilda e’lon qiladi. Uyg’ur yozuvi asosida paydo bo’lgan boshqa
yodgorliqlarni topish va ularni nashr etish ishida V.V.Radlov, S.E.Malovning qo’p
xizmatlari singandir. Ular tomonidan e’lon hujjatlar uyg’ur alfavitining keng
miqyosda qo’llanganini ko’rsatadi.
XI-XV asrlarga oid ko’pgina yirik asarlar turk uyg’ur yozuvida tartib
qilingan. Masalan, «Me’rojnoma»,
Mirza Mexdixon Eron xukmdori Nodirshohning saroyida xizmat qildi. U
“Sangloh” nomi bilan mashhur bo’lgan lug’atini XVIII asrning o’rtalarida /1760
yilda/ yaratdi. Eski o’zbek tilidagi 8000 so’zni o’z ichiga olgan bu ulkan asar ikki
qismdan iborat: 1/grammatik; 2/lug’at.
Asarning
grammatika
qismi
“Maboni-ul-lug’at”deb ataladi. Mirza Mex
dixonning bu grammatik ocherki eski o’zbek tilining o’tmishda yaratilgan eng
mukammal tasviri hisoblanadi.
Ocherkda dastlab turkiy tillarining o’ziga xos xususiyatlari hakida ma’lumot
beriladi. Fe’lning asosi, deb yozadi muallif, arab tilida masdar /infinitiv / bo’lsa,
turkiy tillarda ikkinchi shaxs buyruq maylining birlik soniga tug’ri keladi. Turkiy
tillarda fe’lning boshqa formalari mana shu asosga turli qo’shimchalar qo’shish
yo’li bilan xosil qilinadi.
Grammatik ocherk olti mabnodan / bo’limdan / iborat. Har qaysi mabno eski
o’zbek tili grammatik strukturasining biror tomonini yoritadi.
Birinchi mabno o’n bobga ajratilgan. Unda dastlab fe’lning masdar,
sifatdosh, daraja va mayl formalari hakida fikr uritiladi. Mirza Mexdixon fe’lning
o’zlik / qaytim / va birgalik darajalarini buyruq maylini alohida-alohida tahlil
qiladi.
Ikkinchi bob fe’lning o’tgan zamon formalariga bag’ishlanadi. Ishda fe’lning
o’tgan zamon formasi fe’li moziy deb ataladi. Fe’li moziyga /o’tgan zamon fe’liga/
muallif aniq o’tgan zamon fe’lini /-di,-ti qo’shimchalari bilan yasalgan fe’l
14
formalari /,o’tgan zamon ravishdoshining - / i / b,-/i/ p,-/i/bon,-/i/pon formalarini,
o’tgan zamon sifatdoshining –mish,-gan,-gan,-kan kabi formalarini kiritadi.
Uchinchi bobda fe’lning hozirgi-kelasi zamon formasi bayon qilinadi.
Fe’lning bu formasi ichida fe’li muzori deb ataladi. Fe’li muzoriga –gay, -g’ay, -
kay,-qay,-a+di kabi qo’shimchalar vositasida yasalgan fe’llar kiritiladi.
To’rtinchi bobda ish-amalni bajaruvchi nomini yasaydigan formalar
izohlanadi. Ismi fovil deb nomlangan bu kategoriya muallif -guchi,-g’uchi,-
kuchi,-quchi tipidagi qo’shimchalar yordamida yasaladigan formalarni kiritadi.
Ushbu bobda fe’ldan yasalgan boshqa formalar ham tavsiflanadi. Masalan,-kun,-
qun,-gun,-g’un qo’shimchalari bilan yasalgan formalar ham ismi fe’liga kiritiladi.
Beshinchi bobda o’tgan zamon sifatdoshi bayon qilinadi. Ishda bu forma
ismi mafhum deb ataladi. Ismi mafhulga –mish,-gan/-g’an/,-lig,-lik,-luk,-lug’,-luq
qo’shimchalari vositasida yasalgan formalar kiritiladi. SHu bobda tavsiflangan
formalarning ba’zilari o’tgan zamon fe’liga bag’ishlangan bobda ham tahlil
qilingan.
Oltinchi bobda fe’lning buyruq mayli bayon qilinadi. Muallif fe’lning bu
formasini fe’li amr deb atab, fe’li amrni yasaydigan qo’shimchalarga birma-bir
to’xtaladi. Ettinchi bob buyruq fe’lining bo’lishsizlik formasiga bag’ishlanadi.
Sakkizinchi bobda fe’lning bo’lishsizlik formasini yasaydigan qo’shimchalar sharx
lanadi.
To’qqizinchi bobda ravish va ravishdosh, o’ninchi bobda affikslarning fe’l
o’zagi qo’shishilish yo’llari, bu prosessda affikslarda uz beradigan o’zgarishlar
ko’rsatiladi.
Grammatik ocherkning ikkinchi mabnosida fonetik hodisalar taxlil etiladi.
Bu mabnoda fe’l qo’shimchalarining fonetik variantlari va ularning yozilish
qoidalari ham bayon qilinadi.
Uchinchi mabnoda olmoshlar tavsifi beriladi. Muallif olmoshlarni otlarning
/ismlarning/ bir turi sifatida izohlaydi. Masalan, ko’rsatish olmoshlarini u asmoiy
ishora /ko’rsatish ismlari / deb ataydi. Olmoshlarning otlar tarkibiga kiritilishi arab
grammatik an’anasiga ergashishining natijasidir. O’rta asrlar arab tilshunosligida
so’zlar uch turkumga /otlar, fe’llar va yordamchilarga/ ajratilgan. Bu
klassifikasiyaga muvofiq fe’l va fe’llik xususiyatiga ega bo’lmagan mustaqil
so’zlarning deyarli hammasi otlar /ismlar/ turkumiga kiritilgan. To’rtinchi mabno
affikslar harakteristikasiga bag’ishlangan. Affikslar bu asarda harflar deb
nomlangan. Beshinchi mabnoda gramatik ma’no ifodalaydigan /yoki grammatik
fuksiyada qo’llana oladigan/ so’zlar tavsiflanadi. Bu xil so’zlar orasida tushmoq,
olmoq, bilmoq, yozmoq kabi fe’llar taxlili ayniqsa muxim ahamiyatga ega. Mirza
Mexdixon bunday so’zlarni modal va qo’shimcha /grammatik/ ma’no bildiruvchi
fe’llar sifatida izohlaydi. Oltinchi mabnoda aso turkiy va o’zlashtirma so’zlarning
yozilish qoidalari bayon qilinadi. Mirza Mexdixon asarining lug’at qismi
“Sangloh”deb nomlangan. Forscha sang so’zi “tosh ” degan ma’noni ifodalaydi.
Sangloh /toshli er/ majoziy ifoda bo’lib, forslar uchun tushunilishi qiyin bo’lgan
turkiy /eski o’zbek tiliga oid/ so’zlar toshloq, toshli erga o’xshatilgan. Lug’at
yigirma to’rt bobdan iborat. Bu boblarda so’zlar soni bir xil emas. Ba’zi boblarda
15
atigi to’rt beshda so’z berilgan bo’lsa, ba’zi boblarda mingdan ortiq /xatto ikki
mingacha / so’z berilgan. Lug’atda, so’zlar bilan bir qatorda, ko’plab turg’un
brikmalar, frazeologik ibora va sostavli atamalar ham izohlangan. Mirza
Mexdixonning asari eski o’zbek tili grammatikasi va leksikasi bo’yicha noyob
manba sifatida bir qancha ilmiy tadqiqotning ob’ekti bo’ldi. Xoksorning-
“Muntaxab-al -lug’at”asari. X orazmda yashab ijod etgan shoir va filolog
Muhammad Rizo Xoksor “Muntaxab-al-lug’at” /”Saylanma lug’at”/ asarini 1798-
1799 yillarda yaratdi. Asar izohli lug’atlar seriyasiga kiradi. Unda eski o’zbek
adabiy tilida ishlatilgan arabcha, forscha va ayrim eskirgan o’zbekcha so’zlarning
ma’nolari eski o’zbek tilida / ba’zan fors –tojik tilida / tavsiflanadi.
Asarning kirish qismida o’sha davrda mavjud bo’lgan lug’at va filologik
taraqqiyotlar to’g’risida ma’lumot berar ekan, bu asarlarda yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni, ayrim so’zlarning ularda noto’g’ri izohlanganini ko’rsatib o’tadi.
Lug’at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o’zbek adabiy tilida
ishlatilgan arabcha so’zlar, ikkinchi qismda esa forscha-tojikcha va eskirgan
o’zbekcha so’zlar izohlanadi. ”Muntaxab-al-lug’at”da hammasi bo’lib 2400 so’z
berilgan. Xoksor lug’atining o’ziga xos xususiyatlaidan yana biri shuki,unda
so’zlarning to’g’ri /asosiy/ma’nosi bilan bir qatordia,
ko’chma/x
osila/ma’nolarga ham izoh beriladi.Lug’atda so’zlar arab alifbosi 28 bobga
taqsimlanadi.Har qaysi bobda so’zlar oxirgi tovushga /harfga/ qarab gruppalanadi.
Masalan, alif bilan tugaydigan so’zlar, be bilan tugaydigan so’zlar, te bilan
tugaydigan so’zlar kabi.
Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy ”asari.
Sulaymon Buxoriy –XIX asrda yashagan mashhur o’zbek olimlaridan biri.
U Buxorodagi madrasada o’qidi. Turkiyada /Istambulda/ hayot kechirdi.
Vengiriyada turkologlar anjumanida /1860/ ishtirok etdi. Uning lug’at tuzishiga
mana shu anjumanda qatnashuvi sabab bo’ldi.
SHayx Sulaymon Buxoriyning lug’ati taniqli turkolog I.Kunosh tomonidan
nemis tiliga tarjima qilindi va 1902 yilda Budapeshtda nashr etildi.
Asar uch qismdan iborat.
Birinchi qism muqqaddima bo’lib, u ”Manzumai chig’atoy ”deb nomlangan.
Bu qismda muallif asarning yozilish sababi, o’zining tarjimai holi va lug’atning
tuzilishiga oid ma’lumotlarni keltiradi.
Asarning ikkinchi qismi “Kavoid” deb nomlangan. Bu qism asli o’zbek
tilining grammatik ocherkidir. Unda muallif, til qurilishiga oid tushunchalar bilan
bir qatorda, chig’atoy tilining o’ziga xos xususiyatlarini, uning boshqa turkiy
tillarga o’xshash va ulardan farqli tomonlarini ham aytib o’tadi. Turkiy tillarni
bunday qiyoslash asarning utuqlaridan hisoblanadi.
Sulaymon Buxoriy asarining uchinchi qismini lug’at tashkil etadi. Unda eski
o’zbek tilida ishlatilgan 7000 so’z va turg’un birikma usmonli turk tili vositasida
izohlanadi. So’z ma’nolarining izohlari Alisher Navoiy va boshqa adiblarning
asarlaridan olingan misollar bilan asoslab beriladi.
Sulaymon Bux oriyning Ushbu asari eski o’zbek tilini o’rganishda
jiddiy va ishonchli manbalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega.
16
XIII-XIX ASRLARDA YARATILGAN FILOLOGIK ASARLAR MAVZUSI BO’YICHA
NAZORAT SAVOLLARI
1.SHu davrda yaratilgan filologik asarlarning asosiy mazmun mundarijasi qanday bo’lgan?
2.Mirzo Mexdixon kim? Uning «Sangloh» asari haqida ma’lumot bering?
3.Xoksorning «Muntaxab al-lug’at» asari qanday asar?
4. «Muntaxab-al-lug’at»asarining tuzilish va mazmuni qanday?
5. «Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy » asarining muallifi kim?
6. Asarning o’ziga xos xosliklari?
7. «Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy » asarining mohiyatini gapiring.
8. «Kavoid» qismiga sharxlar.
9. S.Buxoriy asarining lug’at qismi haqida.
10. XIII-CHSHCH asrlarda yaratilgan filologik asarlarda an’anaviylik.
TAYANCH ATAMALAR
1. «Sangloh ».
2. Masdor.
3. Grammatik asos.(forma).
4. Ismi fovil.
5. Muntaxab-al-lug’at.
6. Saylanma lug’at.
7. Alifbo.
8. Manzumai chig’atoy.
9. «Kavoid».
A D A B I YO T L A R
1.
Fattoxov X. Muhammad Rizo Xaksar i ego Muntaxab-al –lug’at.
2.
Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent.
3.
Drevneturkskiy slovarp.L.1969.
Do'stlaringiz bilan baham: |