Microsoft Word turk fil kir10. doc


TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARINI O’RGANISHNING



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana26.05.2022
Hajmi286,84 Kb.
#609078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARINI O’RGANISHNING
ILK DAVRI 
Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining 
vujudga kelishi O’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik 
arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta 
ahamiyatga egabo’ldi. 
Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani ma’lum emas, chunki 
dastlabki arab filologiyalarining asarlari bizgacha etib kelmagan. Mavjud 
ma’lumotlar bu fanning UP asrda paydo bo’lganidan dalolat beradi. 
Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari VIII-XIV asrlarda uksak 
natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sagofiy (VIII asr), al-Basriy Sibovayx
iy (VIII asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy (1Xasr), az-Zamax
shariy (XP asr), Abu X ayyom (XSH-XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi 
va grammatikasi haqida mukammal va izchil ta’limot yaratdilar. 
Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan utuqlarniqo’lga 
kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Faroxidiy (VIII asr) “Kitob-ul-Ayn” lug’atini yaratdi. 
Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi 
hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan zrnini shundan 
bilish mumkin. Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch uz yil keyin yashagan Mahmud 
Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’utiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida 
ta’kidlab ko’rsatadi. 
Arab leksikograflari lug’atning xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy 
(1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1Xasr) maqol va matallar lug’ati, 
Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn-
Kutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi. XIV asrda yashagan 


29
mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli(Ba’zi manbalarga qaraganda 100 
tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor. 
Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy 
(Xasr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida 
so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan. 
Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni faqat arablarning o’zlari 
yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining 
tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda boshqa x
alqlarning vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili 
bo’libgina qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan.SHuning 
uchun adabiyotda,fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini 
mukammal bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi.Ingliz sharqshunosi 
E.Braunning”Eron adabiyoti tarixi ”asarida ko’rsatilishicha,islom madaniyatining 
“oltin davri” hisoblanmish abbosiylar sulolasi xukm so’rgan davrda /749-846 
yillar /arab fani va madaniyatining eng mu’tabar 
Vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa xalqlarning vakillari 
bo’lgan. 
Mashhur arab filologlaridan Sibovayxiy eronlik,az-Zamaxshariy xorazimlik, 
Ismoil al-Javhariy turkiy xalqlar vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xusan,arab 
filologiyasi taraqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rolp o’ynaganligini ochiq-
oydin ko’rsatadi. 
Arab filologiyasi an’analari ta’sirida taxsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda 
boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar.Bunday 
olimlarning ko’pchiligi mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi.Turkiy 
filologiya fanining vujudga kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan 
bog’lanadi. 
Mahmud 
Qoshg’ariy. 
Turkiy xalqlar orasidan etishib chiqqan birinchi ensiklopedist turkolog olim 
Mahmud Koshg’ariy 1029-1038 yillar oralig’ida Koshg’ariy tug’iladi. Uning otasi 
qoraxoniylar sulolasiga mansub bo’lgan. Buni M.Koshg’ariyning bobolari haqida 
aytgan gaplari ham tasdiqlangan. M.Koshg’ariyning yozishicha, uning bobolari 
turk shaharlarini somoniylardan tortib olgan qoraxoniylar sulolasiga asos solgan. 
Mahmud Koshg’ariy Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog’dod kabi 
shaharlarda taxsil ko’radi, arab tilini arab filologiyasi sirlarini puxta 
o’rganadi.Lekin u umrini turkiy xalqlar va ularning tilini tadqiq etishga 
bag’ishlaydi. 
“Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’iz / 
qirg’izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim, -deb 
yozadi. Ularning lug’atlarini to’pladim,turli xil so’z xususiyatlarini 
o’rganib,aniqlab chiqdim”/ ”Devon”,1,44 /. 
M.Koshg’ariy ko’p yillar davomida to’plagan bu materiallari asosida 
“Devonu lug’otit-turk”/”Turkiy so’zlar devoni “/nomli uch tomli asar yozadi. 
Bundan tashqari, uning yana bir asar yozgani ma’lum. M.Koshg’ariyning hali 


30
topilmagan”Kitobi javoxir an-naxv fi-l lug’at at-turk”nomli ikkinchi asarida turkiy 
tillar sintaksisi ustida baxs uritiladi. 
M.Koshg’ariyning”Devonu lug’otit-turk”asari ikki qismdan tashkil 
topgan:1.Kirish 2.Lug’at. 
Kirishda turkiy tillarning mavqei, lug’atning oldiga qo’yilgan vazifalar, 
asarning mundarijasi, turkiy tillarda so’z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va 
ularning tillarining o’ziga xos xususiyatlari yoritiladi. 
Asarning lug’at qismi 8 bo’limdan iborat: 
1/.Hamzali so’zlar /boshida alif, vov, yoy harflari keladigan so’zlar /bo’limi. 
2/solim /tarkibida alif, vov, yoy harflari kelmaydigan so’zlar / bo’limi; 
3/ muzoaf /tarkibida bir harfi ikki marta kelgan takrorlangan so’zlar bo’limi; 
4/ misol /boshida,o’rtasida yoki oxirida alif,vov,yoy harflaridan biri kelgan 
so’zlar /bo’limi; 
5/uch harfli so’zlar bo’limi; 
6/to’rt harfli so’zlar bo’limi; 
7/ gunnalilar /tarkibida burun tovushlari keladigan so’zlar bo’limi; 
8/tarkibida ikki undosh qator kelgan so’zlar bo’dimi. 
Lug’atnig bu tartibda tuzilishi arab leksikografiyasi an’analariga xos edi. 
Muallif lug’at tuzishda mashhur arab tilshunosi Xalil ibn-Axmadning “Kitob-ul-
Ayn”lug’atiga asoslangani alohida ta’kidlaydi. Lekin M.Koshg’ariy Xalil ibn –Ax
madning tradisiyalariga ko’r-ko’rona ergashmadi,uning ayrim prinsiplarini rad 
etdi. Bu xaqida muallifning o’zi shunday deb yozadi: 
“Kitobni tuzish oldida Xalil ibn-Axmadning”Kitob –ul -Ayn”asarida tutgan 
tartibni qo’llash,iste’moldan chiqqan so’zlarni ham bera borish fikri menda 
tug’ilgan edi.Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o’zib 
borayotgan turk tilini yoritish jihatidan ham yaxshi edi.Lekin men o’quvchilarning 
foydalanisht masalaiga asoslandim.Men iste’moldan chiqqanlarini. Men tuzgan 
tartib to’g’riroqdir”/”Devon”,1, 45-46/. 
M.Koshg’ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan 
foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini va fonetikasini bir-
biriga qiyoslab, ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatdi. 
M.Koshg’ariy ko’pgina faktlarga tarixiy yondashdi. U iste’moldagi va iste’moldan 
chiqqan /ya’ni eskigan, arxoizmlashgan /formalarni aniq chegaralab 
berdi.M.Koshg’ariy tilshunoslikda qiyosiy solishtirma metodning asoschilaridan 
biridir. 
Lug’atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so’z izohlangan/boshqa x
isblarga ko’ra M.Koshg’ariy izohlangan so’zlarning soni 9000dan oshadi.Bu 
so’zlar turkiy xalqlar hayotining deyarli barcha soxalarini qamraydi: moddiy 
madaniyat predmetlaining nomlari (kiyim-kechak, uy ro’zg’or, bezaklar, musiqa, 
qurol-yarog’, asbob-uskuna, ho’jalik buumlarining nomlari); enonim va 
toponimlar; qarindoshlik nomlari; davlat tuzimiga oid terminlar; taom nomlari; 
xayvonlar va o’simliklarning nomlari; kasallik va dorilarning nomlari; ilmiy, diniy, 
etnografik, geografik terminologik; yil fasllari, oy va xafta kunlaring nomlari; 
tarixiy va mifologik qaxramonlarning nomlari va shu qabilar. 


31
M.Koshg’ariy so’zlarning qaysi xalq va qabila tiliga oid ekanligi masalasiga 
alohida e’tibor berdi. Bu jihatdan lug’atda keltirilgan so’zlarni bir necha gruppaga 
ajratish mumkin. 
Barcha turkiy tillarda bir xil shakl va ma’noda qo’llanadigan so’zlar: bosh, 
boy, yul, esh, ish qabilar. Ozarbayjon tilshunosi A.M.Demirchizoda umumturkiy 
deb atagan bunday so’zlar M.Koshg’ariy lug’atida izohlangan so’zlarning asosiy 
qismini tashkil etadi. 
Bir necha turkiy tillarda bir xil shakl va ma’noda qo’llanadigan so’zlar s u 
z g a k–cho’mich (arg’u va qipchoo’ tilida ), b o l-asal (suvor va qipchoq tilida) 
qabilar. 
Muayyaan xalq, qabila tiliga oid so’zlar; g e j a k –kokil (arg’u tilida), u t u 
n ch- q a r z (o’g’uz tilida ),k a r a k l a mo q-o’g’irlamoq, talamoq(yag’mo tilida),
t u n a k –qamoqxona, zindon (barsagon tilida), s u g’ u t –so’zma (qorluq tilida) 
qabilar. 
M.Koshg’ariy o’zlashtirma so’zlarni ham e’tibordan chetda 
qoldirmadi.Masalan, k a r a t (o’g’irlash,talash) so’zini u turkman tiliga arab tilidan 
o’zlashgan deb taxmin qiladi shu bilan bir qatorda, M.Koshg’ariy turkiy tillardan 
boshqa tillarga o’zlashgan so’zlarga ham to’xtalib o’tdi.”Paxtali tun” ma’nosida yo 
l m a so’zi xaqida u shunday deb yozadi:”Forslar buni turkiy xalqlardan olib ya l 
m a shaklda talaffuz qiladilar.Arablar forslardan olib yo l m o q shaklida 
qo’llaydilar. Hech kim bu so’zni turklar forslardan olgan deb da’vo qila olmaydi. 
CHunki men bu so’zni eng qirg’oq chegaralarda yashovchi oddiy turk xalqlaridan 
ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko’ra, bu xil yomg’ir elpig’ichiga 
muxtojroqdirlar. CHunki bularni urtida qor, yomg’ir ko’pdir”(“Devon”,SH, 41-
42).
Relyasion ma’no ham derivasion ma’no ham turkiy tillarda o’zakka 
qo’shimchalar qo’shish yuli bilan ifodalanadi. Bu turkiy tillar strukturasining arab 
tili strukturasidan farqini ko’rsatuvchi asosoy tipologik belgidir.M.Koshg’ariy 
mana shu belgini tshg’ri ko’rsata oldi.Uning mofologik ko’rsatkichlar haqidagi 
fikrlari XTX asrda yaratilgan tpologik nazariyalar (F.Bopp,A.SHleyxer va 
boshqalarning nazariyalari) bilan taqqoslansa, M.Koshg’ariyning qachalik etuk, 
genial tilshunos bo’lganligi yanada yorqinroq ko’rinadi. 
Arab tilshunoslari kabi M.Koshg’ariy ham so’zlarni uch turkumga ajratadi: 
ismlar, fe’llar va harflar. Harf termini yordamchi so’zlar va qo’shimchalarni 
anglatgan. M.Koshg’ariyning yozishicha, qo’shimchalar fe’llardan otlar, fe’lning 
daraja formalarini yasash va shu kabi vazifalarni bajarish uchun x izmat 
qiladi.
M.Koshg’ariy turkiy tilar fonetik qonunlarining kashfiyotchisidir. U 
“Devonu lug’atit -turk” asarida fonetik qonununlarining tovush almashinuvi, 
tovush tushishi, tovush ortirilishi kabi ko’rinishlarini batafsil izohladi. 
M.Qoshg’ariy o’z asarida tovushlar garmoniyasi masalasiga alohida e’tibor 
berdi va shu nuqtai nazardan so’zlarni ikki guruhga ajratdi: qattiq so’zlar va 
umshoq so’zlar. Qattiq so’zlar til orqa tovushlaridan tarkib topsa, umshoq so’zlar 
til oldi tovushlaridan tarkib topadi. So’zga qo’shiladigan qo’shimchalar shu so’z 


32
tarkibidagi tovushlarga moslashadi: qattiq so’zga qo’shimchaning qattiq varianti, 
umshoq so’zga esa qo’shimchaning umshoq varianti qo’shiladi. Masalan, sifatdosh 
qo’shimchasining -g’an varianti qattiq so’zlarga, -gan varianti esa umshoq 
so’zlaga qo’shiladi: barg’an, kelgan kabi. 
M.Koshg’ariy qattiq va umshoq so’zlarni farqlashda maxsus 
ko’rsatkichlardan foydalanishga harakat qildi. Masalan, tarkibida k yoki g’ 
tovushi kelgan so’zlarni u qattiq so’zlar gruppasiga, tarkibida k yoki g tovush 
kelgan so’zlarni esa umshoq so’zlar gruppasiga kiritdi. 
M.Koshg’ariy turkiy klassifiksiyasini yaratishiga birinchi bo’lib qo’l o’rgan
olimdir. Uning klassifikasiyasi ikki prinsipga tayanadi: 
1/ tilning sofligi prinsipi
2/ fonetik-morfologik prinsipi. 
Bulardan fonetik- morfologik prinsip etakchi prinsip hisoblanadi. Bu prinsipga 
ko’ra M.Koshg’ariy X1 asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qismga 
gruppalaydi: 
1/ SHarqiy turklar (xoqoniy turklar ) tili;
2/ G’arbiy turklar tili.
M.Koshg’ariy birinchi gruppaga Bolasog’un, Koshg’ar atrofida yashaydigan x
alqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq, uyg’ur, tuxsi, yag’mo kabi xalq va 
qabilalarning tillaridir.
Ikkinchi gruppaga / g’arbiy gruppaga/ o’g’uz, arg’u, qipchoq, totar, suvor, 
yamak kabi xalq va qabilalarning tillarini kiritdi.
SHarqiy va g’arbiy turklarning qator xususiyatlariga ko’ra bir-birdan farqlanadi. 
TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARINI O’RGANISHNING ILK 
DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 
1.Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish qachondan 
boshlangan? 
2.Arab filologiyasining turkologiyaga qanday ta’siri bo’lgan? 
3. Dastlabki turkolog olimlar haqida nimalarni bilasiz? 
4.Dastlabki turkolog olimlar qanday tadqikotlar olib borishgan? 
5.Turkologiyaning 
vujudga 
kelishida dastlabki qadam quygan olimlardan 
kimlarni bilasiz? 
6.Eng qadimgi turkologiyaga oid asarlar xaqida nimalarni bilasiz? 
7. Turkologiyaning ahamiyati haqida gapiring. 
8. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. 
TAYANCH ATAMALAR: 
1.Arab filologiyasi
2.Arab leksikografiyasi 
3. «Devonu- lug’atit- turk» 
4.Kitob-un-ayn 
5.Qatniq so’zlar 
6.Umshoq so’zlar 


33
ADABIYOTLAR: 
1.Abduraxmonov G’., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. T.1982 y. 
2.Malov S.E. Pamyatniki drevneturkskixyazqkov pispmennosti.M., 1951g. 
3.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T.

Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish