XUN DAVRI
Hozirgi tilshunos, tarixchi va boshqa olimlar xunlarni til jihatidan to’ngus
yoki mug’ul emas, balki turkiy deb ko’rsatadilar. Qadimgi Xitoy manbalarida ham
6 asr turklari xunlaring bevosita avlodi sifatida qaraladi. Biroq, Markaziy Osiyodan
to Volga daryosi bo’yigacha bo’lgan territoriyadagi xunlar bir xil tilda gaplashgan
deb bo’lmaydi. Xun davrida qabila va urug’larning tili bir-biridan farq qilgan.
Lekin bu farq bir til oilasi ichida elementar tarzda bo’lgan. Xunlarning yozuvi
bo’lganligi xaqida ayrim ma’lumotlargina mavjud, lekin bu youv aks etgan
yodgorlik topilmagan. Xitoy manbalarida esa xunlarning o’z yozuvi bo’lganligi
haqida shunday deyiladi: Xitoy elchisi 245-250 yillarda Kambodjaga boradi va
qaytib kelgach, quyidagicha axborot beradi: «Ular yozuvi xun yozuvigaux
37
shaydi», bundan tashqari, Xitoy manbalarida xunlar soliq to’lovchilarning mol-
mulkini hisobga oluvchi kitob tutganligi ham aytib o’tiladi. Ba’zi olimlar turkiy
runik yozuv xun yozuvining taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan deb
hisoblaydilar va buni asoslashga harakat qiladilar. Umuman, xun davlatining,
madaniyatining taraqqiyot darajasi ularda yozuv bo’lishini taqozo qiladi. Bu
yozuv xunlarning o’zi tomonidan ixtiro qilinganmi yoki ular boshqa x
alqlarning yozuvidan foydalanganmi har holda ko’pchilik bu yozuv, agar mavjud
bo’lgan bo’lsa, g’arbdan kelgan degan fikrni yoqlaydi., bu hozircha noma’lum.
Xunlarda ijtimoyi tuzum.
Markaziy Osiyodan Dunay buylarigacha etib borgan birinchi turk davlatini
xunlar tuzgan edi. Dastlab Gobi saxrosining janubi-g’arbida paydo bo’lgan xunlar
eramizdan avvalgi 12 asrda G’arbdan Sharqqa o’tadilar va bu erdagi ko’chmanchi
qabilalarni bo’ysundiradilar. Eramizdan avvalgi 9 asrdan boshlab xunlarning Xitoy
bilan urushi boshlanadi. Mana shu payitda Xitoy chegarasida paydo bo’lgan uzchji
qabilalari ham ko’chaya boshlaydi. Bir necha asr davom etgan kurashdan keyin x
unlar qabilalari cho’l zonasida gegemonlikni o’z qo’liga kiritadi. Eramizdan
avvalgi 165 yilda uzchjilar va usunlar G’arbiy Tyang’-Shan hamda Ettisuvga
chekinadilar. Xun davlati ayniqsa shanuy Mode (eramizdan avvalgi 209 yil)
davrida ko’chayadi.
Xun davlati urug’-qabilachilik asosida vujudga kelgan edi. Urug’ saylangan
oqsoqol tomonidan boshqarilar edi. Xun davlati 24 urug’ning uushmasidan tashkil
topgan. Har bir urug’ining o’z oqsoqoli bo’lgan. Ana shu 24 urug’ oqsoqoli
ichidan eng obro’lisi xunlarning shang’uyi (urug’, buuk) bo’lgan. Shang’uy mutloq
hokim bo’lgan emas. Shang’uy avval saylangan bo’lsa, keyinroq u meros bo’lib
o’ta boshlagan. Xunlar Mode davridan boshlab harbiy tartibga katta e’tibor
berganlar. Xoinlik qilganlar, harbiy intizomni buzganlar o’limga mahkum qilingan.
O’g’irlik qilganlarning mulki, ba’zan oilasi ham musodara qilingan. Er davlatining
asosi hisoblangan va har bir oila va urug’ning o’z qishki va yozgi yaylov bo’lgan.
Xunlarda ko’llar ham bo’lgan, lekin ulardan uy ishlarida foydalnilgan. Asosan,
urushda asir tushganlar qulga aylantirilgan.
Xun erkaklari tug’ma jangchi bo’lgan, ya’ni urush paytida urushga
yaroqlilarning hammasi ishtirok etgan. Boyishning asosiy manbai urush paytida
olingan o’lja bo’lgan. Shuning uchun urush ularning xayotida muhim yashash
manbai hisoblangan. Xun askarlari asosan o’q-yoy bilan qurollangan. Urushda
xunlar qo’llagan asosiy taktika tasodifan, shiddat bilan hujum qilib chekinishdir.
Agar dushman hujumga o’tsa, xunlar hujumni qabul qilmay, turli tomonga
chekinib, yana to’planib hujumga o’tganlar. Shuning uchun ularni haydab uborish
oson, engish qiyin, tor-mor keltirish mumkin emas edi.
O’sha davrda xun ayollari taraqqiy etgan davlatlarda, masalan, Xitoy,
Hindiston va Eronda bo’lgani kabi kamsitilmagan aksincha, ular ijtimoyi hayotda
aktiv ishtirok etganlar.
Eramizning 215 yili Xitoy bilan olib borilgan davomli urush natijasida
hamda ko’chayayotgan syanpbi qabilalarining ta’sirida xunlar to’rt tarmoqqa
bo’linib ketadi:
38
1.
Shimoliy xunlar: bular Sibirga siljib, ug’or qabilalari bilan aralashib ketadilar
2.
Uebanp ta’srida bo’lgan xunlar
3.
Xunno-syanpbi aralash qabilalar
4.
Xitoy xunlari: bular 5 asrga kelib to’liq xitoylashib ketadilar
Evropada gunn nomi bilan uritilgan istilochilar asli syanpbi qabilalari
ta’ziyqidan qochib, Ural tog’lari atrofiga kelib qolgan va u erdagi ugor qabilalari
bilan aralashib ketgan shimoliy xunlarning avlodlari edi. 150 yil davomidagi bu
aralashuv xunlarning qiyofasi va psixikasini ham o’zgartirib ubordi. 350 yildan
boshlab xunnlarning Evropada urishi boshlandi.
Xun davri.
Tarixiy manbalarda xunn, xun, gun nomalari bilan uritiladigan qabilalar haqida
eng dastlabki ma’lumotlar Xitoy manbalarida va keyinroq Evropa tarix
chilari asarlarida uchraydi. Bu manbalarda, ayniqsa Hitoy manbalarida aytilishicha.
Xunlar Gobi sahrosining janubiy tomonida yashagan xyanpun va xunpun
qabilalarining shu sahrodan o’tib, Shimoliy Xitoy, Mongoliya, Zabaykalpe
territoriyasidagi aborigenlar va xitoy elementlarining aralashuvidan tashkil topgan.
Bu hodisa taxminan eramizdan avalgi ikkinchi ming yillikning oxirlariga to’g’ri
keladi.
Xunlarning antropologik tuzilishi haqida.
Ma’lumki, dunyoda uch xil inson irqi mavjudligi aniqlangan: evropoid,
mongoloid va negroid. Irq insonning tashqi tuzilishi asosida belgilanadi. Bu
belgilar quyidagilar: terining rangi, bo’yining past-balandligi, kalla suyagiing
tuzilishi, sochining rangi, ko’rinishi, burun tuzilishi, ko’z tuzilishi, labning qalin-
upqaligi, ikqilamchi jun sistemasining rivojlanish darajasi va hokazo.
Arxeologik qazilmalarning ko’rsatilishicha, xunlar yashagan territoriyalarda
o’sha darda evropoid va mongoloid qabilalar ham yashagan. Xitoy janubidagi Di,
Sayan-Oltoy va shunga yaqin territoriyalarda yashagan dinli qabilalari evropoidlar.
Manchjuriya territoriyasida yashagan dunxu, syanpbi qabilalari mongoloidlar
bo’lgan. Xunlar antropologik jihatdan qadimgi barcha yirik qabilalar kabi bir xil
bo’lmagan. Antropologlarnign tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, xunlarning evropoid
va mongoloid elementlarining aralashuvi aks etgan. Shuning uchun ular
antropologik jihatidan poleosibir tilini qiladi. Ular uzining kichikligi, bo’yining
balandligi, burnining kattaligi bilan shimoliy mongoloidlardan ajralib to’rgan.
Keyinroq borib, xunlar ichida shimoliy mongoloidlarga xos belgilar ham paydo
bo’lgan. (Shimoliy mongoloid qabilalari, jumladan, dunxu qabilalari kallasinign
kattaligi, uzining kengligi bilan farqlanganlar). Umuman, qadimgi davrda (hozirda
bo’lgani kabi) bir qabila, xalq ichida turli irqqa xos elementlarni uchratish
mumkin.
Shunday qilib, xunlar evropoid va mongoloid irqlarning arlash tipi bo’lib, turli
davrlarda ijtimoiy sababalarga ko’ra ularda dam evropoidlik, dam mongoloidlik
elementlari ustunlik qilgan.
Xunlarning hayoti va yashash tarzi.
39
Xunlar ko’chmanchi chorvador bo’lganlar, asosan yilqichilik, qoramolchilik,
qo’ychilik bilan shug’ullanganlar. Bundan tashqari, ular tuya va eshak ham
boqishgan. Har bir oila o’z podasiga ega bo’lib, yozda tog’lik yaylovlarga, qishda
esa pasttekislikka ko’chib urishgan. Albatta, ko’chmanchilik sharoitida otning roli
alohida ajralib to’rgan. U ham transport vositasi sifatida xizmat qilgan, ham go’sht
uchun boqilgan. Xunlarning otlari, o’rta va baland bo’yli, tez chopadigan va
chidamli bo’lgan.
O’rmon-cho’l zonasidagi xunlar daraxtlardan urtlar va xun aravalari yasaganlar.
Bu zonada ovchilik ham taraqqiy etgan. Ular, asosan, burgut ovlab, patidan yoy
uqi tayyorlaganlar. Ularning ovqati asosan go’sht, sut. qimiz bo’lgan. Kiyimlar quy
junidan tuqilgan yoki terilardan tayyorlangan. Terini oshlash va tayyorlashni yax
shi bilganlar. Ipak va ipak kiyimlar Xitoydan keltirilgan.
Dehqonchilik bilan muntazam shug’ullanmaganlar. Ba’zi xun qabilalarining
o’rmon-cho’l zonasida bug’doy, tariq ekkanligi ma’lum. Lalmikor erlarga (ya’ni
sug’orish shart bo’lmagan joylarga) ekin ekib, yig’ishtirib olish dehqonchilikning
eng keng tarqalgan formasi bo’lgan.
Arxeologik qazilmalar xunlarning metall eritish bilan,
xunarmandchilik bilan shug’ullanganini ko’rsatadi. Zabaykalpe va Mongoliya
territoriyasi eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikdayok bronza
metallurgiyasining markazlaridan biri edi.
Xunlarda, keng tarqalgan bo’lmasa ham, shahar hayoti mavjud edi.
«Xun shaharlari taxminan to’rt burchak shaklida bo’lib,… xunarmandchilik
mahallari, hukmdorlar saroylari hamda turar joylardan iborat edi».
Xunlarda
madaniyat.
Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda
Zabakaykalpe va Markaziy Mongoliyada xunlarning ilk mustaqil madaniyati
vujudga keladi. Bu tarixda «plitali kabr madaniyati» deb uritiladi. Bu madaniyat
bronzadan yasalgan juda ko’p yodgorliklarni o’z ichiga oladi. Ularning ba’zilari
bug’u tasviri bilan bezatilgan bo’lib, bular ularning juda katta mahorat egasi
bo’lganligini ko’rsatadi. Eramizdan avvalgi 3 asrga kelib bronza o’rniga temir
ishlatila boshlaydi.
Xunarmandlar qimmatbaho toshlardan turli bezak va taqinchoqlar
yasaganlar. Ayollar kiyimidagi ayrim naqsh formalari o’z nafisligi bilan ajralib
turadi.
N.K.Antanovning aytishicha, xunlarga tegishli badiiy buumlar dunyoning
barcha yirik muzeylarida mavjud bo’lib, tasviriy san’atning «hayvon stili» deb
nomlanadigan turining ixtirochisi va tarqatuvchisi ham eramizdan avvalgi ikkinchi
va birinchi ming yilliklarda Markaziy Osiyo territiriyasida yashagan qabilalar,
jumladan, xunlar bo’lgan. Bu yodgorliklarda ko’p shoxli afsonaviy bug’u tasviri
ko’p uchraydi, bundan tashqari, bug’uga hujum qilayotgan sher, ot qabilar ham
tasvirlangan.
Xunlarda
din.
Xunlarda ko’p xudolilik hukm so’rgan. Xunlarning hukmdori (shanpuy) har
kuni chiqayotgan quyoshga, kechqurun oyga topingan.
40
Ular har yili bahorda ajdodlariga, osmonga, erga va ruxlarga qurbonlik
qilganlar. Xunlarning hukmdori «osmon bilan erdan tug’ilgan, quyosh va er irodasi
bilan tayinlangan» degan unvonga ega bo’lgan. Tarixchilarning fikricha, shimol
xalqlarida bunday din bo’lmagan, bu din ularga g’arbdagi qo’shnilari – uechji yoki
dinlilardan kirib kelgan. Osmon jismlaridan ulduzlarga ham sig’inganlar. Harbiy
urishlarda ulduzlar holatiga qaralgan. Xunlar narigi dunyodagi hayotga ham
ishonganlar. Shuning uchun marhumning nariga dunyoga kerak deb hisoblangan
narsalar bilan qo’shib ko’mganlar. Ba’zi hollarda hukmdorlar murdasi bilan birga,
ularga narigi dunyoda xizmat qilishi uchun asirlar ham qo’shib ko’milgan
(ayniqsa, dovurak asirlar qadrlangan). Ajdodlar ruhiga ba’zi asirlar qurbonlik
qilingan. Bular xunlarning diniga ilk xitoy shamanizmining ta’siri deb ko’rsatiladi.
Umuman, ajdodlar ruhiga ishonish, ya’ni o’tmish ota-bobolarning ruhi kishilarning
hayotiga aralashadi deb qarash xunlarda, keyinroq turkiy xalqlar hayotida uzoq
paytgacha saqlab kelingan.
Xunlarning tili va yozuvi.
Xunlarning tili haqida tarixiy manbalarda xilma-xil fikrlar bildirilgan.
Chunki ularning tilida yozilgan birorta yodgorlik bizgacha etib kelmagan.
Xitoy manbalarda bizgacha etib kelgan sanoqli xun so’zlari ham xitoy
transkripsiyasida ifoda etilgan bo’lib fonetik jihatdan juda o’zgartirib uborilgan.
Kastren, Ramstedt kabi ba’zi tilshunoslar xun tilini turkiy va mo’g’il tillari uchun
umumiy bobo til bo’lgan, degan fikrni bildirdilar. A.N.Baskakov xun tili turkiy
tillar taraqqiyotida umumiy bir davrni tashkil qiladi, degan fikrni, V.V.Bartolpd
esa xun tili hozirgi chuvash tili, o’lik tillardan bulg’or, xazar tillari bilan birga bir
gruppani tashkil qiladi, degan fikrni ilgari suradi.
XUN DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI.
1.Xunlarning ijitmoyi hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2.Xunlar qaysi hududda yashaganlar?
3.Xunlarning tili va yozuvi haqida qanday ma’lumotlar mavjud?
4.Xun davriga xos xususiyatlar hozirgi turkiy tillarning qaysi birida saqlanib
qolgan?
5.
Xun davri san’atida «Hayvon stili».
6.
Xun tilining hozirgi qaysi tillarga ta’siri kuchli?
7.
Xun yozuvi haqida.
8.
Xunlarning keyingi tarmoqlari.
9.
Shimoliy xunlar.
10.
Xunlarga syanpbi qabilalarining ta’siri.
TAYANCH ATAMALAR:
1.Xun davri
2.Xunlar antropologiyasi
3.Ugor qabilalari
4.Xun yozuvi.
41
ADABIYOTLAR:
1.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1984 yil.
2.Abduraxmonov G’., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. T. 1982 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |