2
Tuzuvchi:
ABDULLAEV
SH.
Ma’ruzalar matni Qoraqalpoq davlat universiteti
o’zbek filologiyasi kafedrasining 2008 yil ____-
avgustdagi yig’ilishida qayta ko’rilib,
ayrim
tuzatishlar kiritilib ma’qullangan.
KAFEDRA
MUDIRI:
dots.
H.Abdullayev
3
1-MAVZU:
«TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH» KURSINING
MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA:
1.
Turkiy filologiyaning shakllanishi.
2.
Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlar.
3.
A.Navoiyning asarlari haqida xarakterli ma’lumotlar.
Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining
vujudga kelishi o’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik
arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani
ma’lum emas, chunki dastlabki arab filologiyalarining
asarlari bizgacha etib
kelmagan. Mavjud ma’lumotlar bu fanning VII asrda paydo bo’lganidan dalolat
beradi.
Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari VIII-XIV asrlarda yuksak
natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sag’ofiy (VIII asr), al-Vasriy Sibovayhiy ( VIII
asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy (1X asr), az-Zamaxshariy (XII asr), Abu
Hayyom (XIII XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi va grammatikasi haqida
mukammal va izchil ta’limot yaratdilar.
Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga
kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Farohidiy (VIII asr) «Kitob-ul-Ayn» lug’atini yaratdi.
Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining
ibtidosi
hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan o’rnini shunday
bilish mumkin: Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch yuz yil keyin yashagan Mahmud
Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’atiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida
ta’kidlab ko’rsatadi.
Arab leksikograflari lug’atining xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy
(1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1X asr) maqol va matallar lug’ati,
Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn
Qutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi.
XIV asrda yashagan
mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli (ba’zi manbalarga qaraganda 100
tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor.
Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy
(X asr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida
so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan.
Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni arablarning o’zlari
yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining
tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda, boshqa xalqlarning
vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili bo’libgina
qolmay,
shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan. SHuning uchun
adabiyotda, fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini mukammal
bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi. Ingliz sharqshunosi B.Braunning «Eron
4
adabiyoti tarixi» asarida ko’rsatilishicha, islom madaniyatining «oltin davri»
hisoblanmish abbosiylar sulolasi hukm surgan davrida (749-846-yillar) arab fani
va madaniyatining eng mo’tabar vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa
xalqlarning vakillari bo’lgan.
Mashhur arab filologlaridan
Sibovayhiy eronlik, as-Zamaxshariy xorazmlik,
Ismoil al-Javhariy turkiy xalq vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xususan, arab
filologiyasi tarqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rol o’ynaganligini ochiq-
oydin ko’rsatadi.
Arab filologiyasi an’analari ta’sirida tahsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda
boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda, xususan,
turkiy xalqlar tili va
adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar. Bunday olimlarning ko’pligi
mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi. Turkiy filologiya fanining vujudga
kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog’lanadi.
Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlar.
Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul-lug’atayn» asari.
Alisher Navoiy o’zbek xalqi madaniyati, adabiyoti va tili tarixida mislsiz katta rol
o’ynagan ulug’ siymodir. A.Navoiyning ijodi O’rta Osiyo turkiy xalqlarining
vatanparvarlik harakati ku’chaygan bir sharoitda kamol topdi. U o’zbek
adabiyotini
namuna adabiyot, klassik adabiyot darajasiga ko’tardi. A.Navoiyning
nomi haqli ravishda Sharqning Firdavsiy, Nizomiy kabi zabardast shoirlari
qatorida turadi.A.Navoiy o’zbek adabiyotini mana shu yozuvchilar yaratgan ulug’
adabiyot darajasiga olib chiqdi. Umrining oxirgi paytlarida yaratgan «Lison-ut-
tayr» asarida A.Navoiy shunday deb yozadi: