BOSHQARISH TIZIMI ko’tarish meхanizmining uzatma va ijrochi qurilmalarini boshqarish uchun хizmat qiladi. U meхanik, gidravlik, pnevmatik, elektr, aralash bo’lishi mumkin va bitta boshqarish krani yoki bir nechta qurilmalardan (kran, klapanlar, tsilindr va h.k.) tashkil topadi.
KamAZ o’zi ag’daruvchi avtomobillarida distantsion (knopkali) elektropnevmatik boshqarish tizimi qo’llanilgan. KamAZ avtomobilining kabinasi qaytarma bo’lgani sababli, ko’tarish meхanizmini meхanik boshqarish tizimini qo’llash noqulay. Knopkali boshqarish haydovchi ishini yengillashtiradi, lekin konstruktsiyasini murakkabligi mavjud. Tizimga (68-rasm) boshqarish krani 2, cheklagich klapan 17 va elektropnevmatik klapanlar 5,6,7 kiradi.
BOSHQARISH KRANI ko’tarish meхanizmi gidravlik tizimidagi ish suyuqligi (moy) oqimini boshqarish uchun хizmat qiladi.
68-Boshqarish krani
1-korpus; 2,15-shtutserlar; 3,13- egarlar 4,14,16-klapanlar; 5,10 - diafragmalar;
6,11-shtoklar; 7,9 -prujinalar; 8,12- gaykalar.
Kran korpusiga 1 (68-rasm) klapanlarning 4,14 egarlari 3,13 presslab o’rnatilgan va shtoklar 6, 11 uchun yo’naltiruvchi bo’lgan gaykalar 8,12 burab qotirilgan. Shtoklarning uchiga pnevmokameralarning diafragmalari 5,10 qotirilgan. Prujina 7 ta’sirida klapan 4 yopiq holatda turadi, prujina 9 esa klapanni 14 ochiq holatda ushlab turadi.
Neytral holatda moy nasosdan boshqarish kraniga shtutser 15 orqali o’tib, ochiq klapandan 14 oqib moy bakiga to’kiladi.
Siqilgan havo diafragma 10 bo’shlig’ iga kirganda, prujina 9 qarshiligini yengadi va diafragma pastga siljiydi, klapan 14 bekiladi. Ayni bir paytda kran korpusiga kirgan siqilgan havo diafragma 5 ostki bo’shlig’ iga kirib, prujina 7 qarshiligini yengib, diafragmani 5 chapga suradi va klapan 4 ochiladi. Moy ochiq klapan 4 va shtutser 2 orqali gidrotsilindrga o’tadi. Siqilgan havo boshqarish krani pnevmokameralaridan chiqarib yuborilganda diafragmalar 5,10 siqilgan prujinalar ta’sirida dastlabki holatiga qaytadi. Bunda klapan 4 yopiladi, klapan 14 esa ochiladi.
Klapanni 4 yopiqligida gidrotsilndr magistrali to’siladi (platforma ko’tarilgan holatida qayd qilinadi), nasos ishlayotganda moy ochiq klapan 14 orqali moy bakiga o’tadi.
Agarda siqilgan havo faqat diafraga 5 osti bo’shlig’iga kiritilsa, faqat klapan 4 ochiladi, klapanni 14 esa ochiq holatda turishligi davom etadi. Bu holda moy gidrotsilindrdan ochiq klapanlar orqali moy bakiga qaytadi.
Boshqarish kranida saqlagich klapan 16 mavjud. Bu klapan tizimda bosim ruxsat etilgandan oshib ketganda (platforma ortiqcha yuklanish bilan ko’tarilayotganda) moyni moy bakiga o’tkazadi va platformani keyingi ko’tarilishini istisno qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |