15-MAVZU: TRAKTORLARNING GIDRAVLIK O’RNATMA TIZIMI.
Reja:
Traktor va o’zi yurar QXM lar gidravlik tizimlari konstruktsiyasi
Gidronasoslar, gidrotaqsimlagichlar, kuch slindrlari
O’rnatma va tirkama qurilmalar konstruktsiyasi va tasniflanishi
Traktor va o’zi yurar QXM lar gidravlik tizimlari konstruktsiyasi
Ma’lumki, zamonaviy traktorlar deganda universal mashinani tushinamiz ya’ni, har hil ishlarni qiloladigan, o’rnatma jihozlar bilan jihozlangan traktorlar. Masalan, MTZ-80, MTZ-82 traktorlari. Traktorlarni o’rnatma jihozlaridan asosiysi gidravlik o’rnatma jihozidir. Bular: Gidronasoslar, gidrotaqsimlagichlar, kuch slindrlari.
Xaydovchi traktor kabinasida o’tirgan xolda uni boshqribgina qolmasdan o’rnatma joxozlarni xam boshqara oladigan zamonaviy traktorlar xozirgi kunda ko’p ishlatilib kelinmoqda.
Traktorlar quyidagi ishchi o’rnatma qurilmalar bilan jixozlangan bo’ladi.
62-rasm. Traktorlarning ishchi qurilmalari.
a- gidravlik o’rnatma tizim; b- mahkamlash shkivlari; v- vallar; g- tirkama jixozlari.
1,6- o’rnatma ko’tarish mexanizmlar; 2,5- kuch slindri; 3- nasos; 4- taqsimlagich; 7- ishchi jihoz; 8- yon shkiv; 9- orqa shkiv; 10- yon tomon vali; 11- orqa val;
Gidronasoslar gidravlik tizimga o’rnatilgan bo’lib, moyni gidroslindrga yuqori bosimda xaydab berish uchun xizmat qiladi (12.5 MPa gacha). Gidronasos ushbu bosmni 2...3 sekundda o’rnatma jixozlarni ko’tarish uchun xosil qilaoladi.
Nasos tuzilishini N.SH.- 32U va N.SH.-32-2 (N- nasos, SH- shesterna, 32- valning bir marta aylanishida shchi suyuqlikni nazari xaydash xajmi m3, U- unifikasiya).Nasosning tuzilishi 63- rasmda keltirilgan.
63- rasm. Moy nasosi.
a-NSH- 32U; b- NSH-32-2;
qopqoq; 2- korpus; 3- yetakchi shesterna; 4- yetaklanuvchi shesterna; 5-
siquvchivtulka; 6- manjet; 7- vkladish; 8- qotirgich; 9- korinish sxemasi; 10-
plastik; 11- oboyma; 12- markaziy btulka; 13- pochimlikli oboyma.
N.SH.- 32U nasosi ko’rpus 2, uni ichida ikkita etakchi 3 va etaklanuvchi 4 shesternalar joylashgan. Nasos ishlayotgan vaqtda tizimda yetarli bosim xosil bo’lishi uchun ikkala shesterna tishlarining qirralari bilan korpus devori oralig’idagi radial tirqish kichik bo’lishi nazarda tutilgan. Yetakchi tishli g’ ildirak xarakatni vilkadan oladi va unga shponka yordamida mahkamlanadi. Yetaklanuvchichi tishli g’ ildirak esa o’z o’qida erkin aylanadi.
Nasos ishlayotgan paytda uning tishli g’ ildiraklari strelka bo’yicha yo’ nalishda aylanadi.
Shunda moy qabul qilgich orqali nasosning kiritish kanalida vujudga kelgan siyraklanish ta’sirida so’riladi va ko’rpus devori bilan tishlar orasidagi bo’shliq to’ldiriladi. Tishli g’ildiraklarning aylanishi davomida bo’shliqlardagi moy ko’rpus devori bo’ylab nasosning xaydash kanali orqali asosiy moy kanaliga bosim bilan yuboriladi. Tishlar ilashishga kirayotganda ular oralig’idagi, o’ramda qolgan moy qisilib g’ildiraklarniradial yo’ nalishda ikki tomonga keradigan kuch xosil qiladi va ularning erkin aylanishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun tishlarning ilashgan joyida, ko’rpusda ariqcha o’yiladi va uni kanalcha orqali xaydash bo’shlig’ i bilan tutashtiriladi.Shunda g’ildiraklarning erkin aylanishiga qarshilik ko’rsatayotgan tishlar oralig’idagi qisilgan moylar xaydash bo’shlig’ iga o’tkazib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |