Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
2
Uyimizda nimamizdir yo‘qday bo‘ldi, uyimizda nimamizdir kamday bo‘ldi.
Bola-baqralarimni qaradim, — bari omon-eson bo‘ldi. 
Mol-hollarimni sanadim — bari tugal bo‘ldi. 
Tovuqlarimni sanadim — tovuqlarim-da tugal bo‘ldi. 
Unda kimim yo‘q bo‘ldi, unda nimam yo‘q bo‘ldi? 
Men o‘ylab-o‘ylab topdim — ayvonimiz shipida hayot qechiruvchi qaldirg‘ochlarimiz yo‘q bo‘ldi. 
Qaldirg‘ochlarimiz qayoqqa ketmish bo‘ldi? 
Qayoqqa bo‘lardi — Afg‘onistonga-da. Amudaryo o‘ng beti Afg‘oniston-da. Iliq yurt oti bo‘ladi 
— qaldirg‘ochlar yurti bo‘ladi-da. 
Qaldirg‘ochlar afg‘on yurtga safarlabdi — kuz oxirlabdi-da. 
 

Bir dalam yuzi oppoq-oppoq bo‘ldi. Bu ne bo‘ldi? Erta tushmish qor bo‘ldimi yo qirov bo‘ldimi? 
Bir vaqtlar ana shu dalam g‘uj-g‘uj qamishzor edi. Qirg‘ovulzor edi. 
Denovdan besh-olti qur keldi. Qurlar ana shu qamishzorni tep-tekisladi. Pol-polladi. Sholipoya 
etdi. 
Qamishzorda shundayam sholi bo‘lmoqlik qildi, shundayam sholi bo‘lmoqlik qildi-e! Qurlar o‘z 
sholisini o‘zi tashib ololmay qoldi! 
Shunda qurlar bizga-da bir xaltaday guruch berdi. 
Ana shunda qozonimiz guruch ko‘rganday bo‘ldi! Ana shunda qornimiz palov yeganday bo‘ldi! 
Ammo... kattalar qurlarni ko‘p ko‘rdi. 
— O‘zbekiston Quriya emas! — deya do‘qladi. 
Shu-shu — qurlar qorasini qaytib ko‘rsatmadi. 
Sholipoya paxtazor bo‘ldi. 
Men mazkur dalamni suvlab edim — yer usti suvni yer ostiga qarab singdi-singdi — yer osti suvi 
bilan qo‘shildi. Shunda, yer osti suvi tuproq qil-qil nozik yo‘llaridan yer betilab keldi. Yer osti suvi yer 
betida bug‘landi-bug‘landi — havolab uchib-uchib yo‘qoldi. 
Yer betida ana shu oppoq-oppoq tuzlar qoldi. 
Men ushbu dalamni uchta polladim. Pollarni tizza bo‘y-tizza bo‘y marzaladim. Marzalarni bel yuzi 
bilan tars-tars urib zichladim. 
Pollarni aylantirib ariq qazidim. Ariq endi bir ketmon enicha bo‘ldi. Ariq chuqurligi tizza bo‘yicha 
bo‘ldi. 
Uchta polni-da labolab-labolab suvladim. Ko‘llatib-ko‘llatib suvladim. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish