Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
32 
Tush mahal bir momo eshak minib, keladi. 
Men momoni darrov taniyman — momo Ziyodni onasi bo‘ladi. 
Ko‘nglim bir orziqib oladi. 
Ziyodni onasi eshagidan tushadi. Tevarak-boshga qaraydi. Muallimlarimiz taraf yuradi. 
Ziyodni onasi muallimlar bilan gapirishib o‘tiradi. 
Fizika meni imlaydi. 
— Momoni shtabga olib bor, — deydi. 
Men Ziyodni onasi oyog‘idan olib yuboraman. 
Ziyodni onasi to‘qimga joylashib o‘tirib yo‘l oladi. 
Men eshak qabatida boraman. 
Yo‘lda Ziyodni onaai inqillab-inqillab boradi. Bir og‘iz-da gapirmay boradi. 
Men eshak yotoq oldi tolga qantaraman. Ziyodni onasini yotoq ergashtiraman. 
Ziyodni onasi yotoqqa bir sidra qarab oladi. 
— Ulimning joyi qaerda? — deydi. Men Ziyodni joyini aytaman. 
Ziyodni bo‘xchasi haliyam joyida turmish buladi. 
— Manavi bo‘xchasi, — deyman. 
Ziyodni onasi bo‘xchani oladi. Bo‘xcha uyoq-buyog‘ini qaraydi. 
— Ha, shu, — deydi. —Ulimniki... 
Ziyodni onasi bo‘xchani qo‘ltiqlab tashqarilaydi. 
Ziyodni oiasi tol ostida bo‘xchani ochadi. Ichidan Ziyodni kiyim-kechagini oladi. Ikki tol orasi 
simga qoqib-qoqib yoyadi. 
Ziyodni onasi soyalab o‘tiradi. Bilaklarini tizzalariga qo‘yib o‘tiradi. Ziyodni kiyim-kechagiga 
qarab o‘tiradi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
Ziyodni kiyim-kechagi oftobiyorda sarg‘ayib-sarg‘ayib turadi. 
Ziyodni onasi betini bilaklariga bosadi. Ziyodni onasi iz-z-iz-z yig‘laydi. Ziyodni onasi yum-m-
yum-m yig‘laydi. 
Men Ziyodni onasiga qo‘shilib yig‘layman. 
— Bari ayb mendan bo‘ldi, — deyman. — G‘o‘za ichida uxlama, deganimda, Ziyod oshnam 
ketmas edi... 
Men ko‘zlarimni qo‘lim sirti bilan artib-artib yig‘layman. Men Ziyodni ust-boshnga qarab-qarab 
yig‘layman. 
Shunda, ko‘z oldim jimir-jimir etadi. Jimir-jimirni oftob ziyo deb bo‘lmaydi. 
Men tag‘in-da yaqin borib qarayman, Ko‘zlarimni artib-artib qarayman. 
Ziyodni ust-boshi g‘ij-g‘ij... bit bo‘ladi! Tikishlardan bit uradi! Yirtiqlardan bit uradi! Oftobiyord
1
g‘imir-g‘imir etadi! Misoli nur jimirlamish bo‘ladi! 
Yuzlarim lov-lov yonadi —Ziyod uchun-da orlanaman, o‘zim uchun-da orlanaman! 
Boisi — badanimda g‘imirlamish bitlarim Ziyodni bitlaridan ziyod bo‘lsa bo‘ladi — kam 
bo‘lmaydi! 
Men yuzlarimni chet buraman. Men ko‘zlarimni olib qochaman. 
Ziyodni onasi endi ovoz berib-ovoz berib yig‘laydi. Shunda, shtabdan direktorimiz chiqib keladi. 
Nima gap, o‘rtoqlar? — deydi. Direktorimiz Ziyodni onasini ko‘rib rangi o‘chadi. 
— Bizda nima ayb, momo, — deydi direktorimiz. — Bizda nima ayb. Buni o‘z oti o‘zi bilan paxta 
fronti deb qo‘yibdi. Front qurbonsiz bo‘lmaydi. 
Direktorimiz Ziyodni onasi yelkasiga qo‘lini qo‘yadi. 
— Bolani o‘zi paxta ichida qolibdi-da, — deydi direktorimiz. — Kim biladi, biron nimaga 
yo‘liqqanmi. Sizlar eskichani yaxshi bilasizlar-ku... 
Men direktorimiz ko‘rmasin deya, Ziyodni ust-boshini simdan tortib-tortib olaman. Bo‘xchaga 
solib-solib qo‘yaman. 
Direktorimiz Ziyodni onasini qishlog‘imizga qaytarib jo‘natmoqchi bo‘ladi. 
Ammo Ziyodni onasi ko‘nmaydi. 
— Ulim yo‘liqqan joyni ko‘rsatinglar! — deydi. Direktorimiz menga imo beradi. 
— Mayli, olib bor, — deydi. — Keyin, qishloq yo‘liga solib yubor. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish