Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
—
Ikkita-da gapmi, Hayitkalni jarida besh-oltitasini otib ketibdi.
— Hay, bir zamonlar bo‘layapti-da.
Onamiz ko‘zasini suv botirib oladi. Ko‘za yelkalab qaytadi. Yo‘lda ko‘za qo‘yib dam oladi. Men
yo‘l bosh-adoq olazarak bo‘laman.
— Otam qani... — deya ingillayman. To‘lib-toshib turmish onamiz cho‘rt yoriladi:
— Ishtonimni ichida! Eshitdingmi? — deydi. — Manavi ishtonimni ichida!
Men mana bo‘lmasam deyman-da, ko‘zadagi suvga tupurib qochaman.
Onamiz ketimdan tosh otib qoladi.
— Ha, oshingni yeyin sen tentakni, oshginangni yeyin! — deydi.
Onamiz suvni to‘kib tashlaydi. Tag‘in hovuz yo‘l oladi.
9
Onamnz meni qarg‘ab-qarg‘ab yotqizadi.
Men onamiz ro‘molini tortqilay-tortqilay uxlab qolaman.
Bir mahal eshigimiz g‘ijir-g‘ijir ochilib yopiladi.
Men ko‘zimni ochgani erinaman.
Onamiz tashqarilayapti, deya o‘ylayman.
O‘n besh-yigirma kunda bir bor shunday bo‘ladi.
Bir safarida uyqum kelmayin yotaman.
Onamiz ohista-ohista to‘shakdan turadi. Onamiz oyoq uchida-oyoq uchida ayvonlaydi.
Ayvon tarafdan shivir-shivir eshitaman. Shivir-shivirda meni otim-da bo‘ladi.
Gap-so‘zlarni alayna-alayna eshitolmayman. Ammo-lekin ko‘nglim tuyadi: ana shu shivir-shivirchi
otamiz bo‘ladi!
— Ota, ota! — deya lik etib turaman. Onamiz ila-chila qaytadi.
— Ha, nima, nima? — deydi. — Ota? Qani ota? Nima balo, elovrayapsanmi? Yot, uxla, yot!
Onamiz boshimni silay-silay ketadi. Onamiz boshimga ko‘rpani torta-torta ketadi.
Men tag‘in ko‘rpadan boshimni olaman. Ko‘zlarimni katta-katta ochaman. Pichir-pichir eshitaman.
— Meni qizillar yo‘qlamayaptimi?
— Yo‘g‘-a.
— Yo‘qlasa, toqqa o‘tinga
ketib edi, de.
— O‘zi qaerda yuribdi?
— Ishing bo‘lmasin.
— Nimaga ishim bo‘lmaydi? O‘lik-tirigini bilayin-da.
— Hayitkalni jarida yotibmiz.
— Jarda yotadi?
— Aslida, tog‘da yotamiz. Jarga kechasi kelamiz.
— Tog‘ qaerda, Hayitkalni jari qaerda.
— Otni oldida nima degich gap. Tog‘dan Hayrondara enamiz. Hayrondaradan keyin Hayitkalni
jari-da.
— Bir o‘zimi?
— Bir o‘zim qayoqda — o‘nta jigit. O‘zimizdan Rashid bor. Boshqalari boshqa qishloqdan. Hali
tag‘in ko‘payamiz. Tevarak qishloqlardan jigitlar kelib qo‘shilayapti.
— Kechasi Hayitkalni jarida nima qiladi-a? Uyginasida, bola-baqraginasi
oldiginasida yotsa
bo‘lmaydimi-a?
— Dehqonqul! Sen nimani bilasan? Biz el-yurt uchun olishayapmiz. Birovi-da Hayitkalni jaridan
tirik o‘tolmayapti. O‘tganini-da ko‘raman!
— Kimni aytayapti?
— Qizillarni-da, kimni bo‘lardi.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: