Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
Uzumdan besh-olti dona olsam — uzumbosh losh-losh bo‘lib qoladi. Uzumbosh chumchuq 
cho‘qilab tashlamishday-chumchuq cho‘qilab tashlamishday bo‘lib qoladi. 
Oqibat — mehmonlar oldiga qo‘yar holi qolmaydi. 
Men uzumdan qo‘l tortdim. 
Oshxonani tashqaridan qulfladim. 
Ochiq derazadan ichkari mo‘raladim. 
O‘g‘limiz uyquda bo‘ldi. Burunlari tiqig‘liq oppoq doka qip-qizil bo‘ldi. 
O‘g‘limiz og‘zini kappa-kappa ochib entikdi. Bir chapi o‘ngarildi, bir o‘ngi o‘ngarildi. Ko‘rpasini 
tepkilab-tepkilab tushirdi. 
— Xurmo, ota, xurmo!.. — deya uyqusiradi. 
19 
— Shu... mehmonlar necha kishi o‘zi, rais bova? — dedim. 
— Hozir sanaymiz-da. Bitta rejissyor, ikkita operator, bitta kommentator. Jami bir mashina. Ammo 
odatimizni bilasiz: yuqoridan bir mashina katta kelsa, pastdan ikki mashina katta hamroh bo‘lib keladi. 
— O‘ynab qo‘yay, mehmondan, o‘ynab qo‘yay. Masalasi oson ekan. Shu... bozordan qo‘y go‘sht 
olsam bo‘lmaydimi, rais bova? 
— Ajab odamsiz-da, Dehqonqul aka. Kinochilar bizni oldimizga ochidan o‘lib kelayotgani yo‘q. 
Mehmon osh deb kelmaydi. Qo‘y obro‘y-da. Kimsan — katta bir xo‘jalikni mash’al brigadiri! 
Semizlikni qo‘y ko‘taradi, Dehqonqul aka. 
— Chin — qo‘y ko‘taradi. Chin — men ko‘taraman. 
— Siz ham semizlikni ko‘taring-da. 
— Ko‘taraman, rais bova, ko‘taraman. Semizlikni—qo‘y ko‘taradi. Semizlikni — men ko‘taraman. 
— Ha, bali! Qo‘y nima degan gap? 
— Chin, qo‘y qo‘y-da. Shu, bolalarni qishga ust-boshi yo‘q edi, rais bova. Borlari-da yirtiq-yamoq 
edi. Shu qo‘yni boqib-boqib, bolalarga ust-bosh olib bersam deb edim. Qo‘yda hali so‘ygulik hol yo‘q. 
— Mayli, mayli! Qo‘y so‘yildi oti bor, qo‘y so‘yildi! Bolalarga ust-boshni esa... davlat paxta terim 
uchun mana-mana pul beraman, deyapti. Ana shundan olib berasiz. 
— Mayli, rais bova, mayli. Qo‘y bo‘lsa qo‘y-da. 
— Ha, yashang! Kim aytadi sizni o‘zbak deb? O‘zbak o‘zi yemaydi, o‘zi ichmaydi — bor 
topganini mehmoni oldiga qo‘yadi! 
— Mayli, qo‘y bo‘lsa qo‘y-da, mayli. 
— Avlod-ajdodlar... urf-odatlar... o‘zbakchilik... deganday. O‘zbakni qoniqib mehmon kutgani — 
podsho bo‘lgani! 
— Xo‘p, rais bova, xo‘p. 
— Kino bo‘lasiz, kino! Tarixda qolasiz, tarixda! 
— Tavba qildim, rais bova, tavba qildim. 
— O‘zbakni qoniqib mehmon kutgani — podsho bo‘lgani! Bir podsho bo‘ling, Dehqonqul aka! 
— Shunday bo‘layin, rais bova, shunday bo‘layin! 
20 
Norboy chavandoz otini olib keldi. Hovlimiz yuzasi arqonlab ketdi. 
Chori magazin mudir «Volga» mashinasini olib keldi. Bo‘sag‘amiz qo‘yib ketdi. 
Onamiz suv sepa hovli supurdi. 
— Endi... bolalarni ust-boshini qaytasan? — dedi. 
— Davlat paxta terim uchun ana-ana pul berarman emish. Shu pulni olaman-u, ust-bosh uchun 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish