Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
120
— Tinchlik, osoyishtalik. 
— Mabodo kayfing yo‘qmi? 
— Umrimda og‘zimga olmaganman, Qayum aka. Nima edi? 
— Bozorligingni ko‘rib aytaman-da. Kayfi yo‘q odam ham shunday bozorlik qiladimi? 
— Dasturxonni obodi-da, Qayum aka. 
— Dasturxon obodi uchun ol, evi bilan ol-da. Bundayin bozorlik uchun mendayin dehqon bir oy 
terlaydi! 
— O‘zimdayin dehqon-da shu, Qayum aka, o‘zimizdayin dehqon-da shu. 
— Manavi pistami? O‘n besh so‘m-a? Y
O
,
pirim-e, yo, pirim-e! Narx-navoni Xudo urmadi — men 
qutulmadim! Hali shu yaqinda pista chaqqanimni eslay olmayman. Shu qishdagi bir to‘yda besh-oltita 
chaqib edimmi, bilmayman. 
— Siz shu qishda chaqibsiz ekan, men qachon pista chaqqanimniyam bilmayman. Endi, mehmon 
atoyi xudo, Qayum aka. O‘zbakchilik — o‘zbakchilik. 
— O‘lma! Shu gapdan qolma, Dehqonqul, kam bo‘lmaysan! 
— Shu tevarakni mehmoni bo‘lsa go‘rga edi. Moskovdan mehmon kelayapti, Maskovdan. Bari 
nozik mehmon. Raisimiz aytdi. 
— Mehmon kelgan uydan baraka arimaydi, Dehqonqul, baraka arimaydi. Mehmon rizqi o‘zidan 
oldin keladi, deydi. Maskovchi mehmon bo‘lsa, unda, bunday qil: bozorga xurmo kiribdi. Hay, anavi 
yerda sotayapti, hayla! 
— Qani-qani? 
— Hayla-hayla, qozonshlyapa savdolashayapti. Ana shu xurmodan bir-ikki kilo ol. Maskov 
yoqlarda xurmo o‘smaydi. Mehmon osh deb kelmaydi. Mehmon mehmon-da — havasaki yeydi-da. 
Qayum qorovul aytmish qator-qator xurmolar oldilab bordim. 
— Xurmo qanchadan bo‘ldi? — dedim. 
— Uch so‘mdan, — dedi. Xurmolarni ushlab-ushlab ko‘rdim. 
— Xurmo qaerniki? — dedim. 
— Subtropikniki, — dedi. 
— Suptropiknikidan bir kilo torting qani. Subtropik bog‘ shunday oldimizda. Dalamizdan yigirma 
chaqirim keladi, 
Bozor darvoza oldidan ikki cho‘ntak maydapista oldim. 
17
To‘lib-toshib uy keldim. Bozorligimni oshxona qo‘ydim. Bolalar bozorlik yopirildi. Bolalar 
bozorlik girdini oldi. 
— Olma, ota, olma! 
— Ota, anor bering! 
— Uzum bering, uzum! 
Birovi olmaga qo‘l uzatdi. Birovi anorga qo‘l uzatdi. Birovi uzumga qo‘l uzatdi. 
Bolalarni qo‘lini urib-urib tashladim. 
— Tort qo‘lingni, tort! — dedim. 
Bolalar ketiga qo‘l bekitdi. Bolalar qo‘ltig‘iga qo‘l tiqdi. Bolalar og‘ziga qo‘l soldi. 
Bolalar mo‘lt-mo‘lt qaradi. Bolalar iltijo-iltijo qaradi. 
Men boshim bilan bozorlikka imo berdim. 
— Bularni yeb bo‘lmaydi, q-ha! — dedim. — Ha, q-ha, q-ha! 
Men aft burishtirdim. Men bosh sarak-sarak etdim. 
— Ichni og‘ritadi, q-ha! Ichni ketkizadi, q-ha! — dedim. — Qara, puf-e, sassiq uzum ekan, puf-e! 
— Menga nima olib keldingiz, ota? 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish