Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
— Lolab mineral o‘g‘it emas, rais aka! Lolab kolxozda bo‘lmaydi! — dedi Jingalasoch. — Lolab
xotin-qizlarda bo‘ladi!
— Bilaman, bilaman, — dedi raisimiz. — Kolxozimizda lolab qo‘ygich xotin-qizni o‘zi yo‘q-da?
— Bor, — dedi Xursandoy. — Bitta bor. Maktabda o‘ris tili muallimi lolab qo‘yadi.
— Ana,
bor ekan-ku, rais aka? — Endi... maktab bor edimi...
Raisimiz lattachaynar bo‘ldi. Bir kun qaradi, bir yer qaradi.
Endi Ideologiya raisimiz joniga ora kirdi.
Ideologiya sumkasidan barmoqday bir nimani oldi. Terimchilarni mashina taraf imladi.
— Kelinglar! — dedi. Terimchilar mashina pana bo‘ldi.
— Xayriyat-e! — deya kaft ishqadi Jingalasoch. — Kolxoz bo‘yicha
bitta zamonaviy ayol bor
ekan!
— Uyam raykom... — ming‘illadi raisimiz.
28
Xursandoy birinchi egatdan tushdi, Norguloy ikkinchi egatdan tushdi.
— Bo‘ldi! — dedi Jingalasoch. — yirik planda shu ikkita terimchi bo‘ladi. Uyog‘ida
kim qanday
tushsa tushaversin — uyog‘i shunchaki fonda ko‘rinadi!
— O‘ziyam, yirik-yirik ko‘ringulik terimchilar-da! — dedi raisimiz. — Har birovi mavsum
oxirigacha sakkiz tonnadan oshirib «oq oltin» terish majburiyatini olgan!
— Mashina bo‘l-e! — dedi Jingalasoch. — Deyarli mashina!
— Bularni oldida mashina nima degan gap! — dedi raisimiz. — Mashina
buziladi, otkaz qiladi.
Bular na buziladi, na otkaz qiladi!
Ideolopiya ikkita lo‘ppi chanoq uzib oldi. Puf-pufladi. Silab-siypadi.
Norguloy bilan Xursandoyni
quloqlari ustiga qistirib qo‘ydi.
Ideologiya Norguloy bilan Xursandoyni o‘rim-o‘rim sochini yelkasidan olib ko‘ksiga tushirib
qo‘ydi.
Ideologiya boshqa terimchilarga-da ko‘z-ko‘z etdi.
— Sizlar ham ana shunday qilinglar! — dedi. Boshqa terimchilar-da quloqlariga chanoq taqdi.
Boshqa terimchilar-da o‘rim sochlarini ko‘ksilari tushirdi.
Ideologiya Xursandoy qabatini oldi.
Jingalasoch Norguloy qabatini oldi.
Apparatlar shir-shir surat olib boshladi.
29
— Ona tabiatimizda necha xil rang bo‘lsa, barcha-barchasi paxtazorda mujassamdir! — dedi
Jingalasoch. — Ha, paxtazorda kamalak ranglarning jamiki jilolari jamuljam!
Paxtazorda xotin-
qizlarning piyola jarangidek sho‘x kulgisi yangraydi! So‘ng, laparlar, askiyalar, qo‘shiqlar, eshitaladi!
Jingalasoch Xursandoy bilan Norguloyga mikrofon tutdi.
Xursandoy bilan Norguloy yuzlarida tabassum o‘ynadi. Tishlarini oqini ko‘rsatib jilmaydi.
«Paxta ishqi» ashulasini aytib-aytib paxta terdi:
Tun demay, kunduz demay, boshingda
men parvonaman,
Sog‘inib qoldim, ochil, kulsin, sevinsin har tomon...
— Ha, dalada hurkak tog‘ ohusidek xotin-qizlar turnaqator bo‘lishib paxta termoqda! Biri qo‘yib
biri qo‘shiq aytadi, boshqalari jo‘r bo‘ladi:
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: