Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
126
— O‘shanda shunday o‘qitadimi? 
— Ha, endi... VGIKni bityrgan-da, VGIKni. 
24 
Men dala boshida turmish to‘rt qatorli mashinani egat soldim. Rejissyorga qaratib haydadim. 
Apparatlar men taraf peshlandi. 
— Do‘stlar! — deya peshvoz yurdi Jingalasoch. — Keling, avvalo o‘tmishga bir sayohat qilaylik! 
Jingalasoch shunday deya, bir oppoq chanoq uzib oldi. Peshonasi uzra ko‘z-ko‘z etdi. Chanoq 
tikilib-chanoq tikilib va’z aytdi: 
— Paxta! Paxta malvovlar oilasiga mansub bo‘lib, gossipiumlar ajdodidandir! Gossipium — 
lotincha so‘z bo‘lib, paxta beruvchi daraxt demakdir! 1670 yilda podsho Aleksey Mixaylovichning 
buyrug‘iga binoan Moskva shahrida ham paxta ekildi. Uni saroy bog‘boni Anosov ekdi. Moskvada 
Izmaylov madaniyat va istirohat bog‘i bor. Ana shu xushmanzara yerda paxta dalasi barpo bo‘ldi. 
Izmaylov dalasi yaxshi hosil berdi! Mamlakatimizning Odessa va Xerson o‘lkalarida ham Amerika 
«si-aylend» paxtasi ekildi. Hosildor paxta bo‘ldi. U yerliklar paxtani bir terib oldi. Uch kundan keyin... 
tag‘in ochilib turdi! Kuz oxirlagunicha ochildi! Oxiri — u yerlik mahalliy xalq paxtadan kechishga 
qaror qildi. Bizga hosilini bir terib oladigan o‘simlik kerak, dedilar. Unday paxta esa yo‘q edi! U 
yerliklar paxta mashaqqatiga, paxta azobiga... bardosh berolmadi! Ammo jafokash o‘zbek xalqi, 
jafokash o‘zbek yeri bardosh berdi! O‘zbek xalqi, o‘zbek tuprog‘i umrini paxtaga baxshida etdi. Qish 
demadi, yoz demadi — paxta, dedi. Tun demadi, kun demadi — paxta dedi. Shundaymi, Dehqonqul 
aka? 
Jingalasoch mikrofonini cho‘zdi. Men mashinadan mikrofon enkaydim. 
— Ha, shunday, — dedim. — Bizning «paxtaoy» pichagina nozikta’b, bizning «oq oltin» 
pichagina kuydirmajon! 
Kechirasiz, hol-ahvol ham so‘ramabmiz, bu... ish qalay? 
— Muvaffaqiyatli! 
— Ish sharoitlaringiz qalay? 
— Qulay! 
— Bo‘sh vaqtlaringizda qanday dam olmoqdasiz? 
— Ko‘ngildagiday! 
— Qanaqa dam olmoqdasiz? 
— Madaniy! 
— Ish jarayonida ahyon-ahyonda uchrab turadigan qiyinchiliklarni qanday yengmoqdasiz? 
— Mardonavor! 
— Hali-hamon ko‘zga tashlanib turadigan kamchiliklarni qanday bartaraf etmoqdasiz? 
— Ayovsiz! 
— Bu yilgi rejalaringiz qanday? 
— Yuksak! 
— Dono partiyamiz belgilab bergan yo‘l-yo‘riqlarga qanday amal qilmoqdasiz? 
— Og‘ishmay! 
Rejissyor chapak chalib yubordi. 
— Bravo, bravo! — dedi. — Vot, sovetskiy dehqon! 
25 
Osmonda pag‘a-pag‘a oq bulut suzdi. 
Kun bulut ortida qoldi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish