Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
34
Dalalarim chaman-chaman bo‘ldi. 
Chamanlar ko‘zimni olayin-olayin, dedi. 
Men tonglay-tonglay ana sho‘ chamanlarni terib-terib olaman. 
G‘o‘zalarim ozorlanmasin uchun mashina bilan g‘ildirak oldiga to‘sqich o‘rnataman. 
G‘o‘zalarim juf-juft barabanlar oralig‘idan ketma-ket o‘tadi. Barabanlar g‘o‘zalarimni aylanib-
aylanib qisadi. Barabanlar g‘o‘zalarimni qamrab-qamrab qisadi. Urchuqlar teskari-teskari aylanadi. 
Urchuq tishlari ana shu chaman-chaman paxtalarimni o‘ziga o‘rab-o‘rab terib oladi. 
Birinchi terim paxtamni ana shunday terib olaman! 
Birinchi terim paxtam a’lo nav-a’lo nav paxta bo‘ladi. Eshimli-eshimli paxta bo‘ladi. Bo‘lali-
bo‘lali paxta bo‘ladi. Momiq-momiq paxta bo‘ladi. Yakkachigit-yakkachigit paxta bo‘ladi. Xiyol 
sarg‘ish tovlangich paxta bo‘ladi. 
 
35
Dalalarim lo‘ppi-lo‘ppi bo‘ldi. 
Lo‘ppi-lo‘ppi momiqlar chanoqlardan toshayin-toshayin dedi. 
Urchuqlar aylanadi-aylanadi — ana shu lo‘ppi-lo‘ppi momiqlarni ilib olgich cho‘tkali barabanlarga 
ro‘paro‘ bo‘ladi. Barabanlar teskari taraf aylanadi-aylanadi — paxtalarimni qabul gumbazxonasiga 
uloqtiradi. Qabul gumbazxonasi shamolparrak yordamida paxtalarimni havo bilan so‘radi-so‘radi — 
ichkovakdan mashina paxtaidishiga olib borib to‘kadi. 
Ikkinchi terim paxtamni ana shunday terib olaman! 
Ikkinchi terim paxtam birinchi terim paxtamdan maydaroq bo‘ladi. To‘liq pishib yetilmagan 
bo‘ladi. Siyrak-siyrak paxta bo‘ladi. Kam eshim-kam eshim paxta bo‘ladi. Kam momiq-kam momiq 
paxta bo‘ladi. Momiq ich-tashi to‘lqin-to‘lqin paxta bo‘ladi. Oq-sarg‘ish paxta bo‘ladi. Sariq-sariq 
dog‘li paxta bo‘ladi. 
 
36 
Men adl-adl g‘o‘zalarim paxtasini terib olish uchun barabanlar oralig‘ini keng-keng olaman. 
Men o‘rtabo‘y-o‘rtabo‘y ham kaltabo‘y-kaltabo‘y g‘o‘zalarim paxtasini terib olish uchun 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
133
barabanlar oralig‘ini tor-tor olaman. 
Men urchuqli barabanlar ketiga havoyutgich moslama o‘rnatib paxta teraman. 
Havoyutgich moslama g‘o‘zalarim ostilab tushmish paxtalarimni so‘rib-so‘rib oladi. 
Havoyutgich moslama egatlab to‘kilmish paxtalarimni yutib-yutib oladi. 
37
Uchinchi terim paxtamni qo‘lda teraman. 
Bir hissa qo‘l terim oltmish kilo bo‘ladi. 
Bir kilo paxta terish uchun ikki yuz ellik dona chanoq tozalayman. 
Oltmish kilo paxta terish uchun o‘n besh ming bor chanoq egilib-chanoq egilib turaman. Oltmish 
kilo paxta terish uchun o‘n besh ming bor yer enkayib-er enkayib turaman. 
Uchinchi terimda osmon aynib qoladi. 
Havo sovib-sovib oladi. 
Yomg‘ir savalab-savalab oladi. 
Uchinchi terim paxtamni chala-chala ochilmish ko‘sakdan terib olaman. 
Uchinchi terim paxtamii tirjayib-tirjayib qolmish ko‘sakdan terib olaman. 
Shu bois, uchinchi terim paxtam sin-sinbati ko‘saksinbat-ko‘saksinbat bo‘ladi, 
Uchinchi terim paxtam ob-havo misol xira-xirarang bo‘ladi. Aynima osmon misol tund-tundrang 
bo‘ladi. 
Uchinchi terim paxtam sap-sariq dog‘li bo‘ladi. Qo‘ng‘ir-qo‘ng‘ir dog‘li bo‘ladi. 
Uchinchi terim paxtam chirimanda-chirimanda paxta bo‘ladi. Eshimsiz-eshimsiz paxta bo‘ladi. 
G‘ozsiz-g‘ozsiz paxta bo‘ladi. 
Olti misqollik paxtam uchinchi terimda uch misqol bo‘lib qoladi! 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish