Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
121
— Sengami, senga bir nima olib keldim! Qani, qo‘lingni ber. Ana, ko‘rdingmi? 
Bir-ikkita maydapista chaqib ko‘rsatdim. 
— Ana shunday chaq! — dedim. — Qirsillatib-qirsillatib chaq, tishing baquvvat bo‘ladi! Qani, 
baring qo‘lingni tut! 
Bolalarga maydapista bo‘lib berdim. 
Ana endi, borib o‘ynanglar! — dedim. — Boringlar! 
Bolalar tarqaldi. 
Faqat Qulmat o‘g‘limiz qoldi. 
Kambag‘alga ket, deyolmadim — ko‘nglim bormadi. 
Qambag‘al Qulmat — dardmand! 
Do‘xtir ko‘rib, vitamin yetishmaydi, dedi. Bir dasta dori bitib berdi. 
Denov dorixonasidagilar bitiklarni ko‘rdi-ko‘rdi — bittasiyam yo‘q, lekin bo‘p turadi, tez-tez xabar 
olib turing, dedi. 
Men aytdim: vitamin g‘o‘za edimidiki — tez-tez xabar olib turaman, dedim. 
Tag‘in qaytib bormadim. 
Dardmand Qulmatimiz ingilladi:
— Ota, pomidor bering! — dedi. 
Men hayronlandim — to‘rxaltada pomidor yo‘q bo‘ldi. 
— Pomidor? Qani pomidor? — dedim. Qulmatimiz qo‘li bilan xurmoni ko‘rsatdi. E, tavba-e, 
o‘g‘limiz xurmoni tanimadi! 
E, tavbangdan-e, o‘g‘limiz xurmoni taniyolmadi! Men palag‘daroq bir xurmo olib berdim. 
— Ma, bu pomidor emas, — dedim. — Bu xurmo, ha, xurmo! 
Derazadan Denov tarafni ko‘rsatdim. 
— Hay, anavi quyuq daraxtzor bor-ku, ana shu subtropik bog‘, — dedim. — Subtropik bog‘da 
xurmo o‘sadi, bizni dalada g‘o‘za o‘sadi! 
Oshxona zanjirlab tashqariladim. 
Og‘ilxona aylanib qaradim. 
O‘zi, bisotimda uchovgina qo‘yim bo‘ldi. Ikkovi sovliq bo‘ldi. Birovi so‘yib sotish uchun boqilib 
yotmish qo‘y bo‘ldi. 
Ana shu qo‘y maskovchilarga nasib etajak bo‘ldi. 
Men maskovchi mehmonlarga so‘yilajak qo‘yimni qaradim. Dumbasini changallab-changallab 
qaradim. 
Qo‘yim oriq bo‘ldi, so‘yishga arzigich go‘sht qilmagich bo‘ldi. 
 
18 
Og‘ilxona oldida kaftimni peshonam soyabonlab kun qaradim. 
Shunda, oshxona derazasidan bir nima lip etib tushdi. 
Y
O
,
qog‘oz, yo, latta uchib tushdi, deya o‘yladim. 
Lip etib tushmish nima cholib ketdi. 
Mushuk bo‘lsa kerak-ov deya, tikilib-tikilib qaradim: Nodir o‘g‘limiz pirillab chopib borayapti. 
Bildim— oshxonadan bir nima olib qochdi. 
— O‘-o‘-o‘, qayt! — deya baqirdim. 
Nodir o‘g‘limiz qaytmadi. Quyunday-quyunday chopdi. 
Men izidan quvib ketdim. 
Bola bola-da — darrov holdan toyib qoldi. 
Men yetib olib yelkasidan ushladim. 
O‘g‘limiz yelkasini silkib olib chopaman deya, beti bilan yiqilib tushdi. Tuproqda yuztuban yotib 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish