MAKKA SHAHRINING FATHI Hijratning sakkizinchi yili Ramazon oyining o‘ninchi kuni Makka fathining safariga
chiqdilar. Alloh taolo hayot olamida, bir ishni qilmoqchi bo‘lur ekan, eng avval aning
sabablarini tayyorlag‘usidir. U ishning to‘sqinliklari o‘rtadan ko‘tarilgandan keyin,
albatta, uni vujudga chiqargusidur.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shuni bilur edilarkim, Islom dinini butun dunyoga
tarqatmoq uchun avval zamonlardan beri tarqoqlik holda yashab kelgan arab qabilalarini
bir nuqtaga yig‘moq kerakdur. Bu maqsadni amalga oshirish uchun eng avval Quraysh
qabilasini bo‘ysindirmoq lozimdur. Bularning itoatga kelishi Makka shahrining fath
bo‘lishiga bog‘liqdur.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ngillarida bu orzu bo‘lsa ham, o‘tgan Hudaybiya