ZOTIS-SALOSIL G‘AZOTI Bu yer bilan Madinaning oralig‘i o‘n kunlik yo‘l edi. Tarixi hijratning sakkizinchi yili
jumodul oxira oyida bu voqea bo‘ldi. Buning sababi ersa, o‘sha yerlik Quzoa qabilasi
Madina atrofiga hujum qilmoq uchun tayyorgarlik qilayoturlar degan xabar Rasulullohga
yetmish edi. Ish ulg‘aymasdan ilgari uning chorasini qilish kerak bo‘lganlikdan buning
oldini olish uchun Amr ibn Osni chorlab, unga aytdilar:
— Ey Amr, seni askarga boshchi qilib, dushman ustiga yuborurman. Sen bu safardan
g‘animat mol topgaysan, dag‘i hech qanday ziyon ko‘rmasdan, salomat qaytgaysan.
Anda Amr ibn Os:
— Yo Rasulalloh, men molga qiziqib musulmon bo‘lmadim, balki Islom dinini haq bilib,