Microsoft Word Сопорбоева Севара бми


 Sharq  mutafakkirlarini  ekologik  tarbiyaga  oid  qarashlarining



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana07.09.2021
Hajmi1,03 Mb.
#167729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari

 

1.2. Sharq  mutafakkirlarini  ekologik  tarbiyaga  oid  qarashlarining 

o’rganish   zaruriyati. 

XX  asrga  kelib  tobora  keskin  tus  olib  borgan  ekologik  muammolar  butun 

insoniyat  oldida  ekologik  xavfsizlikni  ta’minlashdek  global  masalani  ko‘ndalang 



15 

 

qo‘ymoqda. Shuning natijasi farqli o‘laroq, keyingi yillarda “barqaror rivojlanish” 



atamasi  umumsayyoramiz  miqyosida  ko‘p  ishlatilmoqda.  Bugungi  kunda  ushbu 

masala  yuzasidan  qariyb  barcha  mamlakatlarning  maxsus  dasturlari  ishlab 

chiqilgan.  BMT  tashabbusi  bilan  1992  yilda  Rio-de  Janeyroda  o‘tkazilgan 

Butunjahon  forumida  barqaror  rivojlanish  konsepsiyasi  tasdiqlangan  bo‘lib,  unga 

ko‘ra  barqaror  rivojlanish  –  bugungi  aholi  ehtiyojlarini  kelajak  avlodlar  hayotiga 

zarar yetkazmagan holda qoplash demakdir. 

Ekologik  muammo  muayyan  hudud,  davlat,  mintaqa  yoki  tashkilotning 

muammosi  emas.  Tabiiy  atrof-muhit  bilan  bog’liq  muammolar    yuzaga  kelgan 

hududda hayot kechiruvchi, shu havodan nafas oluvchi barcha inson uchun birdek 

taalluqli  masaladir.  Yaqin  o‘tmishdan  bizga  qator  global  va  mintaqaviy  ekologik 

muammolar “meros” bo‘lib qoldi. Orol dengizining qurib borishi, cho‘llashuv, yer 

hamda suv resurslarining degratatsiyasi, o‘simlik va hayvonot olami genofondining 

yomonlashuvi,  biologik  xilma-xillikning  yo‘qolib  borishi,  yirik  hajmdagi 

moliyaviy  va  boshqa  chiqindilarning  hosil  bo‘lishi  shular  jumlasidan.  Rasmiy 

ma’lumotlarga  ko‘ra,  jahon  sanoati  har  yili  atmosferaga  200  million  tonnadan 

ziyod azot oksidi, 501 million tonnadan ortiqroq har xil uglevodorodlar 32 milliard 

kubametr  ifloslangan  suv,  70  million  tonna  zaharli  gazlar  va  250  million  tonna 

changni  chiqarib  tashlamoqda.Jahon  okeanlarining  suvi  halokatli  ravishda 

ifloslanib  bormoqda,  uning  takroriy  mahsuldorligi  keskin  pasaymoqda.  Oqibatda 

biosfera o‘zini-o‘zi tozalashga ojiz bo‘lib bormoqda.  

Hozir  atmosferada  zaharlangan  (uglekislota)  gazning  miqdori  qariyib  20 

foizni  tashkil  etadi.[8]Bugun  yer  resurslari  holati  va  ulardan  oqilona  foydalanish 

masalalari  milliy  va  global  miqyosda  dolzarb  bo‘lib  qolmoqda.  Ko‘rilayotgan 

choralarga  qaramay,  yerlarning  buzilish  jarayoni  kuchayib  bormoqdava  qishloq 

xo‘jaligidan foydalanish uchun yaroqli yerlar resurslari kamayib ketmoqda. 

 Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  ekologik  muammolarni  hal  etish  va 

ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida salmoqli tajriba to‘plandi. Biroq, 

bunda  sohadagi  mavjud  masalalar  o‘z  ko‘lami  bilan  davlat  organlari  sa’y-

harakatining  uyg’unlashuvini,  mamlakatda  va  mintaqadagi  ekologik  vaziyatni 



16 

 

yaxshilash  muammolarini  har  tomonlama  o‘rganish  va  hal  etishda  fuqorolik 



jamiyati institutlari, jamoat birlashmalarining ham o‘zaro hamkorligini talab etadi. 

Tabiiyki, bu holat respublikamizda ongi jamoat birlashmasi - O‘zbekiston ekologik 

harakatini  tashkil  etishda  asosiy  omil  bo‘ladi.Janubda  Qoraqum,  shimolda 

Qizilqum  va  shimoli-g’arbda  Ustyurt  cho‘li  hamda  Orol  dengizi  bilan  o‘ralgan 

voha yer yuzasining asosiy qismi Amudaryo oqizib keltirgan qum va gil jinslardan 

iborat. Daryo  vohaga  yiliga  millionlab  tonna  loyqa  olib  keladi.  Bu  esa  qadimdan 

Xorazm  vohasi  hududida  dehqonchilik  bilan  shug’ullanuvchi  o‘troq  aholining 

ko‘payishi  va  sug’orish  tizimining  yanada  rivojlanishiga  olib  kelgan.  Quyi 

Amudaryo  hududida  preystotsen  va  golotsen  geologik  davrlarida  Aqchasoy, 

Sariqamishbo‘yi,  Orolbo‘yi  havzalari  vujudga  kelgan.  Mil.avv.  1  ming  yillikda 

Amudaryo hozirgi yo‘nalish bo‘yicha Orol dengiziga suvni olib kelgan. 

 Bizga  ma’lumki  eng  qadimgi  sivilizatsiyalar  sharqda,  o‘ziga  xos  iqlim 

sharoitiga ega bo‘lgan mintaqalarda, jumladan havosi issik bo‘lgan daryo, ko‘l, soy 

bo’ylarida, unumdor tuproq sharoitiga ega bo‘lgan joylarda tashkil topgan. (Misr-

Nil  daryosi,  Mesopotamiya-Frot  va  Dajla  daryolari,  Xitoy-Xuanxe  va  Yanszi 

daryolari,  Hindiston-  Hind  va  Gang  daryolari  bo‘ylarida)    Jumladan  Qadimiy 

Xorazm ham huddi shu sharoitlarga ega bo‘lgan xolda Amudaryo va Orol dengizi 

negizida  paydo  bo‘lgan  desak  xato  bo‘lmaydi.  Orol  dengizi,  Amudaryo 

qirg’oqlarida baliq ovlab, sug’orma dehqonchilik qilish bilan umrguzaronlik qilgan 

ajdodlarimizning  asrlar  osha  to‘planib  kelgan  boy  falsafiy,  ma’naviy,  madaniy, 

ijtimoiy,  bilim  va  ko‘nikmalari  bundan  XX  asr  mukaddam  vujudga  kelgan 

Zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi “Avesto”da o‘z aksini topgan.   

Hech  bir  diniy  e’tiqod  yo‘qdirki  Zardushtiylikdagi  singari  tabiat  va 

jamiyatning  o‘zaro  hamohanglikda  rivojlanishi,  insoniyatning  tabiatning  bir 

bo‘lagi  ekanligi,  hamda,  e’tiqodning  atrofimizni  o‘rab  turgan  borliq,  osmon 

jismlari,  muhit  (Daryo,  sahro,  adir,  dengiz  ),  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi 

kabilarni  e’tiqod  darajasida  xurmat  qilishga  undaydi.        Amudaryoning  qadimgi 

nomlari  to‘risida  ham  turli  xil  fikrlar  mavjud.  Masalan,  bundan  2700  yil  oldin 

yaratilgan  «Avesto»  kitobida  Amudaryoga  Ardvi  deb  nom  berilgan. 



17 

 

YunonlaruniOks, Ukes deb, Gerodot esa Amudaryoni Araks deb, mil.avv. II-I asr 



Xitoy manbalarida Guy shuy (Katta suv), Turk xoqonligi davrida O‘quz deb tilga 

olinadi.  Arablar  Amudaryoga  Jayhun  nomini  berdilar.  Ayrim  manbalarda 

Vaxruddaryo,  Baliqdaryo,  Termiz,  Kalif,  Urganch,  Xorazm,  Jurjoniya  degan 

nomlari ham uchraydi. Amudaryoning hozirgi nomi Chorjo‘yning eski nomi  Amul 

bilan  bog’liq  deb  taxmin  qilinadi.Hozirgi  kunda  Xorazm  viloyati  ekin 

maydonlarining ko‘pchilik qismini paxta ekini tashkil qiladi. Chunki  azal-azaldan 

Quyi  Amudaryo  muhiti  paxtadan  yuqori  hosil  olishga  qulay bo‘lib  kelgan  hamda 

Xorazm  uzoq  paxtachilik  tajribasiga  ega.  Buning  isboti  sifatida  professor 

S.P.Tolstovning  1937-1940  yillarda  Tuproqal’ada  olib  borgan  arxeologik 

qazishmalari  natijasida  paxta  tolasidan  tikilgan  chopon  qoldiqlari  topilganligini 

ko‘rsatish mumkin.           

Xorazm  vohasi  iqlimi  to‘g’risida  Orol  muommasi  paydo  bo‘lishidan  oldin 

berilgan ta’riflarga etibor qaratamiz.[13] 

«  ..  Amudaryo  suvi  ko‘rinishidan  loyqali  bo‘lsa-da,  tinitilganidan  keyin  ichishga 

juda yaroqlidir» (Danilevskiy, 1851 y.);«.. Amudaryoning quyi qismida iqlim kishi 

sog’lig’i  uchun  juda  qulay»(V.Grigorev.  1861  y.);«..  Amu  suvidek  mazali  suvni 

dunyoning  hech  bir  go‘shasidan  topolmaysiz».  Yana  voha  uchun  katta 

yo‘qotishlardan  biri  -  bu  Xorazm  qovunlari  bo‘ldi.  Zero,  Xorazm  qovunlari 

yevropa  va  uzoq  arab  mamlakatlarida  mashhur  bo‘lganligi  to‘g’risida  tarixiy 

ma’lumotlar  bor.  Masalan,  Abu  Mansur  as-Saolibiyning  yozishicha,  Xorazmning 

«boranj»  navli  qovunini  qalaydan  yasalgan  maxsus  qutilarga  solib,  atrofiga  muz 

qo‘yib,  Bag’dodga  -  xalifa  al-Ma’mun(813-833)  va  al-Vosiq(842-847)larga  olib 

borishgan.  Yaxshi  saqlanib  olib  borilgan  1  ta  qovun  uchun  xalifalar  700  dirham 

to‘lashgan.  Xorazm  qovunlari  qoqi  1890  yillarda  katta  karvonlar  bilan  Orenburg 

orqali  Fransiyaga  yuborilgan  va  undan  Rossiyaga  eksport  qilinayotgan  eng  sifatli 

konyaklar tayyorlashda foydalanilgan.  

Mashhur  akademik  N.I.Vavilov  1928  yilda  Xorazm  qovunlarining  o‘rtacha 

og’irligini 10-14 kg.ga tengligini aniqlagan, Xorazm qovunlari yirikligi, qandliligi, 

mazasi,  uzoq  saqlanishi,  uzoqqa  tashilishi  bo‘yicha  dunyoda  tengsiz  deb  e’tirof 



18 

 

qilingan.Bir  vaqtlar  o‘zining  dehqonchilik,  polizchilik,  meva  va  suv  hayvonlari, 



hayvonot  dunyosi  bilan  mintaqa  hayotiga  o‘zining  munosib  ta’sirini  ko‘rsatib 

kelgan  voha  ekotizimi  qayta  tiklash  yoki  aholi  turmush  tarzi,  tabiatiga  to‘g’ri 

keladigan  yangi  ekotizmni  yaratish  bugungi  kunning  talabi  bo‘lib  qoldi.  Albatta, 

Quyi  Amudaryo,  Orol  havzasidagi  muhitni  bir  qadar  barqarorlashtirish  va  saqlab 

qolish  uchun  choralar  ko‘rilmoqda.  Umuman  olganda,  tabiiy  muvozanatni  tiklash 

bo‘yicha  quyidagi  qator  variantlar  mutaxassislar  tomonidan  ilgari  suriladi.Antik 

davrdagi  O‘zbekiston  hududi  tabiati  (tolari,  vodiylari  daryolari  va  boshqalar.) 

aholisi  va  xo‘jaligi  haqidagi,  soda  va  yuzaki  geografik  ma’lumotlar  Yunon  olimi 

Gerododning  «Tarix»  asarida  uchraydi.  Unda  Markaziy  Osiyo  tabiati,  xususan 

relefi,  daryo  va  ko‘llari,  aholisi  haqida  qisqa  ma’lumotlar  berilgan.  Antik  davrda 

Markaziy  Osiyo  jumladan  O‘zbekiston  haqidagi  ekologik  ma’lumotlarni  antik 

davrda  yashagan  Yunon  va  Rim  olimlari  Kvint  Kursiy  Ruf,  Arrian, 

Ptolameylarning  asarlarida  uchratish  mumkin.  Ularning  asarlarida  So‘g’diyona 

to‘g’risida sodda bo‘lsada geografik xaritalar berilib, unda Zarafshon daryosi tog’li 

qismida  tor  va  chuqur  o‘zanda  oqishi  haqida  yozib  qoldirilgan.  O‘zbekiston 

hududidagi  cho‘llar,  vohalar,  daryolar  haqidagi  ma’lumotlar  Strabon  asarlarida 

ham uchratish  mumkin.    

Antik  davrda  Markaziy  Osiyo  haqidagi  eng  ko‘p  geografik  ma’lumotlar  Klavdiy 

Ptolameyning 8 jildli «Geografiya» asarida uchraydi. Ptolamey o‘z asarida va unga 

ilova    qilingan  xaritalarida  Sirdaryo,  Amudaryo,  Zarafshon  kabi  daryolar  tilga 

olinib ular Kaspiy dengizga  quyiladi deb ko‘rsatilgan. Xaritada yana So‘g’diyona, 

Baqtiriya  davlatlari  va  Turkiston  sharqida  joylashgan  tog’lar  ko‘rsatilgan.  Quyi 

Amudaryo  vohasi,  uning  deltasidagi  zaxkash,  botqoq  joylar,  ko‘llar, 

Amudaryoningko‘lga  quyilishi  va  Orolning  janubiy  sohillariva  ayniqsa  Ustyurt 

chinklari  haqidagi  geografik  ma’lumotlarni  arab  sayyohi  Ibn  Rustadning 

geografiyaga  oid  asarlarida  uchratish  mumkin.  Quyi  Amudaryo  vohasi  haqidagi 

haqiqatga  yaqin  geografik  ma’lumotlarni    Abul  Hasan  Ali  Ma’sudiy  yozib 

qoldirgan.  U  Amudaryo  tog’laridan  boshlanib,  Termiz  yonidan  o‘tib  g’arbdagi 

ko’lga  quyilishini,  Xorazm  vohasi  Amudaryodan  bir  qancha  kanallar  orqali  suv 



19 

 

olishini  yozgan.  Arab  sayyoxi  vageografi Abu  Ishoq Istahriy  «Iqlimlar kitobi»  da 



Turkiston  xaritasini  tuzib  Amudaryo  va  Sirdaryo  Orol  dengiziga  quyilishini 

ko‘rsatadi.  Amir  Temur  faqat  Movarounnahrdagina  yirik  hajmdagi  sug’orish 

ishlarini  olib  bormagan.Murg’ob  vahasida  sug’orish  kanallari  qazdirgan,  

shuningdek  Qobul  yaqinidagi  Jo‘ynov  degan  joyda  Badon  kanalini,    Kavkazda, 

Boylakon    degan  joyda  Barlos  arig’ini  barpo  ettirgan.  Hofizi  Abru  bunday  o‘z 

asarida  bunday  kanallardan  20  dan  ziyodini  nomlarini  keltiradi:  Dilkusho, 

Ganchravon,  Ganchxona,  Umar  Tiabon,  Shayx  Abu  Said,  Shayhx  Ali, 

Qutlug’xonim va boshqalar.   1401 yilda Kavkazning Boylakon degan joyida Amir 

Temurning  farmoni  bilan  Araks  daryosidan  o‘sha  davring  yirik  sug’orish 

inshootlaridan biri – barlos kanali quriladi. Unig uzunligi 10 farsax (60-70 km), eni 

10  gaz  (10  m),    chuqurligi  4  gaz  (  4  m).  kanaldan  kemalar  bemalol  suzishgan. 

Kanal qurilishida Hoofizi Abru bosh mirob bo‘lib xizmat qilgan.  

Saltanatda  Amir  Temur  hukmronlik  qilgan  yillarda  mamlakatning  markazi 

Movarounnahrgina emas, balki, Marv, Mashhad, Kobul, Xirot va boshqa vohalarda 

ham  yer  maydonlarini  sug’orish  ishlari  amalga  oshirilgan.    XIV  –  XV    asrlarda 

ekologik  muvozanatni  ta’minlashda  va  ob  –  havoni  toza  saqlashda  bog’larning  

o’rni  katta    bo‘lgan.  Qadimdan  Movarounnahrda  bog’lar  yaratishda,  bog’chilik 

san’atining    o‘rni    beqiyos  hisoblangan.    Bog’chilik  san’ati  bu  davrida  o‘zining 

yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan.   

Amir  Temur  davrida  barpo  etilgan  12  ta  bog’bog’i  Naqshi  jahon,  bog’i 

Behisht,  bog’i  Amirzoda  Shohruh,  bog’i  Dilkusho,  bog’i  shamol,  bog’i 

Davlatobod,  bog’i  Bo‘ldu,  bog’i  Maydon,  bog’i  Baland,  bog’i  Chinor,  bog’i 

Jahonnamo,    uchun  joy  tanlashda  joyning  bahavoligiga,  baland  pastligiga,  suv 

manbaining  oz  ko‘pligiga  va  tabiatning  boshqa  xususiyatlariga  alohida  e’tibor 

berilgan.  XVII-  XIX  asrlarning  tarixiy  asarlarda  Quyi  Amudaryo  xududida 

joylashgan  shaharlar,  daryolar,  kanallar,  arnalar,  quduqlar,ko‘llar,  qumzorlar  va 

boshqalar haqida tarixiy – geografik ma’lumotlar yozib qoldirilgan     O‘zbekiston  

davlatchiligining  asoschisi  Amir  Temur  ta’limotida  mamlakat  ijtimoiy  iqtisodiy 

rivojlanishiga 

alohida 


e’tibor 

berilgan. 

Sohibqiron 

vujudga 


keltirgan 


20 

 

markazlashgan  davlat  o‘zining  iqtisodi,  boshqaruv  tizimiga  ega  bo‘lgan.  Shu 



jumladan mamlakatning suv, yer resurslarining ahvoli, ulardan unumli foydalanish, 

kelajak  avlodlarga  ularning  tabiiy  holatining    buzilmasdan    yetkazilishiga  e’tibor  

berilgan. Amir Temurning ekologik qarashlarini o‘rganish hozirgi davr uchun ham 

nazariy,  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatga  egadir.  Uning  ekologik  qarashlari  yoshlar, 

talabalarda  ekologik  madaniyatni  yuksaltirish,  ekologik  ongini  o‘stirish,  ayniqsa 

bo‘lajak  pedagoglar    ekologik  tarbiyasida  muhim  manba  sifatida  xizmat 

qilmoqda.[28] 

Mamlakatda  istiqomat qilgan  fuqoralarning  asosiy  turmush  manbai  bo‘lgan 

tabiiy  resurslarni  har  tomonloma    muhofaza    qilish  davlatning  ichki  siyosatida 

alohida o‘rin egallagan. Amir Temur yozadiki, “xirojni ekindan olingan hosilga va 

yerning unimdorligiga qarab yig’sinlar. Chunonchi, doim, uzluksiz ravishda koriz, 

buloq  va  daryo  suvi  bilan  sug’oriladigan  ekin  yerlarni  hisobga  olsinlar  va  unday 

yerlardan  olingan  hosildan  ikki  hissasini  oliy  sarkolik  saltanat  xazinasiuchun 

olsinlar.  Bulardan  tashqari  kuzgi,  bahorgi,  qishki,  va  yozgi  dehqonchilikdan 

olingan  hosil  raiyatning  o‘ziga  bo‘lsin” Davlat  hududidagi  ekologik holatga  ta’sir 

etuvchi  omillardan  biri  mavjud  yer,  suv  resurslarini  qo‘riqlash,  undan  unumli 

foydalanish    bo‘lgan.  Shu  maqsadda  “har  shahar  va  yerdan  olinadigan  jon  soliqi, 

kasb-hunardan  olinadigan  jon  soliqi,  kasb-hunardan  hamda  o‘tloq  va  suvloqdan 

olinadigan  soliqni  to‘plashda  qadimdan  kelgan  tartib  qoidaga  amal  qilsilar”  deb 

ko‘rsatma berilgan. 

            Amir Temur ta’kidlaydiki,“kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa 

yo biron  bo ko‘kartirsa, yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi 

yili  undan  hech  narsa  olimasinlar,  ikkinchi  yili  raiyat  o‘z  roziligi  bilan  berganini 

olsinlar,  uchinchi  yili  esa  oliq  soliq  qonun  qoidasiga  muvofiq    xiroj  yig’ilsin”

.

  

Sohibqiron amriga binoan obodonlashtirish,  yerlarning umumiy ekologik holatiga 



e’tibor  berilgan,”xarob    bo‘lib    yotgan  yerlar  egasiz  bo‘lsa,  xolisa  davlat 

daromadlari  va  yerlari  bilan  shug’ullanuvchi  oliy  mansabdorlardan  iborat  hay’at 

tarafidan    obod   qilinsin.  Agar  egasi  bo‘lsayu  lekin  obod  qilishga  qurbi  yetmasa, 

unga  turli  asboblar  va  kerakli  narsalar  bersinlar,  toki  o‘z  yerini  obod  qilib  olsin. 




21 

 

Men  ariqlarni  tozalashni,  daryolarga  ko‘priklar  qurishni,  orasi  bir  kunlik  yo‘l 



bo‘lgan  aholi  yashash  joylariga  karvon  saroylar  qurish  haqida  topshiriq  berdim. 

Har bir qishloqda masjid, madrasa, va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga 

langarxona solsinlar,  kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun 

tabiblar tayinlasinlar. 

         Amir  Temur  davlatida  bog’lar  yaratilishiga,  tevarak  atrofning  go‘zalligi, 

fuqoralarning dehqonchilik mahsulotlariniyetkazishlari, parvarishlari uchun sharoit 

yaratilgan.  Amir Temur Samarqand atrofida ajoyib bog’lar – Bog’i chinor,  Bog’i 

Behshit,  Bog’i  Baland  va  boshqa  bog’larni  vujudga  keltirgan.  Amir  Temur 

Samarqandda  nafaqat  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  mashhur  arxitektura 

ansambllarini  qurdirgan,  balki  fuqoralar  uchun  zarur  bo‘lgan  bozorlar, 

mahallalarda  rastalar  vujudga  keltirgan.  Qayd  qilish  lozimki,  Amir  Temur 

davlatida, saltanat poytaxtida, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va  qishloqlarda aholi 

uchun  zarur  bo‘lgan  ijtimoiy  turmush  sharoiti  shakllantirilgan,  ya’ni  ekologik 

tizimning  muntazam  barqarorligiga  erishilgan,  ushbu  jarayon  joylarda  davlat 

boshqaruvi  tizimiga  ma’sul  bo‘lgan  mutassadilar,  joylardagi  vakolatli  shaxslar 

tomonidan  nazorat  qilingan.Dehqonlar  va  raiyatdan  qaysi  birining  dehqonchilik 

qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin tekin uchun zarur  asbob tayyorlab 

berilsin. 

Amir  Temur  bilan  shaxsan  uchrashgan,  suhbat  qilgan    mashhur  arab  olimi 

Ibn  Xaldun  Sohibqiron  fanlarning  ijtimoiy  ekologik  zarurligini  qadrlaganligi, 

ayniqsa    amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  tibbiyot,  astronomiya,  matematikaga 

alohida e’tibor berganligi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek Amir Temur  “men 

o‘z  huzirimga    tabiblar,  munajjimlar  va  muxandislarni  muntazam  suratda  taklif 

qilar  edim,  chunki    ular  saltanat  korxonasiga  rivoj  beruvchilardir.  Ularni  o‘z 

atrofimga  to‘pladim  hakimlar    va  tabiblar  bilan  ittifoqda  bemorlarni  davolatar 

edim.  Munajjimlardan  sayyoralarning  qutlug’  va  qutsiz  kunlari,  ularning  harakati 

va osmonda aylanishini  aniqlab  olardim’’. 

Jumladan  Abulg’ozixon,  Munis,  Ogaxiy  va  Bayoniyning  tarixiy  asarlarida 

voqealar  aniq  va  ravshan  bayon  etilgan  bo‘lib,  xonning  biror  bir  yerga  yurishini 



22 

 

aytmoqchi  bo‘lganlariida  yo‘l  yo‘lakay  uchragan  shaharlar,  daryo  va  ko‘llar  va 



boshqalar  haqida  ma’lumotlar  qoldirganlar.Masalan  Muhammad  Rahimhon    o‘z 

siyosatini  o‘tkazish,  xonlik  sarhadlarini  kengaytirish  uchun  hamma  mavjud 

vositalardan  foydalangan.  1809  –  1811  yillar  Orolbo‘yiga  yurish  qilganida 

Chumanoy va Changlisoy daryolarini bo‘g’dirgan. Shu vaqtda Sho‘rko‘lga bostirib 

borib u yerdagi xalqni Mang’it qal’asi yaqinidagi qal’aga ko‘chirgan. Yangidaryo 

bo‘ylaridagi  qoraqalpoq  urug’laridan  ba’zilarini  ham  bo‘ysudirib  ularga 

Kengyantoqdan  –  Chilpuqgacha,  Ko‘ko‘zak  va  daryo  qirg’o’g’ini  qishloq    va 

yaylov  uchun  beradi.  Anushaxon  hukmronlik  qilgan  davrda  esa  sug’orish  ishlari 

bo‘yicha ham ba’zi bir ishlar qilingan. Uning davrida 2 ta kanal qazilan Akademik 

V.V.Bartold  XIX  asrda  Xorazmda  yozilgan  tarixiy  asarlarda  sug’orish  ishlari 

bo‘yicha  ancha  ma’lumotlar  keltirganini  ko‘rsatib  o‘ladi.  Professor  Ya.G’ulomov 

o‘z  asarida Qoraqalpoqlarning XVIII  asrda  Xiva xonligining  sug’orish  sohasidagi  

tadbirlarni  amalga  oshirishda  faol ishtirok  etdilar. Ular  faqat deltaning  o‘zidagina 

emas,  balki  uning  atroflarida  ham  shunday  yordam  ko‘rsatdilar,  deb  yozadi. 

«Moskva  savdo  kompaniyasi»  ning  vakili  Antonii  Djenkinson  o‘zining  1558  – 

1560  yillar  mobaynida  Buxoro    va  Xivaga  qilgan  sayohati  bayonida  Ushbu 

xonliklarda o‘zi shohid bo‘lgan siyosiy vaziyat, o‘zaro urush janjallar haqida yozar 

ekan, «…Butun mamlakat foydalanayotgan suv kamayib ketgan Oksus daryosidan 

kanallarorqali  olinadi.  Mana  shuning  uchun  ham  uningsuvi  ilgarigidek  Kaspiy 

dengizga quyilmay qo‘ygan.  

 

Bu  mamlakat  yaqin  vaqtlar  ichida  Ousus  daryosining  suvi  yetishmasligi 



natijasida vayron bo‘ladi va sahroga aylanadi» deb ta’kidlagan.[38] 1715 yili Pyotr 

I  tomonidan  Xiva  xonligiga  A.  Cherkasskiy  yuboriladi.  Bu  ekspeditsiya  oldiga 

asosan Rossiyadan Hindistonga suv  yo‘lini va Amudaryoda oltin konlari borligini 

aniqlash  maqsadi  qo‘yilgan  edi.  Cherkasskiy  ekspeditsiyasi  Astraxondan  chiqib 

Kaspiy  dengizi  bilan  Amudaryoning  eski  O‘zboy  o‘zani  orqali  yurib  turli 

ma’lumotlar  yiadi.  1740  –  1743  yillarda  D.  Gladishev  va  I.  Muravinlar  Xiva 

xonligining  aholisi,  siyosiy  ahvoli,  savdo  munosabatlari,  haqida  ma’lumotlar 

to‘playdi,  hamda  Orol  dengizining  qiroqlari  va  Sirdaryoning  quyi  qismi 




23 

 

xususiyatlarini  o‘rganadi.  Turkiston  tabiiy  geografiyasining  rivojiga  katta  hissa 



qo‘shgan  farg’onalik  buyuk  astronom,  sayyoh,  geograf  Ahmad  Farg’oniydir.  U 

ko’p  umrini  Badoddagi  «Donolar  uyida»  o‘tkazgan  va  ijod  qilgan.  Ahmad 

Farg’oniyning asarlari ichida geografiyaga oid eng muhim kitobi «Astronomiyaga 

kirish»  («Madhal  annujum»)  bo‘lib,  unda  yer  kurasining  sharsimonligini  dalillar 

bilan  isbotlangan.    Ko’plab  ekologik  ta’lim  tarbiya  haqida  o’z  g’oyalarini  aytib 

o’tgan.  Ahmad  Farg’oniy  daryo  suvini  o‘lchaydigan  asbob  («miqyosi  jadad»)  ni 

ixtiro qilgan.  


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish