36
III.BOBSHARQ MUTAFFAKIRLARI IJODIDA EKOLOGIK
TARBIYAGA OID QARASHLARNING XOZIRGI DAVR UCHUN
AHAMIYATI .
3.1. Sharq mutafakkirlari ijodida ekologik qarashlarni ta’lim jarayonida
o’rgatishning amaliy ahamiyati.
Xorazmda miloddan oldingi I ming yillikda mavjud bo‘lgan Zardushtiylik
e’tikodida ajdodlarimizning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘ta oliy darajadagi
xurmatga ega ekanligini bugungi kunga kelib, (oradan 3 ming yil o‘tib) ekologik
inqirozlar tufayli insoniyat xalokat yoqasiga kelib qolgan bir sharoitda esga
olyapmiz. Yangi davrda yevropada tabiatni insoniyatga bo‘ysundirish g’oyalari
hukm surganini eslasak ajdodlarimiz naqadar kuchli bilim salohiyatga ega
bo‘lganligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Yunonistonlik buyuk olim Gippokrat
o‘zigacha bo‘lganma’lumotlarni jamlab , tabobot bilan shug’ullanuvchilar uchun
axloqiy- tibbiy qonun qoidalardan iborat qasamiyod matnini ishlab chiqqandi,
vaholangki adolat bilan aytish joizki «Gippokrat qasamiyodi»dan bir necha asr
oldin «Avesto»ning «Vandidod» qismida «Tabiblar qasamiyodi» berilgan.
«Avesto»da odam anatomiyasi va fiziologiyasi xaqida ma’lumot berilib, inson
tanasi 8 qismdan (suyak, go‘shti, yog’, miya moddasi, tomirlar, qon, jigar va
urug') dan iborat bo‘ladi» deb ko’rsatilgan. Qon tomirlari uch xil deyiladi: «Qizil
(sog’lom) qon oquvchi, qora (nosog’lom) qon oquvchi, oq qon oquvchi yoki qon
oqmaydigan». Bu yerda uchinchi qon tomiri deyilganda nerv (asab) tolalari
nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. Chunki «Vandidod» da «hayot shu uchinchi qon
tomiri bilan bog’liq » deyiladi«Avesto»da ekologik tarbiya masalalariga, ya’ni
tabiatni, yer, suv, daraxt, o‘simlik, jonivorlarni e’zozlashga, yerni ishlab sug’orib,
bog’ – rog’ ekinzor qilishga , chorvani ayniqsa, yilqichilikni yo’lga qo‘yishga,
suvni muqaddas tutishga aloxida e’tibor berilgan
Ekologik qonun qoidalarga ko‘ra to’rt narsa yer, olov, suv, havoni
ifloslantirish qattik gunoxligi qayta- qayta uqtiriladi. Ko‘cha eshigi yonida axlat
to’plab qo‘ygan xonadon soxibiga jamoa oqsoqolining hukmi bilan 25 qamchi,
37
xovuz yoki chashmadan nopok idish bilan suv olgan shaxsga 5 qamchi urilgan.
Anhor yoki ariq bo‘ylarida mol boqish , otlarni bog’lash ruxsat etilmagan, quduk
va hovuz suvlarini iflos qilganlarga kata jarima solingan. Bundan tashqari ichimlik
suvi manbalari soxillariga mevali daraxt o‘tqazish ham odamlarning, hususan yosh
avlod sog’lig’ini saqlashda, har – xil kasalliklarning oldini olishda muxim
omillardan hisoblangan.Shunday qilib «Avesto» dagi tibbiyot va atrof muhitni
saqlash to‘risidagi fikrlar hozirgi davrda oradan 3 ming yil o‘tib ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmay, balki, bugungi kunga kelib mintaqamizda eng og’ir
falokat darajasiga etishga ulgirgan Orol muammosi va boshqalar tufayli mintaqa
davlatlarining asosan O‘zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy hayotiga to‘sqinlik
qilib turganiga e’tibor qaratsak ajdodlarimizning aql zakosiga yana bir bor tan
beramiz.Amudaryo oqimining o‘zgarishi bilan Xiva vohasidagi madaniy
maydonning qadimgi Xorazm maydoniga nisbatan Amudaryoning oqimini
o‘zgarishi bilan kengayish yoki kamayish tomonlarini aniqlab ko‘rsatish masalasi
ham qo‘yiladi. Zero Amudaryoning qadimgi o‘zan qoldiqlari, unga nisbatan
hozirgi kunda suvsiz dashtga aylangan qadimgi qal’alar harobalarini tekshirish
lozim deb hisoblaydi.
Ya. G’ulomov «Xorazm kabi asosiy farovonligi sug’orma dehqonchilik
qilish bilan bog’liq bo‘lgan mamlakat irrigatsiyaga g’amxo‘rlik qilish davlat ishi
edi» deb haqiqatdan ham Xorazmiqtisodiy hayotini, ayniqsa sug’orish ishlariga
bevosita bog’liq ekanligini to‘g’ri talqin etadi. Yangi kanallar qazish, Yangi
yerlarni o‘zlashtirish, sug’orish ishlarini kengaytirish kabi masalalar xonliknng
iqtisodiy hayotini va siyosiy mavqeini belgilashda asosiy omillardan biri edi.
Anushaxon (1664 - 1686) Xorazm hukmronlik qilgan davrlarida sug’orish ishlari
bo‘yicha ham kata ishlarni amalga oshirgan. «Anushaxon ayyomi davlatida
Kolning suvi qurib, eli buzildi. Xonalarga yetti gumbazning shimolida qal’ai
muazzam (Qiyot) ni ta’mir qilib berdi va bir ariq yordurib, Oq qal’aga yetkazdi va
Yormish laqab berdi». 1846 – 1847 yili Muhammad Aminxon Ko‘hna Urganch
yaqinida qurilgan bog’dan chiqib Sharqiroviq daryosini bog’latib, atrofga suv
chiqarish maqsadida daryo tarafga bord. Shu yili ko‘hna Urganch atrofiga ham suv
38
chiqarildi.Sharqda dehqonchilik suniy sug’orishga bog’liq bo‘lgani, u ishlab
chiqarishning asosi,madaniyat tayanchi ekanligi va shuning bilan birga hukmron
sinflar qo’lida ezish quroli bo‘lib kelganligi ko‘rinib turadi.
Suvdan hukmronlik quroli sifatida foydalanish siyosati Gerododdan tortib
so‘ngi o‘zbek xonlari davrigacha davom etib kelgan. Munis o‘z asaridaXiva
xonligining iqtisodiyotining asosini sug’orish tizimiga asoslangan dehqonchilik,
baliqchilik, hunarmandchilik tashkil qilgan. Xududda Sulton Uvays tog’
tizmasidan boshqa tog’lari bo‘lmaganidan bu yerda metallurgiya sanoatining
rivojlanishiga to‘sqinlik qilardi. Bu esa qora va rangli metallarning chetdan
keltirilishi evaziga Amudaryodan kata kanallar qazilishiga, Xorazm dehqoni uzoq
va mashaqatli mehnat qilishiga, majbur qilardi. Lekin XVI – XX asrlargacha Xiva
xonligi aholisi nisbatan kamligi va tabiiy muhitga nisbatan inson ta’siri kamligi
ekologik jarayonlarga keskin ta’sir qila olmagan. Mutaxassislar fikricha,
O‘zbekiston hududida tabiatni huquqiy muhofaza qilishning tarixiy bosqichlarini
keskin chegaralash kerak emas, aksincha, ularni ajratishda insonlarni tabiatga
nisbatan qanday munosabat shaklida va davlatning ekologik siyosatiga bog’liqligi
asosiy tasniflash mezoni bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
Global ekologik inqiroz sharoitda o‘tgan davrlarda insoniyat xo‘jalik
faoliyatining atrof-muhitga ta’sirining oqibatlarini o‘rganish tarix fanining asosiy
vazifalaridan biriga aylandi. Bu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar o‘tgan
tarixiy davrlardagi ekologik inqirozlarni o‘rganish bilan birga, insoniyat va tabiat
o‘rtasidagi qarama-qarshilikning asosiy negizlari va evolyusiyasi haqidagi tarixiy
bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Mutaxassislar XXI asr boshidayoq,
hozirgi davrni atrof-muhitning yuz yilligi deb atay boshladilar. Hozirgi global
ekologik inqiroz 2 ta asosdan iborat:
1. Millionlab, o‘simlik va hayvonot olami bioxilma-xilligining, minglab
ekosistemalarning yo‘qolib borishi omili bo‘lsa,
2. Insoniyat havfsizligiga taxdidning kuchayib borishidir. Aynan mana shu
jarayon, garchand barchani umumiy maqsad “Kurrai zaminda insoniyatni asrab
qolish” yo‘lida birlashishiga ta’sir qilsada, global ekologik muammolar yuzasidan
39
olib borilgan tabiiy, texnik, ijtimoiy-gumanitar izlanishlar orasidan, XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab, tarixiy bilimlar muhim ro’l o‘ynay boshladi. Bu birinchi
navbatda
“Inson-tabiat”
tizimidagi
munosabatlarning
(hususan,
qarama-
qarshiliklarning) negizi va evolyusiyasining aynan tarixiy tadqiqotlar obektiga
aylanganligi bilan izohlanadi. XX asrning ikkinchi yarmida ekologik
muammolarning keskinlashishi, 60-yillardan boshlab tarix fanining tabiiy fanlar
bilan o‘zaro ta’sirining faollashishiga turtki berdi.
Bu hamkorliklar esa o‘z navbatida atrof-muhit tarixi bilan shug’ullanuvchi
qator ilmiy jamiyatlarning shakllanishida (Amerika atrof-muhit tarixi jamiyati-
American Society for Environmental Hictory, 1977; Evropa atrof-muhit tarixi
jamiyati-Europen Society for Environmental Hictory, 1999;), atrof-muhitning holati
va uni asrash hamda sog’lomlashtirishning mintaqaviy va hududiy muammolariga
bag’ishlangan ko‘plab nashrlarda o‘z aksini topdi. Asrimizning dastlabki
yillaridayoq tabiiy resurslardan keng qamrovli foydalanish yo‘lida tabiatning yirik
kuchlarini inson izmiga solish mo‘ljali hatto tabiatni muhofaza qilish borasidagi
nazariy qarashlarini ham chalg’itdi va XX asrning 2-yarmidan ekologik
o‘zgarishga albatta tadqiqotchilar doirasining kengayish, ilmiy tadqiqot faoliyati
tematikasining kengayishi ilmiy va ilmiy ommabop nashrlar soni va mazmunining
sezilarli o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |