3.2.Sharq mutafakkirlarini ekologik tarbiyaga oid qarashlarining xozirgi
davr uchun ahamiyati.
Bugun respublikamiz davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bu atrof-
muhitni asrashdan iborat.Chunki biz yashayotgan mintaqa aholisi ushbu
muammoni global ahamiyatdagi ko‘ptomonlama ta’sirini his qilgan holda yashab
kelmoqda. Jumladan, bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
Islom Karimovning 2009 yil 28 aprel kuni Qozog’iston Respublikasining Olmaota
shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamarmasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining
uchrashuvida so‘zlagan nutqida: «Orolni qutqarish xalqaro jamarmasi ta’sischi
davlatlari rahbarlarining mazkur uchrashuvi nechog’li dolzarbligini va majlisda
40
muhokama etiladigan masalalar faqatgina mintaqaviy ahamiyatga ega emasligini
ta’kidlashning xojati yo‘q, deb o‘ylayman» deb ta’kidlagani bejiz emasdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda atrof-muhit, inson salomatligini
himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan O‘zbekistonda tabiiy resurslarni asrab-
avaylash va ulardan oqilona foydalanish, hozirgi va kelajak avlod uchun
toza tabiiy muhitni saqlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Masalan, uzoq muddatga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturi ishlab
chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Soliqni saqlash sohasini
isloh qilishga doir tizimli chora-tadbirlar izchil ro‘yobga chiqarilmokda.
Orol dengizini saqlab qolish va Orolbo‘yidagi ekologik ahvolni
solomlashtirishga oid qator kompleks tashabbuslar ilgari surilib, amalga
oshirilayotir.
Bu boradagi ishlarning barchasi jahon hamjamiyati tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bilan birga, havoni sog’lomlashtirish,
o‘simlik va hayvonot olamini asrab-avaylash borasidagi ko‘plab
muammolar hamhal etilmoqda. Ushbu sohadagi mavjud vazifalar va
mamlakatimiz da
ekologik
holatni
barq arorlashtirishga
doir
muammolarni hal etish, atrof-muhitni mulofaza qilish, suv hamda havo
musaffoligini yaxshilash, ularni zararli chiqindilardan himoya qilishga doir
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli dasturlar davlat organlari, jamoat
birlashmalari,
fuqarolik
jamiyatining
boshqa
institutlari
va
mamlakatimizning barcha fuqarolarining sa’y-harakatini birlashtirishni
taqozo etib, shuning natijasi farqli o‘laroq, mamlakatimizda O‘zbekiston
ekologik harakati shakllandi.
Darhaqiqat, bugun ona sayyoramizda tabiiy ekologiyani asrab-avaylash global
muammoga aylangan. Bu muammoni hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlar milliy
qonunchiligimizda ham o’z aksini topgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasining 25 ga yaqin qonuni aynan ekologik
41
muammolarni ijobiy hal etish uchun to‘laqonli huquqiybaza bo‘lib xizmat qilmoqda.
100 ga yaqin qonunlarda esa ekologiyani asrashga oid moddalar o‘z aksini
topgan.[20]
Ma’lumki, Orol dengizining qurib borayotgani nafaqat O‘zbekistonning, balki
Yevrosiyo mintaqasining ham oldida turgan jiddiy muammolardan biridir. Bugungi
kunda dengiz 1980 yillardagi holatiga nisbatan 5 mln. gektar masofaga ortga
chekingan. Bu esa mazkur hududda jiddiy chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etadi.
«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy
taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini
uyg’unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish
muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Beto‘xtov davom etayotgan
qurollanish poygasi, atom, kimyoviy qurollar va ommaviy qirg’in qurollarining
boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit
uchun juda katta xavfdir. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi
uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu
muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod
turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi».
Ekologik tarbiya – ta’lim-tarbiyaning takribiy qismi bo‘lib, talaba-yoshlarda
atrofdagi olamga, atrof-muhit va uning muammolari yechimiga nisbatan ongli
munosabatni shakllantirish.
Ekologik ta’lim – yoshlarga tabiat va inson orasidagi munosabatlarni
ifodalovchi bilimlar tizimini berish jarayonidagi o‘qitishdir.
Ekologik madaniyat – kasbiy faoliyatda qaror qabul qilish uchun ekologik
javobgarlikni his etish, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga egaligi, jahon va
hududiy darajada ekologik muammolarni ochishda qatnashishga tayyorgarligi
.
Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid qonunchilik hamda
Rio-de-Janeyro va Yoxannesburg Deklaratsiyalari prinsiplari tamoyillari asosida
olib borilib, ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti orqali huquqiy
demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda.Mamlakatimizda
42
yashayotgan 32 milliondan ziyod aholining yarmidan ko‘pi ekologik havfli bo‘lgan
muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning atrofida ro‘y bergan ekologik
inqirozi sovet davrining noekologik agrar va iqtisodiy siyosatining natijasidir.
Shuning uchun ham davlatimizningbirinchi Prezident I.A.Karimov ekologik
masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg’unlashtirgan holda
olib borishni aytib o’tgan edi.
O‘zbekiston Respublikasining tanlagan yo‘li tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarni iqtisodiy-ekologik shaklidan bosqichma-bosqich ekologik
munosabat shakliga o‘tkazishdan iboratdir.1997 yil 29 avgustda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining “Milliy havfsizlik konsepsiyasi to‘g’risida”gi
qonunida mamlakatimizning ekologik dunyoqarashida quyidagilarga e’tibor berilgan:
— shaxsning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan kishilarning sog’ligini muhofaza
qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib
berish;
— jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan oilani har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, mo‘tadil ekologik vaziyatni tashkil etish aholining sog’ligini ta’minlash,
jismoniy baquvvat avlodni shakllantirish;
— davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo‘lgan — barqaror rivojlanishni
ta’minlash, mintaqaviy-iqtisodiy holatni mo‘tadillashtirish, sog’lom hayot tarzini
shakllantirish.
O’zbekistonning birinchi prezidenti I. A. Karimovning “O‘zbekiston XXI asr
bo‘saasida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari
hamda “1999-2005 yilgacha bo‘lgan davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishning davlat dasturi”da yuqorida aytilgan maqsad va konsepsiyalarni
amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat, deb topildi:
ekologik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Xalq xo‘jalik
tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli
kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Atmosfera havosi va
suvlarni insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan
moddalar bilan ifloslantirishni to‘xtatish;
43
qishloq xo‘jalik ekinlarini, eng avvalo, go‘zani sug’orishda suvni tejaydigan
texnologiyalarni keng joriy etish. Kollektor-zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga
tashlashni tartibga solish va oqova suvlarni chiqarib yuborishni batamom to‘xtatish;
sanoat korxonalarida atmosfera havosiga, suv havzalariga va tuproqqa
ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus
soliqdan keng foydalanilgan holda mas’uliyatni oshirish. Ularda zamonaviy, samarali
tozalash qurilmalar tizimini joriy etish. Boshlang’ich hom ashyodan tayyor, pirovard
mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi,
zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarnn o‘rnatish;
qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda
kengayishini ta’minlaydigan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon
asosida iste’mol qilingan holda hamma turlaridai oqilona foydalanish;
foydali qazilmalardan oqilona foydalanish. Boshlang’ich xom ashyodan
to‘liq foydalanishni ta’minlash va buning uchun eskirgan uskunalarni almashtirish,
yangi texnologiyalarni joriy etish ayrim sexlar, uchastkalar va korxonalarni rekon-
struksiya qilish asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to‘liq va
oqilona qazib olish. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun tog’ kon sanoatining
chiqindilarini o‘zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta
yaroqli holga keltirish (rekultivatsiya qilish);
Keng maydonlardaga tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va
kompleks foydalanishni ta’minlaydigan darajada anik maqsadli, ilmiy
asoslangan tarzda o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni
bir havzadan ikkinch isigatashlash, yerning suv-fizik hususiyatlarini yaxshilash,
suv chiqarish va shunga o‘xshash tadbirlarni amalga oshirish);
Jonli tabiatning xilma-xilligini saqlash, tabiiy geno fondni madaniy ekinlar
va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang’ich baza sifatida
saqlab qolish;
Qurilish va obodonlashtirish rejalarining ilmiy asoslangan, hozirgi zamon
urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartara fetadigan tizimni joriy etish
44
yo‘li bilan shaharlarda va aholi punktlarida ekologik havfsiz muhitni tarkib
toptirish;
Jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga
qaratish. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko‘lamli, butun
sayyoramizga daxldor muammo bo‘lib qolganligini, uning ta’siri hozirning
o‘zidayoq biologik muvozanatni, bepoyon hududlarda aholining
genofondlarga halokatli ta’sir ko‘rsatayotganligini nazarda tutish;
Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini
yuqorida zikr etilgan muammolarini hal qilishga jalb etish.
Tabiatni muhofaza qilishning milliy dasturida ekologik xavfsizlikni
ta’minlash va yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarni quyidagi tamoyillar asosida
amalga oshirish tavsiya etilgan:
davlat ekologik islohotlarning yo‘lboshlovchisi;
ekologik xarajatlarni moliyalash va ularning yangi sxemalarini jalb qilish;
makroiktisodiy va sohaviy ekologik siyosatni takomillashtirish;
qishloq, xo‘jalik ishlab chiqarishini ekologiyalashtirish;
atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash maqsadini qo‘yish va standartlashtirish;
ishlab chiqarishning ekologik talablarini chuqurlashtirish.
Ayni paytda bevosita sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo‘lgan azon
qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha
Milliydastur, mamlakatning barqaror rivojlanish modeliga o‘tish Milliy
strategiyasi, cho‘lga aylanishga qarshi kurash bo‘yicha harakatlar Milliy dasturi,
parnikli gazlar emissiyasini kamaytirish bo‘yicha Milliy strategiya, muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemasi, ekologik
ta’limda vatstandarti va ekologik ta’lim dasturi ishlab chiqilib, izchillik bilan
amalga oshirilmoqda. Insonlar va hayvonlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan
pestitsidlarni ishlab chiqarmaslik va ularning xavfsizlaridan foydalanish,
o‘simliklarni himoya qilishning samarali va foydali tizimi – biologik metodlarni
yaratish kabi tadbirlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Shu muqaddas
zaminimizda yashagan ulug’ ajdodlarimiz bundan ko’p asrlar ilgari hozirgi
45
zamonaviy ilm-fanga poydevor qo’yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shgan.
Xususan, ular matematika, astranomiya, geodeziya, geografiya, tarix, arifmetika,
tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalaridagi qomusiy ishlari, ixtirolari bilan jahon
sivilizatsiyasi ravnaqida o’chmas iz qoldirganlarg’arbda “Nur Sharqdan taraladi”
degan iboraning paydo bo’lgani ham bejiz emas. Xulosa o`rnida quyidagilarni
aytish lozimki, ajdodlarimizning tabiatni asrash borasidagi qarashlari bugungi
kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan hamda yosh avlodning ekologik
madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Sharq mutafakkirlarinin gekologik tarbiyaga oid ilmiy ta’limotlarini yosh
avlodga o‘qitish va u orqal io‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu
bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish bugungi kuning ustivor masalalaridandir
Darhaqiqat, bugun ona sayyoramizda tabiiy ekologiyani asrab-avaylash global
muammoga aylangan. Bu muammoni hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlar milliy
qonunchiligimizda ham o’z aksini topgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasining 25 ga yaqin qonuniaynan ekologik
muammolarni ijobiy hal etish uchun to‘laqonli huquqiy baza bo‘lib xizmat
qilmoqda. 100 ga yaqin qonunlarda esa ekologiyani asrashga oid moddalar o‘z
aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining
ekologiyaga oid qonunlari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasidagi
Xalqaro Konvensiya (bitim, shartnoma)lar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Qarorlar, O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Vazirliklar va
mas’ul tashkilotlarning me’yoriy yo‘riqnomalari, O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, farmon va qarorlarida
pedagog kadrlar tayyorlash va ularning integratsiyalashgan ekologik madaniyatini
shakllantirish, tabiat va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bayon etilgan
yondashuvlar, ekologik oliy ta’lim mazmunini yorituvchi o‘quv manbalari (o‘quv
dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalar), xorij va respublikada pedagogik va ekologik
yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda ilgari surilgan g’oyalar.[2]
46
Talaba yoshlar ekologik madaniyatini shakllantirish jarayoning muhimligi,
dolzarbligi va amaliy ahamiyati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy
iqtisodiy islohatlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash
masalasi bilan chambarchas boliqligidadir, chunki mamlaktimizda yoshlarning
aholi tarkibidagi salmoi 64,0% tashkil qiladi. Shu jihatdan olib qarasak, ularning
bilim olishlari, tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari mamlakatimizdagi
demokratik huquqiy davlat qurilishi, fuqoralik jamiyatini shakllantirish jarayonida
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Oliy majlis
tomonidan ekologiya bo‘yicha 30 dan ortiq qonunlar va 250 dan ortiq Direktiv
hujjatlar qabul qilindi. Ushbu umumdavlat ahamiyatiga molik ekologik
yo‘nalishdagi hujjatlar mazmuni aholi orasida, talaba yoshlarimizga tizimli ta’lim
tarbiya vositalari orqali tushintirilmoqda
Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishning ahamiyati faqat uning
tarbiyaviy tomonida emas balki, yurtimizning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyoti va
yuksalishi bilan chambarchas bog’liqligidadir. Ta’kidlash lozimki, globollashuv
jarayonida, davlatlar orasida iqtisodiy, madaniy aloqalar kengayib borayotgan
bugungi davrda O‘zbektston Respublikasining jahon hamjamiyati, shu jumladan
Markaziy Osiyodagi tutgan o‘rni, obro‘si muttasil oshib bormoqda. Bunday
imkoniyatlarning qo‘lga kiritilishida talaba yoshlarimizning ham bevosita hissasi
bor. Mamlakatimizda ekologik muaommalarning yechimini topish uchun
urunishlarida, ushbu sohada amalga oshirayotgan tadbirlarida, ekologik muhitni
solomlashtirish uchun bajarayotgan amaliy ishlarda o‘z ifodasini topmoqda.
O‘qituvchining bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berishda xalqimizning
o‘ziga xos milliy tarbiyasidan o‘rinli foydalanishi yaxshi samara beradi. Milliy
tarbiyamizda to‘rt narsa, yer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz
juda qadim zamonlardan suvga e’tiqod qo‘yib, yozning eng jazirama kunlarida
“Suv sayli” o‘tkazgan. Ota – bobolarimiz “Suv tabiat in’omi, hayot manbai”, deb
bejiz aytishmagan
.
Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog’ – rog’lar
yaratishgan. Biz esa suvdan xo‘jasizlarcha foydalanishimiz natijasida Orol
muammosining tug’ilishiga sababchi bo‘ldik. Sirdaryo va Amudaryoning
47
belgilangan yerga to‘la yetib bormasligi natijasida bugun O‘rta Osiyo uchun
ahamiyatli bo‘lgan Orolning butunlay yo‘qolish xavfi bo‘ldi.
Demak, talaba – yoshlarga ekologik tarbiya berishda milliy qadriyatlar, urf –
odatlar, an’analar, marosimlar, nodir qo‘lyozmalar va davlat arboblarining ushbu
sohaga oid faoliyatlari mustahkam didaktik asos bo‘lib, bular orqali ularni atrof –
muhitni toza saqlashga, ozodalikka, pokizalikka va eng asosiy sog’lom turmush
tarzi hamda muhitini tashkil eta olishlikka o‘rgatiladi.
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiyoti darajasi undagi xalq
xo‘jaligining turli jabhalariga ta’sir etadi. Bu borada o‘ziga xos global va
mintaqaviy ekologik muammolar ham yuzaga kelaveradi. Bunda global
muammolarga Orol fojiasi, Chernobil halokati, Xarosima va Nagasaki
shaharlardagi bombo portlashlar hamda shu kabilar misol bo‘la olsa, mintaqaviy
muammolarga zavod va fabrikalardan chiqadigan zararli chiqindilar yoki ma’lum
hududdagi tuproq erroziyasi, ba’zi kasalliklarning ko‘payishi va shu kabilarni
misol qilib olish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |