3
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub ekologik
islohotlar ta’lim sohasida ham izchil va uzluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishni
taqozo etmoqda. Kadrlarni tayyorlash sohasida butun jahon andozalarga mos
ravishda ijodiy o’zgarishlar qilinishini talab qilinmoqda. Bizning ijodkor
xalqimiz bugungi kunga qadar ajdodlarni milliy merosi va xalqimizni azaliy
qadriyatlar, an’analari, urf-odatlarini o’rganib yurtimiz rivoji uchun foydalanib
kelmoqdalar,
Yurtimizda bir qancha avliyolar yashab har birlari o’z davrida qanchadan
qancha ilmiy va ma’naviy, ijtimoiy-ekologik asosga ega bo’lgan asarlar va
milliy yodgorliklarni bizga dasturil amal qilab qoldirib ketishgan
mutafakkirlardan bor. masalan: Muso al- Xorazmiy Abu Nasr Farobiy Abu
Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy Sohibqiron Amir Temur, Mirzo
Ulug’bek, Alisher Navoiy, Axmad Farg’oniy, Yusuf Xos Hojib, va boshqalar
yetishib chiqib dunyo fani hamda madaniyati taraqqiyotiga katta xissa
qo’shganlar. Shu sababli bu zotlarni o’tmishini o’rganish, ayniqsa ta’lim-
tarbiyaga va ekologik rivojlanish va ekologik ta’lim tarbiyanining xam negizini
yaratib berganlar. [12]
Shu o’rinda aytish joyizki, bugungi kunga kelib yurtimizning barcha
ta’lim muassasalarida ajdodlarimizni bizgacha yetkazib kelgan ta’limotlariga oid
tarbiyaviy va ekologik qarashlarini yoshlarga uqtirib kelinmoqda. Ilmiy
tadqiqotlar natijalari ko‘rsatmoqdaki, hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri, global, regional va lokal darajadagi ekologik muammolarning yuzaga
kelganligidir. Ekologik inqirozlar ijtimoiy-tabiiy muammolar sirasida o‘zining
dolzarbligi va geografik ko‘lamiga ko‘ra umumbashariy ahamiyat kasb etadi.
Globollashuv davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ekologik
muammolarning
keskinlashuvi,
mintaqaviy
ekologik
masalalarning
murakkabligidir. Shuning uchun ham o‘quvchilar ongida ekologik madaniyatning
yangicha mazmuni, uning ma’naviy-axloqiy tamoyillari, tabiatga mas’uliyatli
yondashuv, tabiiy boyliklarni saqlash, ulardan oqilona foydalanish hamda flora va
4
faunani boyitishga oid tushunchalarni shakllantirish muammosining ijobiy
yechimini topish ruhida, ularning ekologik tarbiyasi va ekologik madaniyatini
shakllantirish muhim ijtimoiy-pedagogik kafolatdan biri sanaladi.
Shuningdek, mamlakatni ravnaq topishi uchun ta’lim muassasalari, korxonalar va
tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo’lgan muammolarni hal qilish
uchun malakali va bilimli xodimlar kerakligi va shu asosda joylardagi
muammolarni yechimini hal qilishni ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shu jihatdan
hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon mutaxasis kadrlarni yaratish hamda
shakllantirishga erishish muhim ekologik-ijtimoiy ahamiyat kasb etadi va bu
esa dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu muammolarni ilmiy-
uslubiy va amaliy yechimlarini topish tavsiyalar ishlab chiqarish o’z
navbatida tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu o‘rinda tabiatning
insoniyat hayotiga faol ta’sirini quyidagicha ifodalaydi: “Bugungi kunda
barchamizning oldimizda g’oyat muhim vazifa turibdi. Bu - tabiatni hozirgi va
kelajak avlod uchun saqlab qolish, uni bizning mintaqamiz va boshqa mintaqalar
aholisining turmush sharoiti va tabiatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada
murakkablashtiradigan yangi xavfli loyihalardan asrashdan iborat”.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash davrida
ekologik harakatning vujudga kelganligi va ushbu ekologik harakat vakillaridan 15
nafari Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanganligi, ekologiya
sohasidagi qonunlar tizimining takomillashayotganligi, ushbu yo‘nalishdagi yangi
qonunlar loyihalarining ishlab chiqilayotganligi jamiyatimiz a’zolari, jumladan,
o‘quvchilar ekologik tarbiyasi muommosining dolzarbligidan, bitiruv malakaviy
ishning ilmiy - amaliy ahamiyatidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: