Tadqiqotning uslub va uslubiyati. Bitiruv malakaviy ishni yozish
jarayonida O’zbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari,
turli soxa olimlarning mavzu doirasida olib borgan tadqiqotlaridan foydalanildi.
Shuningdek tahlil yuritishda induktsiya, deduktsiya, tahlil va bog`liqlik,
mavsumiylikdan aniqlikka siljish usullari bilan bir qatorda analiz, sintez, statistik
va matematik ko’rsatkichlardan foydalanildi.
6
I.BOB. SHARQMUTAFFAKIRLARINING EKOLOGIK
TARBIYAGA OID G’OYALARINI O’RGANISH MASALARI.
1.1.Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid qarashlari.
Shu muqaddas zaminimizda yashagan ulug’ ajdodlarimiz bundan ko’p asrlar ilgari
hozirgi zamonaviy ilm-fanga poydevor qo’yib, uni rivojlantirishga beqiyos hissa
qo’shgan. Xususan, ular matematika, astranomiya, geodeziya, geografiya, tarix,
arifmetika, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalaridagi qomusiy ishlari, ixtirolari
bilan jahon sivilizatsiyasi ravnaqida o’chmas iz qoldirganlar. g’arbda “Nur
Sharqdan taraladi” degan iboraning paydo bo’lgani ham bejiz emas. Insonni
qurshab turgan tabiat, uning paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini
fahmlash ilmiy bilish amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat doimiy
harakatda, to’xtovsiz o’zgarish va rivojlanishdadir. Kishilik jamiyati moddiy olam
tadrijiy taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. Inson oldin tabiatga shogird bo’ladi,
so`ngra u tabiat ustidan hukumronlik qila boshlaydi.
Inson jismonan va aqlan rivojlanishi natijasida tabiatga ozor berib, ekologik
muammolarini yuzaga keltiradi. Jamiyat - tabiatning tarkibiy qismi. Tabiat, inson
va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorliklar tavsiflari ilgaridan mavjud bo’lgan.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o’rtasidagi
munosabatlar turlicha kechgan. Muhammad ibn Muso al-XorazmiyAbu Nasr
Farobiy, Abu Ali ibn Sino Ahmad Farg’oniy, al-Hakim at-Termiziy, Zahiriddin
Muhammad Bobur,Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, kabi bobokalonlarimizdan
qolgan ilmiy ma’naviy meros sharq uyg’onish davrining durdonalari maqomida
dunyo ahli tomonidan haqli ravishda tan olingan ayniqsa, Markaziy Osiyo o’rta asr
ilmiy madaniy markazlaridan biri sifatida boshqa mintaqalardagi ilmiy rivojlanis
jarayoniga ijobiy ta`sir ko’rsatgani jahon ilm-fanidao’ztasdig’initopgan.
2014 yilning may oyida Samarqandda dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan
kelgan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlar vakillari, ekspertlar
ishtirokida “O’rta asrlar sharq allomallari va mutafakkirlarining tarixiy merosi,
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi ro’li va ahamiyati” mavzuida o`tkazilgan
7
xalqaro konferensiya va O`zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning
uning ochilish marosimidagi ma`ruzasi ulug’ ajdodlarimizning ana shunday boy
ma`naviy merosi ahamiyatini yana bir karra chuqur anglash imkonini berdi.
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashab, ijod qilgan olimlar hali ekologiya
atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va
hayvonlar dunyosi, tabiatini e`zozlash haqida o’zlarining qimmatli ilmiy me’rosini
qoldirgan. Tabiat hodisalariga oid takomillashib, tadrijiy rivojlanib borgan
tushuncha va ta’limotlar, insonning tabiyat bilan bog’liqligi to’risidagi ma’lumotlar
ilk marotaba “Avesto” hamda Sharq Renessanisi davrida ijod qilgan mutafakkirlar
asarlarida o’z ifodasini topgan.
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari jahon
hamjamiyatining umumiy global muammosiga aylandi. Mamlakatimizda o‘tgan
davr mobaynida jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish barobarida,
fuqarolarga ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida ekologik
tarbiyaning jamiyat ma’naviy hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan,
yoshlarda ekologik bilim va tushunchani tarbiyalashda milliy qadriyatlardan
foydalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik tarbiya inson
va tabiat munosabatlarini hayotiy timsollarda aks ettirish orqali yoshlarning
ekoma’naviy-madaniy saviyasi darajasi hamda dunyoqarashini ifodalash bilan
birga, inson shaxsini tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.[9] Zero, har bir yosh
nafaqat yetuk va barkamol bo‘lishi, shu bilan birga atrof muhitga odilona
munosabatda bo‘lib, tabiat qonun-qoidalarini o‘z ichki kechinmalaridek qabul
qilsa, ya’ni tabiat bilan hamohang, uyg’unlashgan holda faoliyat olib borsagina
u tom ma’noda yuksak ma’naviyat va madaniyatga erisha oladi.
Tabiatni e’zozlash, zaminni ulug’lash o‘tmish davrlardan, moziydan
boshlanib, ajdodlardan-avlodlarga, asrlardan asrlarga o‘tib, boyib, sayqal topib
hozirgacha davom etib kelayotgan sharqona, o‘zbekona hikmatlar, tuzuklar,
ta’limotlar, falsafiy qarashlar, milliy qadriyatlar, milliy udum va an’analarda o‘z
aksini topgan. Bularni o‘rganish orqali yoshlar tabiat va inson o‘rtasidagi
8
munosabat, ularning o‘zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga
munosabatni, tabiat muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan xatti-
harakatlarini tahlil etib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab
bo‘lgan omillarni aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda
ekologik bilim va tushunchalarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Jahon miqyosida yoshlar tarbiyasiga e’tibor qadim-qadimdan boshlanadi.
Uning namoyondalari qadimgi grek olimlari Arximed, Aristotel, Suqrot,
Platonlar yoshlar tomonidan bilimlarini ixtiyoriy, faol o‘zlashtirilishi
ahamiyatini chuqur va har tomonlama asoslab berganlar. Ayniqsa, Markaziy
Osiyoda yoshlar tarbiyasi, atrof muhit, tabiiy sharoitlar, ularning o‘zgarishi,
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatning mavjud holati, tabiatning insonning
ma’naviy jihatdan shakllanishiga ko‘rsatayotgan ta’siri masalalari qadimgi
ta’limotlar va mutafakkirlarning qarashlarida aks etgandir.
Masalan, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da yer, tuproq,
daryolar, ko‘llar bog’lar, tog’lar, o‘simligu-giyohlar madh etilgan. Ona zaminni
ulug’lash, suvni hayot manbai deb qadrlash, quyosh, olov va havoni e’zozlash-
bular “Avesto”dagi markaziy masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Zardushtiylik
ta’limotiga ko‘ra, har bir kishi ruhan va xulqan komilligi uning yaxshilikka yuz
tutib, rost yo‘lni tanlab, dunyoviy bilimlarni o‘rganib, o‘z kasbini e’zozlagan
holda Axuramazda farzlarini nechog’lik ado etishi bilan belgilanadi. Zero, qo‘sh
haydab, don ekkan, chorvani parvarishlab, cho‘lda bog’ yaratgan, yerning zaxini
qochirib, sho‘rini yuvib, ziroat ekkan zardo‘shtiyning ravoni pok, xulqi xush,
amali chin bo‘lishi bilan ko‘rsatilgan. Zardushtiylik ta’limoti bo‘yicha, suv va
havoni iflos qilish, suvga nopok narsalarni tashlash qat’iyan man etilgan. Anhor
va ariq bo‘ylarida mol boqish, otlarni bolashga ruxsat berilmagan. Suvga
tupurish, supurgida suvga axlat supurish, toza qilib yuvilmagan idishlarda ariq
va hovuzlardan suv olish, nopok holda suvga qarash ajdodlarimiz diniy
e’tiqodlari bo‘yicha odob-axloqqa xilof tarzda baholangan.[11]
Atrof – muhitni asrash, uning musaffoligini ta’minlash ekologik muammo
bo‘lib, uni yoshlar ongiga singdirish hozirgi dolzarb masalalardan biridir.
9
Ma’lumki, buyuk mutaffakkirlarimiz bu sohada ko‘zga ko‘rinarli, katta ishlar
qilgan. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan sharq allomalaridan Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Zahriddin
Muhammad Bobur kabilar hamda XIX-XX asrlarda yashab ijod etgan tadqiqodchi,
olim, mutafakkirlarimiz tabiat fanlarining rivojlanishiga o‘z hissalarini
qo‘shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |