www.ziyouz.com
кутубхонаси
14
dahshatli voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan muxbir Boris Olginskiy shahar ichida yurib, “Qo‘qon
voqealari” nomli reportaj tayyorlagan va “Znamiya svobod
ы
” gazetasining 23 fevral sonida chop
ettirgan. Quyida undan ayrim parchalarni keltiramiz:
RUS MUALLIMINING HIKOYASI
Rus-tuzem maktabining muallimi, urush davomida o‘z oilasi bilan eski shaharda yashab turgan
kishi urushayotgan musulmonlarning tinch rus aholisiga munosabatlari haqida shunday hiqoya qiladi:
“Bizning uy, ya’ni, mening oilam va muallimalar yashab turgan uy eski shaxar hududida edi. Sartlar
bizning xonadonimizga uch marta kirdilar va bu yerda rus soldatlari yoki armanilar bor-yo‘qligini
tekshirdilar. Bizning betaraf ekanligimizga ishonch hosil qilgach, sartlar bizni bezovta qilmay
qo‘ydilar, bizda yegulik qolmaganligini bilganlaridan so‘ng bizga sut va obinonlar keltirib berdilar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |