Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
12
Rus ishchilarining yagona orzu-umidi tinchlik (sulh) haqidagi bitim tuzilganidan so‘ng butun 
dunyodagi mahkum millatlarga yordam berish va ularni hurriyatga erishtirishdan iboratdur... 
Rossiya musulmonlari: Volga tatarlari, qirg‘izlar, Sibir va Turkiston sartlari, Kavkaz turklari va 
tatarlari, chechenlar, Shimoliy Kavkaz xalqlari hamda rus podsholari, zolimlari tomonidan butun 
masjidlari va minbarlari buzilib tashlangan, din va urf odatlari oyoqosti qilingan xalq va millatlar, biz 
sizlarga murojaat qilamiz. Sizlarning diningiz, urf-odatlaringiz, milliy va madaniy muassasalaringiz 
bunday buyon har qanday tajovuzdan himoya qilinadi. O’z milliy xayotingizni tom ma’noda emin-
erkin tashkil etishingiz mumkin, bu sizning haq-huquqingizdir. Shuni bilingki, sizlarning va butun 
Rossiyada yashaydigan millatlarning haq-huquqlarini inqilob va Sho‘rolar himoya va mudofaa qiladi. 
Bu inqilob va uning hukumatiga yordam etingiz. Do‘stlar! Biz ko‘targan bayrog‘imiz bilan har bir 
mahkum millatga hurriyat olib kelamiz. Musulmonlar! Biz sizlardan moddiy va ma’naviy yordam 
kutib qolamiz”. 
Bu hujjatlarga ishonganlar ham bo‘ldi, ishonmaganlar ham ko‘proq bo‘ldi. Biroq, qonun kuchiga 
ega bo‘lgan bu hujjatdan foydalanib qolish kerak. Bunday imkoniyat keyin yana bo‘ladimi-yo‘qmi? Bu 
masalaga oydinlik kiritish uchun “Sho‘roi Ulamo” firqasi peshqadamlaridan bo‘lmish Shoahmedov 
Petrogradga yuboriladi. U “Musulmonlar o‘z mustaqil davlatini tuzishi mumkin” degan xabar topib 
keladi. 12 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan turli musulmon guruhlarining birlashgan maslahat 
qurultoyi shu asosda “Hokimiyatning askar, ishchi va dehqon deputatlari Soveti qo‘liga o‘tishi 
munosabati bilan Turkiston o‘lka musulmonlari s’ezdi butun Turkistonning 98 foizini tashkil qiluvchi 
10 million jon musulmonlar Rusiya inqilobi va’da etgan ozodlik, tenglik va birodarlik asosida milliy-
madaniy o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega deb topadi” mazmunida qaror chiqardi. Shu tariqa 
Turkistonda muxtoriyatli hukumat ta’sis etish harakati boshlanadi. 
Biroq, Markaziy Ijroiya qo‘mitasida, hukumatda birorta mahalliy millat vakili bo‘lmagan 
Toshkentda bolsheviklarning ta’siri kuchli edi. Shu tufayli erksevar kuchlarning nigohi Qo‘qonga, bir 
vaqtlar xonlik poytaxti bo‘lib turgan, 300 dan ortiq masjid, ellikka yaqin madrasa, oltita markaziy 
bozor, o‘nlab tarmoq bozorlari, o‘ttizdan ziyod sanoat korxonasi, 11 bank, o‘nlab savdo uylari, 
shirkatlarga ega bo‘lgan, adabiyot, san’atda muhit va maktablar yaratgan yetmish besh ming aholiga 
ega Xo‘qandi Latif tomon intildi. 
1917 yil 26 noyabrda Qo‘qonning paxta birjasi binosida (eski teatr binosi o‘rnida) 4-o‘lka 
musulmonlari favqulodda s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezdda poytaxti Qo‘qon bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatli 
hukumati tashkil topganligi e’lon qilindi. Muxtoriyat boshqaruvi organi Turkiston xalq boshqaruvi (54 
kishi), Turkiston vaqtli kengashi (32 kishi) va hukumatdan iborat edi.  
Hukumat raisligiga “Alash O’rda” firqasining rahbari, muhandis Muhammadjon Tinishboev 
saylandi. Ko‘p o‘tmay, hukumat ichidagi ayrim kelishmovchiliklar tufayli Tinishboev iste’fo beradi va 
uning o‘rnini huquqshunos Mustafo Cho‘qay egallaydi. Chor hukumatining ofitseri Shomilbek uning 
o‘rinbosari, Islom Shoahmad o‘g‘li adliya vaziri, Potelyaxov – oziq-ovqat vaziri, Ubaydullaxo‘ja – 
harbiy vazir, Chanishev – bosh qo‘mondon, Said Nosir Mirjalil o‘g‘li – xazinachi etib saylandilar. 
Muxtor jumhuriyatning yangi hukumati ommaviy safarbarlik e’lon qilib, milliy armiya tuzishga 
kirishdi. Hukumat tarkibidagi 54 kishidan 36 nafari yerli tub aholi vakillari, qolganlari ovro‘paliklar 
edi. Demak, chinakam baynalmilal hukumat tuzildi, mahalliy xalq vakillari V.I.Leninning 
ko‘rgazmalariga qat’iy amal qilib, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashga kirishdilar. 26 dekabrda 
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan musulmon ishchi va askar vakillarining I favqulodda s’ezdi, bolsheviklarning 
qattiq qarshilik ko‘rsatishlariga qaramay, Qo‘qon Muxtor hukumatini yoqladi va V.I.Leninga quyidagi 
matndagi telegrammani jo‘natdi: “Turkiston musulmonlari ishchi va askar deputatlari I favqulodda 
s’ezdi qabul qilgan qarorni Sizga ma’lum qilib, Turkistonni halokat yoqasiga keltirib qo‘yuvchi 
tartibsizlik, qo‘sh hokimiyatchilikning oldini olish maqsadida o‘lkada hokimiyatni Vaqtli Turkiston 
muxtor hukumatiga topshirish to‘g‘risida Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga Rossiya demokratik 
respublikasining Oliy hokimiyati nomidan ko‘rsatma berishingizni so‘raymiz”.  


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish