Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
56
Turkkomissiya va Favqulodda komissiyaning asl maqsadi – Turkiston va jumladan Farg‘ona 
vodiysida davom etayotgan milliy-ozodlik harakatini fuqarolar urushiga aylantirish yo‘li bilan 
bostirish, ya’ni, “sopini o‘zidan chiqarish” edi. Bu borada quyidagi vazifalar belgilandi: 
1. Qo‘rboshilar bilan sulh muzokaralarini yuritish va sulh tuzilishiga erishish. Sulh shartnomasiga 
quyidagi moddalarni kiritish: — Sovet qo‘mondonligi bilan sulh tuzgan qo‘rboshi va uning yigitlari 
hech qanday jazoga tortilmaydi. 
Qo‘rboshilar va ularning yigitlari, agar xohlasalar, harbiy faoliyatni tashlab, tinch mehnat bilan 
shug‘ullanishlari mumkin; 
Qo‘rboshilar va ularning yigitlari, agar xohlasalar, qurol-yarog‘larini topshirmagan holda o‘z 
hududlarida tinchlik-osoyishtalikni ta’minlovchi militsiya qismiga aylantirilishi yoxud qizil armiya-
ning muntazam qismlaridan biriga aylantirilishi mumkin. 
2. Sovet idoralariga yakka holda kelib taslim bo‘lgan kishilarning tinch mehnat bilan 
shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratiladi, ular mehnat faoliyati uchun xomashyo, kredit yo‘lidagi 
sarmoya bilan ta’minlanadi. Sobiq sheriklarining qasd va tajovuzidan o‘zini o‘zi himoya qilishi uchun 
oti va qurol yarog‘i o‘zida qoldiriladi. 
3. Qishloqlarda o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlarini tuzish. Bu otryadlarni qurol-yarog‘ bilan 
ta’minlash, agar zaruriyat bo‘lsa, ularga harbiy instruktorlar biriktirish. 
4. Sulh tuzgan qo‘rboshilar va ularning yigitlariga, yakka holda taslim bo‘lgan sobiq bosmachilarga 
hali taslim bo‘lmagan guruhlarga borib, sulh tuzish borasida tashviqot olib borish vazifasi yuklatilsin. 
Ushbu vazifalardan ko‘zda tutilgan muddao hech qanday izohga o‘rin qoldirmasa kerak. Bu degani
millat ichida o‘zaro nizo chiqarish, akani ukaga, otani bolaga dushman qilish degani emasmi? 
Muayyan bir qo‘rboshi sulh tuzgandan so‘ng o‘z yigitlari bilan qandaydir “musulmon diviziyasi” 
polklaridan biriga yoki “musulmon o‘qchi brigadasi” qismlaridan biriga aylanadi. Shundan so‘ng u 
harbiy harakatlarda ishtirok etishga, o‘zining sobiq safdoshi bo‘lgan boshqa bir qo‘rboshi bilan jang 
qilishga majbur. Agar shunday qilmasa, urush davri qonunlari asosida tribunalga tortiladi. O’z sobiq 
safdoshiga qarshi urushishni istamagan holda majburan maydonga tushdi ham deylik, u xohlasa-
xohlamasa, loaqal o‘zini himoya qilish uchun ham o‘q uzishga, yakkama-yakka olishishga majbur, illo 
jangning “O’ldir, aks xolda seni o‘ldiradilar” degan shafqatsiz va yagona qonuni bor. Undan hech kim 
hech qayoqqa qochib qutula olmaydi. 
Ko‘p joylarda rahbarlari yangilangan sovetlar, revkomlar va qo‘mondonlik yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan vazifalarni bajarishga izchillik bilan kirishib ketdilar: tinch aholiga tajovuz qilgan, ularning 
molini talagan, nomusiga tekkan rahbarlar, xodimlar, komandirlar va askarlar uchun o‘lim hukmi 
belgilanadi; qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sohalarida shirkatlar tashkil etilib, shirkatlar bilan 
dehqonlar, hunarmand-kosiblar o‘rtasida har ikki tomon uchun foydali shartnomalar tuzildi. Dehqon va 
kosiblar shartnoma asosida bo‘nak olib, o‘z iqtisodiy ahvollarini bir oz yaxshilab ola boshladilar
urushda boquvchisini yo‘qotgan oilalar uchun moddiy yordam tashkil etildi; qo‘mondonlik vodiydagi 
obro‘-e’tiborli kishilarni ishga solib, sulh tuzish imkoniyatlarini o‘rgana boshladilar. 
Ko‘p o‘tmasdanoq ushbu ko‘rilgan chora-tadbirlar tizimi o‘z mevasini bera boshladi. Xalqda 
sovetlarga bo‘lgan sovuq munosabat bir oz yumshadi; milliy-ozodlik kurashi ishtirokchilari saflariga 
qo‘shilish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish borasida ikkilanish paydo bo‘ldi. Hukumat 
tomonidan avf etilgan va moddiy ko‘mak olgan ayrim sobiq kurashchilar milliy-ozodlik kuchlari 
saflari orasida sovet hukumati bilan yarashish, qo‘rboshilar yarashmagan taqdirda yakka-yakka borib 
taslim bo‘lish haqida tashviqot yurita boshladilar. 
Qo‘rboshilar o‘rtasida ham ikkilanish, taslimchilik kayfiyatlari yuzaga keldi. Ayrimlari sulh tuzib
qizil armiya safida o‘z sobiq safdoshlariga qarshi janglarni boshlab yubordilar. Eng dastlab sulh tuzgan 
sardorlar Mahkamxo‘ja, Akbarali, Umarali edilar. Keyinroq ular safiga To‘ychi Qo‘rboshi, Qoravoy 
Qo‘rboshi, Hamdam xoji Qalandarovlar ham qo‘shildi. Ergash qo‘rboshiday yirik sardor, 
amirlashkarmusliminning ham sulh borasida muzokaralar boshlab yuborgani va nihoyat, sulh tuzgani 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish