Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
57
barchani hayron qoldirdi. Ba’zi sulh tuzgan qo‘rboshilar aldanganlarini sezib qolgandan so‘nggina 
ozodlik harakati lashkarlari safiga qaytdilar. Bir necha marta bu tomondan u tomonga, u tomondan bu 
tomonga o‘tgan qo‘rboshilar ham bo‘ldi. 
Qissadan bir oz oldin ketib bo‘lsada, shuni ta’kidlashimiz joizki, sulh tuzgan qo‘rboshilarning 
qariyb xammasi o‘zlarining adashganliklarini juda kech angladilar. Yana shuni kuzatamizki, qizil 
armiya bilan sulh tuzib, uning saflarida milliy-ozodlik lashkariga qarshi jang qilgan qo‘rboshilarning 
birortasi ham kasal bo‘lib yoki yoshini yashab, oshini oshab o‘lgan emas. Sovet hokimiyati ulardan 
foydalanib bo‘lgach, deyarli barchasiga turli ayblar taqab, jisman yo‘q qilganlar. Biror tasodif bilan 
tirik qolganlari esa Stalin qatag‘oni davrida 1937 yilda xalq dushmani sifatida otib tashlandi yoki uzoq 
begona yurtlarda qamoq jazosini o‘tashga hukm qilindi. Ularning katta qismi lagerlarda o‘lib ketdilar.
AMIRALMUSLIMIN SHERMUHAMMADBEK 
Madaminbek oq ruslar bilan ittifoq tuzdi-yu, o‘zining sobiq ittfoqchilaridan ayrilayozdi. Xolxo‘ja 
Eshondan boshqa qo‘rboshilar Madaminbekning bu qilmishini ochiqdan-ochiq qoralamagan 
bo‘lsalarda, o‘rtaga sovuqchilik tushdi. Unga bevosita o‘z qo‘li ostida jang qilib kelgan qo‘rboshilar va 
qirg‘iz qo‘rboshilarigina sodiq qoldilar. Boshqa katta va kichik qo‘rboshilar “Hozir Madaminbekning 
qo‘shini musulmonlar va g‘ayridinlardan iborat, binobarin, endi u tom ma’noda amiralmuslimin 
(musulmonlar amiri) bo‘la olmaydi”, — degan xulosaga keldilar. 
Sentyabr oyida ular G’orbuvoda to‘planib, Shermuhammadbekni amiralmuslimin etib sayladilar. 
Shuningdek, qurultoyda milliy-ozodlik harakati oldida turgan vazifalar yana bir bora aniqlashtirib 
olindi, kelgusi janglar strategiyasi va taktikasi ko‘rib chiqildi. Bu anjumanda, shuningdek, 
Madaminbek sha’niga issiq-sovuq gaplar ham aytildi, kimdir uni ochiqdan-ochiq so‘ksa, kimdir taassuf 
bildirdi, xayrixohlari esa, bir oz so‘z aytishga jur’at etolmay o‘tirdilar. 
Madaminbek va boshqa qo‘rboshilar o‘rtasiga tushgan sovuqchilik hozircha milliy-ozodlik 
kurashiga salbiy ta’sirini o‘tkazmay turdi. Bir tomondan Madaminbek boshchiligidagi musulmon-rus 
qo‘shini, bir tomondan Shermuhammadbek rahbarligidagi o‘zbek qo‘rboshilari, bir tomondan 
Muhiddinbek, Jonibek Qozi kabi yirik qirg‘iz qo‘rboshilari qizillarni ko‘z ochirmay, ketma-ket zafarli 
janglar olib bordilar. 
Bir necha bor harakat qilib sulhga erisha olmagan qizil qo‘mondonlik g‘azabdan o‘zini qaerga 
qo‘yishini bilmay terror harakatlarini boshlab yubordi. G’azab o‘ti asosan Shermuhammadbek va 
Madaminbek kabi sardorlar, ularning tug‘ilib o‘sgan joylari, qarindoshlari hamda ozodlik kurashining 
ma’naviy markazi bo‘lmish Qo‘qonga qaratildi. Qo‘rboshilarning qarindosh-urug‘lari qisman 
o‘ldirilib, qisman qamoqqa olinib, surgun qilina boshlandi, ularning mol-mulklari musodara qilindi. Bu 
o‘rinda qizil terrorchilar Madaminbek va Shermuhammadbekning Sharqiy Farg‘onada janglar bilan 
band ekanligidan foydalanib qoldilar. 
Bu voqealarni eshitgan Shermuhammadbek o‘zining Marg‘ilondan uzilib ketmaganligini bildirib 
quyish, xamda o‘ziga kuchi yetmay, himoyasiz qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlardan 
o‘ch olishga kirishgan qizillarning yaxshilab adabini berib qo‘yishga ahd qildi. Marg‘ilon atroflariga 
yashin tezligida qilinadigan hujum rejasi ikir-chikirlarigacha puxta o‘ylab tuzildi. Shu kunlarda 
Shermuhammad qo‘shini adadi olti ming nafarga borar edi. Jang rejasiga muvofiq, mazkur olti ming 
jangchi quyidagi tartibda taqsimlandi: 
— 1000 nafar yigit Dardoqbek qo‘rboshi boshchiligida Marg‘ilon uezdida shimol tomondan; 
— 1000 nafar yigit Yusuf Polvon boshchiligida g‘arb tomondan;
— 2000 nafar yigit Nurmuhammadbek boshchiligida Gorchakovo temir yo‘l bekati tomonga; 
— 2000 nafar yigit Shermuhammadbek boshchiligida asosiy yo‘nalish, ya’ni Marg‘ilon tomon 
hujum qiladigan bo‘ldilar. 
1919 yil 10-yoki 11 oktyabr kuni qismlar o‘zlariga buyurilgan joylarga yetib borgach, bir vaqtning 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish